2.3. Burg‘ilash dastgohi ish unumdorligi. Tog‘ jinslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qazib olish imkoni bo‘lmagan yoki ularni massivdan dastlabki yumshatmasdan ajratib olish va yumshatish qiyin bo‘lgan hollarda portlatish ishlari qo‘llaniladi. Ochiq kon ishlarida qoyali tog‘ jinslari konlarida deyarli barcha kon ishlari tog‘ jinslarini portlatish usuli bilan dastlabki yumshatish bilan amalga oshiriladi. Bu esa o`z navbatida yuqori ish unmdorlikka ega bo‘lgan burg‘ulash texnikasini qo‘llashni talab etadi. Konning kon-geologik sharoitlari, masshtabi, qazib olish tizimi parametrlari va tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari burg‘ulash dastgohini tanlashga ta’sir etadi. Tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlari birbiridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun portlovchi skvajinalarni burg‘ulashda bir-biridan skvajina kovjoyiga ta’siri xususiyati bo‘yicha farq qiluvchi turli turdagi burg‘ulash dastgoxlari qo‘llaniladi.
Burg‘ulash tezligi quyidagilarga bog‘liqdir: burg‘ulash asbobi ta’siri ostida tog‘ jinslarining buzilish qobiliyati (asosiy faktor); burg‘ulash asboblarining turi va shakllari, skvajina zaboyiga ta’siri usuli (zarbli, aylanma, aylanma-zarbli va boshqalar); burg‘ulash asbobining skvajina zaboyiga ta’sir kuchi va tezligi; skvajina diametri va bir qator xollarda uning chuqurligi; tog‘ jinsi buzilishiga ta’sir etuvchi (halaqit beruvchi) burg‘ulash chiqindisini skvajina kovjoyidan tozalash tezligi, doimiyligi va usuli. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha faktorlar burg‘ulash dastgohlarining texnologik parametrlarini aniqlaydi.
Muayyan burg‘ilash sharoiti va qabul qilingan stanok uchun 1 m skvajina burg‘ilashga hamda yordamchi ishlarni bajarishga sarflangan vaqtni yuqori darajada aniq va o‘zgarmas miqdor deb qabul qilinganda, burg‘ilash stanogining smenalik unumdorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda Tsm - smena davomiyligi, soat; Tas — lm skvajina burg‘ilash uchun asosiy jarayonlarni bajarishga sarflangan vaqt, soat; Ksv- smena vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti; Tyo - 1 m skvajina burg‘ilashda yordamchi ishlarga sarflanadigan vaqt, soat.