Dolzarb masalalari


Normaga asoslangan baholash



Yüklə 277,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix19.10.2023
ölçüsü277,31 Kb.
#156938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Px8WHICiXGqL0MP2DYybOGbhMOyapFfCx3uFHfms

 
Normaga asoslangan baholash.
Bu talabaning ish faoliyatini o‘rtacha 
me'yorga solishtiradi. Bu, masalan, kimyo fanining o‘rtacha milliy normasi bo‘lishi 
mumkin. Boshqa misol, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining o‘rtacha bahosini butun 
maktabning o‘rtacha bahosi bilan taqqoslashi mumkin.
 
Mezon asosida baholash.
O‘qituvchi talabalarning ko‘rsatkichlarini oldindan 
belgilangan mezonlar yoki ta’lim standartlari bo‘yicha o‘lchaydi. O‘quvchilarning 
ta’limning muayyan bosqichida nimani bilishi va nima qila olishi kutilayotganligini 
tekshiradi. Mezonlarga asoslangan testlar ma’lum bir bilim yoki ko‘nikma 
to‘plamini baholash uchun ishlatiladi, bu kursda o‘qitiladigan o‘quv dasturini 
baholash uchun ko‘proq testlardan foydalaniladi.
 


Ipsativ baholash.
Bu talabaning ish faoliyatini o‘sha talabaning oldingi 
chiqishlari bilan taqqoslaydi. Ushbu usul yordamida siz oldingi natijalarni 
taqqoslash orqali o‘zingizni yaxshilashga harakat qilyapsiz. Siz o‘zingizni boshqa 
talabalar bilan solishtirmayapsiz, bu sizning o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz uchun 
unchalik yaxshi bo‘lmasligi mumkin.
 
 
O‘quvchilarni baholash shakllari
.Baholash - ta’lim jarayonining ma’lum 
bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan 
mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat 
jarayondir. 
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati Shundan 
iboratki, bunda o‘quv materialining o‘zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi 
ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo‘ladi. Baholash natijasida, 
ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani 
tushunmayotganligi, qaysi material yaxshi o‘zlashtirilganu, qaysi biri hali 
yetarli darajada o‘zlashtirilmaganligi yoki umuman o‘zlashtirilmaganligi 
ma’lum bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ta’lim beruvchi o‘z ishining 
afzalliklariga va kamchiliklariga tanqidiy baho beradi. O‘z ish metodlariga 
tuzatishlar kiritadi. Shuningdek, baholash natijalari ta’lim beruvchining o‘quv 
dasturidagi materiallarni ta’lim oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai 
nazaridan qayta ko‘rib chiqishi va baholashi uchun ham juda muhimdir. 
Baholash natijasida tushuncha va qonun – qoidalarning qaysi birlari 
qiyin, qaysi birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq, ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim 
oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg‘ulotin i 
o‘tkazishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi Shuningdek, ta’lim oluvchiga 
ham ta’lim jarayonida qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va 
nimani yomon o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim 
oluvchi o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‘g‘ri baholashga qodir emas. 
Ba’zan unga go‘yo u o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, 
tekshirish chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi 
ma’lum bo‘lib qoladi. Baholash natijasida, ta’lim oluvchilarning 
o‘rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, 
amalda qo‘llay olish. tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho berish 
darajalari aniqlanadi. Ta’lim oluvchi o‘z bilimlariga berilgan baho va tavsiflar 
asosida maktabdagi o‘qish va uydagi mustaqil vazifalarni bajarish uslubini 
takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko‘nikmalaridagi ijobiy tomonlarni 
rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning 
tarbiyaviy ahamiyati Shundaki, ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va 


muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni 
yengish istagi tug‘iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining shaxs sifatida
o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim beruvchi ta’lim 
oluvchining o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning xarakteridagi 
irodalilik, sinfdoshlari bilan hamkorlik, o‘zaro bir - biriga yordam berish kabi 
sifatlarini shakllantirishga e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi. 
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma 
va malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan 
tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi. Shu bois, baholashni ta’lim olish 
jarayonining davomi deb ham aytish mumkin. 
Ta’lim oluvchi o‘rtoqlarining, ota –onalarining unga, uning maktabdagi 
yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabatlariga hech qachon 
befarq bo‘lib qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni 
belgilaydi. Mana Shuning uchun ham maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi 
yoki yomon baho qo‘yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning 
tengdoshlari jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi. 
Bu ayniqsa, o‘smirlar orasida katta ahamiyatga ega. 
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. 
Baholash natijalarini umumlashtirish orqali maktab jamoasining ta’lim - tarbiya 
sohasidagi faoliyatiga, o‘quvchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga b aho 
beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat 
tomonidan qo‘yilgan talablar qanchalik darajada bajarilayotganligi aniqlanadi. 
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining kuchli 
va kuchsiz tomonlari, Shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar ham 
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham 
baho beriladi. 
Ta’lim dasturining qism va bo‘laklari bo‘yicha muntazam baholab borish 
oxir - oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishga olib keladi. Kichik 
bo‘limlar bo‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning 
aniq bo‘lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z 
natijalari to‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va 
istaklarini ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o‘lchab borish bilim, 
ko‘nikma va malakalarni baholash o‘quvchining o‘zligini anglashi uchun bir 
imkoniyatdir.
Baholash shakllari. Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil 
shaklda o‘tkazilishi mumkin: 
1. Mezonga asoslangan baholash. 
2. Qiyoslashga asoslangan baholash. 


Mezonga asoslangan baholash - baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga 
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv 
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga 
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday baholash 
Shu mezonlar bilan aniq belgilab berilgan o‘zlashtirish maqsadlari bo‘yicha 
erishilgan natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bunda natijalar bevosita
va xolis baholanadi, Shuningdek,o‘quvchilar va sinflar bo‘yicha o‘zlashtirishni
yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki boshqichdan iborat 
bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi 
bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. 
Mezonga asoslangan (yoki maqsadli) baholashning: 

Yüklə 277,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin