6
Inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning,
jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur
yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda
jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi
mumkin.
VI bob. Fuqarolik
22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik
oʻrnatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda
ega boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun
bilan belgilanadi.
23-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham
oʻz fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy
chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish
hamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik
qiladi.
24-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi
boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga
muvofiq taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.
Dostları ilə paylaş: