16
71-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib
qoʻyuvchi, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga,
hududiy yaxlitligiga
va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda
diniy
adovatni
targʻib
qiluvchi,
fuqarolarning
konstitutsiyaviy
huquqlari
va erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy
partiyalarning, boshqa nodavlat
notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy
va diniy belgilariga koʻra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan
birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
72-modda.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining
huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat
tashkilotlari
faoliyatiga
aralashishiga,
shuningdek
nodavlat
notijorat
tashkilotlarining davlat organlari va
mansabdor shaxslar faoliyatiga
aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73-modda.
Kasaba
uyushmalari
xodimlarning
ijtimoiy-iqtisodiy
huquqlarini
va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar.
Kasaba uyushmalariga
aʼzo boʻlish ixtiyoriydir.
74-modda.
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini
ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari
orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz
faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan
tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
75-modda.
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar.
Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan diniy
tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: