18
82-modda.
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
TOʻRTINCHI BOʻLIM. MAʼMURIY-HUDUDIY
VA DAVLAT TUZILISHI
XVI bob. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi
83-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
84-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining
chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil
qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan
amalga oshiriladi.
XVII bob. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
85-modda.
Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi
tarkibiga kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi
tomonidan muhofaza etiladi.
86-modda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz Konstitutsiyasiga ega.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: