LAKTATSION AMENOREYA USULI Tabiiy kontratseptsiya mavzusi yakunida laktatsion amenoreya usuli haqida aytib o’tish kerak. Laktatsion amenoreya bu «men ko’krak bilan emizayotgan edimku» degani emas. Bu usul faqatgina ko’krak suti bilan oziqlantiradigan (olti oylikkacha bola ona sutidan boshqa hech narsa qabul qilmaydi) ayollar uchun mos keladi, bunda chaqaloqni uning talabiga binoan emizish va tunda emizishdagi pauza olti soatdan, kunduzi esa 2 soatdan oshmasligi muhim.
Bu usul gipotalamus-gipofiz tizimi va mo’ljal-a’zolar (sut bezlari, tuxumdonlar, bachadon) o’rtasida juda nozik va juda yuqori darajadagi neyrogormonal munosabatga asoslangan. Tartibning hatto ozgina buzilishi syurprizni ta’minlaydi! Bunda ovulyatsiya boshlanishi mumkin va shunga mos ravishda tuxum hujayraning urug’lantirilishi ham.
Xulosa qilib aytganda: homiladorlikdan saqlanishning tabiiy usullari bir-birini sevadigan, ishonadigan, uzoq muddatli juftliklar uchun mos keladi.
FAVQULOTDA KONTRASEPTSIYA Kontraseptsiyaning bu turi boshqa usullar «ish bermaganiga» amin bo’lganda (masalan prezervativning yirtilib ketishi yoki oral kontraseptivlarni qabul qilish grafigining buzilishida) yoki homiladorlikdan himoyalanish usullari umuman qo’llanilmagan hollarda ishlatiladi.
Homiladorlik boshlanganini qanday bilish mumkin?→ Bunday vositalarda asosiy ta’sir qiluvchi vosita sifatida gormonal-aktiv preparatlar (tabletkalar) yoki mis saqlovchi moddalar (bachadon ichi vositalari sifatida) qo’llaniladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari fikriga ko’ra, favqulotda kontraseptisya uchun eng xavfsiz vosita 1,5 mg levonorgestrel saqlagan tabletkalar qabul qilishdir. JSST ushbu tabletkalarni jinsiy aloqadan keyin 5 kun ichida bir marta qabul qilishni tavsiya etadi. Biroq, tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatdiki, levonorgestrelning samaradorligi birinchi va ikkinchi sutkada qabul qilishda — 98% va 85%, uchinchi sutkada esa 60% tashkil etgan. Shuning uchun bu preparatni qanchalik erta qabul qilsa, samarasi shunchalik yuqori bo’ladi.