8
Har
bir
shaxs
jinoyat
protsessining
har
qanday
bosqichida,
shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan
paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga
ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati
va asoslari toʻgʻrisida
xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga
guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish,
tarjimon
yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda
hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʻrib
chiqilishi huquqiga,
shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʻgʻrisida iltimos qilish
huquqiga ega.
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza
qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni
taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar
yaratadi.
30-modda.
Hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun
asosida hukm qilinishi, jazoga
tortilishi,
mol-mulkidan
yoki
biron-bir
huquqidan
mahrum
etilishi
mumkin emas.
Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.
31-modda.
Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega
boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron
va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga
faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning
himoya qilinishi huquqiga,
shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga
xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay
qolgan
maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi
mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni
va koʻzdan kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda
va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga
faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Dostları ilə paylaş: