Konveyer transportida otval xosil qilish


Karyer yuk aylanmasi va yuk oqimi



Yüklə 147,91 Kb.
səhifə2/23
tarix19.12.2023
ölçüsü147,91 Kb.
#187045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
F.Q.K.O.U.Q.O. yakuniy javoblari

Karyer yuk aylanmasi va yuk oqimi.

Karyer transporti kon massasini (qoplama jins va foydali qazilmalar) kavjoydan to‘kish punktlariga tashishga mo‘ljallangan bo‘lib, texnologik jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Konlami qazib olish samaradorligi karyer transportining aniq ishlashiga bog‘liq. Karyer transporti jarayonlari o‘ta mehnattalab bo‘lib, unga sarflanadigan xarajatlar mahsulot tannarxining 45-65% ni ayrim hollarda esa, 60 - 65% ni tashkil qiladi.
Vaqt birligi ichida (soat, smena va h.k.) tashilishi lozim bo‘lgan foydali qazilma va qoplama jinslar hajmi (tonna yoki m3) karyer yuk aylanmasi deyiladi. Kon ishlari miqyosi bo‘yicha karyer yuk aylanmasi miqdori aniqlanadi. Yuk aylanmasining asosiy qismini Iqoplama jins va foydali qazilmani tashish tashkil qiladi. Xo‘jalik ya texnik yuklami tashish minimal miqdorga ega bo‘ladi. )
Vaqt bo‘yicha turg‘un tashish yo‘nalishi tavsifiga ega bo‘lgan yuk aylanmasi (yoki uning bir qismi) yuk potoki deyiladi. Yuk potoklarini shakillantirishda yuklaming sifati (qoplama jins, foydali qazilma va boshqa) va to‘kish punktlari bo‘yicha taqsimlashga harakat qilinadi. Kon ishlarining rivojlanishi natijasida karyer yuk aylanmasi va uning alohida yo‘nalishlari o‘zgarib turadi. Harakatlanish prinsipiga ko‘ra transport vositalari siklli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Sikl davomiyligi yuklanish, yuk bilan harakatlanish (to‘kish punktlarigacha), yukni to‘kish, yuklanish punktiga qaytib kelish va yuqoridagi operatsiyalar o‘rtasidagi qisqacha uzilishlar davomiyligi yig‘indisidan tashkil topadi. Siklli transporda (temiryo‘l, avtomobil transporti) yuklanish, yuk bilan harakatlanish, yukni to‘kish va yuksiz harakatlanish operatsiyalari birin-ketin sodir bo‘ladi. Uzluksiz transportda (konveyer, gidravlik transport) esa ushbu operatsiyalar bir vaqtda parallel bajariladi.

    1. Portlatish ishlari parametrlari.

Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajaril jshi mumkin. Hozirgi vaqtda konlami ochiq usulda qazib olishda kon jinslari massivini qazishga tayyorlash ishlarida quyidagi usullardan keng foydalaniladi. Kon jinslarini bevosita massivdan ajratib olishga asoslangan mexanik usul, gidravlik usul, maxsus maydalagich mashinalari yordamida maydalash, burg‘ila_shportlatish asosida kon jinslarini massivdan ajratib olish va boshqalar.
Burg‘ilab-portlatish usuli qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlashda keng qo'llaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi boMaklarining chiziq bo‘yicha maksimal oichami qazib yuklash va tashish vositalarining parametrlariga mos kelishi zarur.
Karyerlarda portlatish ishlarining quyidagi usullaridan foydalaniladi: skvajina-zaryad usuli, qozonsimon zaryad usuli, shupur-zaryadi usuli, kamera zaryadi usuli, ustqo‘yma zaryad usuli. Skvajina-zaryad usuli (8-a rasm) qoilanganda portlovchi modda (PM) zaryadi diametri 75-400 mm, chuqurligi 5-30 m (ayrim hollarda 50 m gacha) boigan skvajinalarga joylashtiriladi. Bu usul karyerlarda olib boriladigan portlatish ishlariga qo'yiladigan talablarga ko‘proq mos keladi. Qozonsimon zaryad usuli (8-b rasm) qoilanganda katta miqdordagi portlovchi modda zaryadi (400 - 2000 kg) skvajinaning ostki qismi maxsus burg'ilash snaryadi yoki kichik hajmdagi PM zaryadini portlatishasosidakengaytirilgan, qozonsimon ko‘rinishga ega bo'lgan skvajinaga joylashtiriladi. Shpur-zaryadi usuli (8 - d rasm ). Bu usulda portlovchi modda zaryadi diametri 75 mm gacha, chuqurligi 5 m gacha bo‘lgan shpurlarga joylashtiriladi. Portlatish ishlari hajmi kichik, turli navdagi rudalarni saralab qazib olish, yuqori qiymatga ega bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish, nogabaritlarni ikkilamchi maydalash. pog'ona ishchi maydonidagi to4siqlami yo'qotish, pog'onalar qiyalik tekisligini ta'minlash kabi ishlarni bajarishda bu usuldan keng foydalaniladi.


Yüklə 147,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin