Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
konstitutsiya uz

 
51-modda. 
Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan
oliy maʼlumot olishga haqli. 
Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi 
boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega. 
52-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni 
rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, 
xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi 
sifatida eʼtirof etiladi. 
Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning 
ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. 
 
53-modda. 
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan 
muhofaza qilinadi. 
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida 
gʻamxoʻrlik qiladi. 


13 
X bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari 
54-modda. 
Insonning huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadidir. 
Davlat 
inson 
hamda 
fuqaroning 
Konstitutsiya 
va 
qonunlarda 
mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi. 
55-modda. 
Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha 
usullar bilan himoya qilishga haqli. 
Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat 
organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining 
qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat 
qilish huquqi kafolatlanadi. 
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi 
qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud 
tomonidan koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlanadi. 
Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro 
shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki 
vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini 
himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli. 
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining 
qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan 
zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin