Konveyer transportida otval xosil qilish


Karyer ekskavatorlari ish unumdorligi



Yüklə 69,17 Kb.
səhifə10/23
tarix02.12.2023
ölçüsü69,17 Kb.
#171233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Konveyer transportida otval xosil qilish-fayllar.org

5.2. Karyer ekskavatorlari ish unumdorligi.
Ekskavatorlar unumdorligi nazariy, texnikaviy va ekspluatatsion ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Nazariy unumdorlik - bu ekskavator konstruktiv parametriari bo‘yicha vaqt birligi ichida tinmay ishlaganda qazib olgan kon massasi miqdori (tonna yoki kub metrda). Bir cho‘michli ekskavatoming nazariy unumdorligi to‘kish joyiga burilish burchagi 90°, qazish balandligi rukoyatning itarish o‘qi balandligiga teng boiib, ag‘darmaga to‘kishga burilish tezligi normal boigan holatlar bo‘yicha aniqlanadi. Draglayn uchun burilish burchagi 135° ga teng qilib olinadi. Ko'p cho'michli ekskavatorlaming nazariy unumdorligi vaqt birligi ichida bo'shatiladigan cho'michlar soni bo‘yicha aniqlanadi.
Maydalangan jinslarda ekskavator nazariy unumdorligi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
bunda£-cho‘mich hajmi, m3; nch—birminutda bo‘shatiladigan cho'michlar soni.
Bir soat mobaynida to‘xtamay ishlagandagi ekskavatoming unumdorligi texnikqyiy unumdorlik deyiladi. Texnik unumdorlikka ekskavatoming konstruktiv parametrlari, jinslarning ekskavatsiyalanish xnsusiyati, cho‘michning to‘lish koeffitsiyenti, jinslami cho‘mich ichida maydalanish (ko‘pchish) koeffitsiyenti, kavjoy o‘lchamlari, cho‘michni bo‘shatish sharoiti (ag‘darmaga yoki transport vositasiga to‘kish) kabi omillar ta’sir etadi.
Bir cho‘michli ekskavatorlaming soatlik texnik unumdorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

Ekskavatorlarning ekspluatatsion unumdorligi ish vaqtidan foydalanish koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi. Ushbu koeffitsiyentning qiymati birdan kichik bo‘ladi. Chunki ekskavator ba’zi bir texnologik va tashkiliy sabablarga ko‘ra, ish vaqtidan to‘la foydalana olmaydi (smenani qabul qilish va topshirishga ketgan vaqt, nazorat va uzellami moylash vaqti, transport vositasini kutish vaqtlarida ekskavator ishlamaydi). Shuning uchun eksplutatsion unumdorlik texnikaviy unumdorlikdan kam bo‘ladi. Ekspluatatsion unumdorlik bir smena, bir sutka, bir oy va bir yil uchun hisoblanadi. Oylik va yillik unumdorlikni aniqlashda ekskavatomi ta’mirlash vaqti hisobga olinadi.


Ekskavatoming smenalik taxminiy unumdorligini quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi:

Ekskavatoming yillik ekspluatatsion unumdorligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:




Yüklə 69,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin