Kontrasepsiya turlari


Biologik usuldan (boshqa nomlari kalendar, ritmik yoki simptotermal usul)



Yüklə 36,28 Kb.
səhifə6/7
tarix18.04.2023
ölçüsü36,28 Kb.
#99897
1   2   3   4   5   6   7
Kontrasepsiya

Biologik usuldan (boshqa nomlari kalendar, ritmik yoki simptotermal usul) foydalanishga qaror qilganlar, ovulyatsiya va hayz ko’rishning boshlanishi ayolning hissiy holatigastresslar, infektsion kasalliklar, iqlim sharoitlariga qarab o’zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak. Shuning uchun, biologik usulning ishonchliligini ta’minlash uchun, urug’lantirish uchun qulay bo’lgan vaqtning egrisini ikki kun oldin va ikki kun keyinga surish kerak. Bu ovulyatsiyadan o’n kun oldin va besh kun keyin jinsiy aloqadan saqlanish deganidir.
Natijada jinsiy hayot uchun bir oyda jami o’n besh kun qolmoqda (barqaror to’rt haftalik hayz sikli bo’lganda). Unchalik ham oz emas. Biologik usul, asosan, homilador bo’lishga o’ta qat’iy qarshi bo’lmagan juftliklar uchun mos keladi. Homiladorlikdan saqlanishni qat’iy xohlovchilar biologik usuldan foydalanishmagani ma’qul. Har qanday akusher-ginekolog shifokordan so’rang — u sizga «hayz vaqtida» va uzilgan jinsiy aloqa vaqtida homilador bo’lib qolganlar haqida ko’plab voqealarni aytib beradi.
Kontratseptsiya — bu tuxum hujayraning urug’lantirilishini oldini olish va o’z navbatida homiladorlik boshlanmasligini ta’minlashdir. Kontratseptsiya himoyalanish tushunchasining bir qismidir. Chunki nafaqat istalmagan homiladorlikdan, balki infektsiyalar va / yoki jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklardan ham himoyalanish kerak.
TO’XTATILGAN JINSIY ALOQA HOMILADORLIKDAN SAQLOVCHI USUL EMAS
Tabiiy, an’anaviy kontratseptsiyaning boshqa usuli: jinsiy aloqani to’xtatish. Jinsiy aloqaning uzilishi, erkak orgazmidan oldin ayol jinsiy a’zosidan olatini chiqarilishi hisoblanadi. Bu usul erkakning eyakulyatsiya vaqti yaqinlashishi va boshlanishini his etishi qobiliyatiga asoslangan.
Ko’pchilik jinsiy aloqani to’xtatib qo’yishni eng oddiy va eng tabiiy homiladorlikdan saqlanish usuli deb hisoblaydi. Shifokorlar esa boshqa fikrga ega va to’xtatilgan jinsiy aloqaga kontratseptsiya usuli sifatida qarashmaydi. Chunki uning samaradorligi juda past — 50 foizga yaqin. Homiladorlik bir nechta sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin.
Birinchidan, juda ko’p erkaklarda urug’ chiqa boshlashi yakuniy eyakulyatsiyadan ancha oldin boshlanadi. Ushbu spermatozoid guruhlari chiqishi sezilmaydi va shuning uchun ularni nazorat qilib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, har bir erkak va har doim ham sifatli — vaqt va to’liq hajmda eyakluyatsiyani nazorat qila olmaydi.
Va uchinchidan — ko’pchilik erkaklarda jinsiy aloqaning to’xtatilishi potentsiya bilan bog’liq muammolar, erektsiyaning zaiflashuvi, jinsiy aloqada erta bo’shanish va hatto impotentsiyaga olib kelishi mumkin. Bunday kishilar bilan yashashga majbur bo’lgan ayollarda psixologik buzilishlar yuzaga keladi va hatto anorgazmiya rivojlanishi mumkin. Umuman olganda, jinsiy aloqani uzish bu juda individualdir. Bu kuchli jinsiy konstitutsiyaga ega bo’lgan va birinchi navbatda ayollari, o’ninchi navbatda esa o’zlari haqida o’ylashga tayyor bo’lgan erkaklar uchun to’g’ri keladi. Biologik usulda bo’lgani kabi, bu usul ham homiladorlikka nisbatan qat’iy ravishda qarshi bo’lmagan juftlarga mos keladi.

Yüklə 36,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin