Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/42
tarix22.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
konstitutsiya uz

32-modda. 
Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har 
kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash 
huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. 



Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan 
qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 
Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega. 
33-modda. 
Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. 
Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. 
Davlat Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun 
shart-sharoitlar yaratadi. 
Axborotni izlash, olish va tarqatishga boʻlgan huquqni cheklashga faqat 
qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, 
ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, 
jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlash, shuningdek davlat sirlari 
yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish 
maqsadida zarur boʻlgan doirada yoʻl qoʻyiladi. 
34-modda. 
Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish 
organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga oʻz huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan 
tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. 
35-modda. 
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga 
eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
VIII bob. Siyosiy huquqlar 
36-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. 
Bunday ishtirok etish oʻzini oʻzi boshqarish, referendumlar oʻtkazish va davlat 
organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining 
faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga 
oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
37-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng 
huquqqa egadirlar. 
Davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar qonun bilan belgilanadi. 


10 
38-modda. 
Fuqarolar oʻz ijtimoiy faolliklarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga 
muvofiq mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish 
huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina 
bunday tadbirlar oʻtkazilishini toʻxtatish yoki taqiqlash huquqiga ega. 
39-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy 
Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin