Markaziy atom bilan bevosita bogʻlangan ionlar yoki molekulalar soni uning koordinatsion soni (Koordinatsion birikmalar) deb ataladi. Mas, K4[Fe(CN)6], Ti(CO)7 va [Cu(NH3)4]SO4 da markaziy atomlarning Koordinatsion birikmalar 6, 7 va 4 ga teng D.I.Mendeleyev davriy sistemasining katta davrlari oʻrtasidagi (oraliq) elementlar (Ti, V, Sg, Mn, Fe, So, Ni, Si, Zn, Zr, Nb, Mo, Tc, Ru, Rh, Pd, Ag, Cd, Hf, Ta, W, Re, Os, Ir, Pt, Ai, Hg, nodir yer elementlari, aktinoidlar), baʼzi metallmaslar, mas, V, R, Si koʻpincha kompleks birikma hosil qiluvchi markaziy atomlar boʻlib, kislotalarning anionlari (Gʻ-, S1-, Br-, S2-, WO2, SO42, RO43’ va boshqalar), shuningdek, O, N, P, S, Se, S atomlariga ega boʻlgan neytral organik va anorganik molekulalar hamda radikallar ligandlar boʻlib qatnashishi mumkin. Ichki sferasida kislotalarning anionlari bor Koordinatsion birikmalar (atsidokomplekslar) anorganik komplekslarga yaqqol misol boʻla oladi. Eng koʻp Tap-kalgan ligand — suvda oddiy tuzlar eriganda akvokomplekslar hosil boʻladi, mas: SoS12 + 6N2O = [So(N2O)6]2+ + 2S1-. Kristall akvokomplekslar kristallogidratlar deb ataladi. Tuzlar turli organik va anorganik suyuqliklarda eriganda har xil solvato-komplekslar (kristallosolvatlar) hosil boʻladi. Ammiak biriktirish mahsuli — ammiakatlar, mas, [Ni(NH3)JCl2; spirt biriktirish mahsuli — alkogolyatlar (qarang Alkogolyat va feonolyatlar), efir biriktirish mahsuli — efiratlar va h.k. kristallosolvatlarga kiradi. Murakkab molekulalar markaziy atomga kislorod (suv, spirt, efir va boshqalar), azot (ammiak, aminlar), fosfor (RS13, fosfin hosilalari), uglerod va boshqa elementlarning atomlari orqali birikadi. Koʻpincha, ligandlar oʻz atomlaridan bir nechasi bilan markaziy atomga birikadi, ular polidentat ligandlar deb ataladi. Baʼzi bidetant ligandlar 1 ta yoki 2 ta markaziy atomlar bilan birikib, 4, 5, 6 aʼzoli halqalar hosil qiladi. Bunday Koordinatsion birikmalar xelat birikmalar deb ataladi. . U yoki bu elementning koordinatsion birikma hosil qilish qobilyati о‘sha element atomining sirtqi elektron qavati tuzilishiga va uning davriy sistemadagi о‘rniga bog‘liq bо‘lib, koordinatsion birikma hosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi qavatda yetarli darajada bо‘sh orbitallari bо‘lgan metall ionlar kiradi. Koordinatsion birikma hosil qiluvchi zarracha elektron juftining akseptori vazifasini bajaradi. Agar markaziy atom kimyoviy bog‘lanishda о‘zining bо‘sh s- orbitallari bilan ishtirok etsa, bu holda faqat σ (sigma) – bog‘lanish, agar bо‘sh r – orbitallar ham qatnashsa, σ- va π- bog‘lanishlar yuzaga keladi (u r-, d- yoki f – orbitallari bilan ishtirok etganida ham σ- va π- bog‘lanishlar kelib chiqadi). Koordinatsion birikma xillari. Biz koordinatsion birikmalarni kation, anion va neytral koordinatsion birikmalar deb uch sinfga bо‘lgan edik. Lekin Verner nazariyasi yaratilgan davrda barcha koordinatsion birikmalarni ularning hosil bо‘lish sxemasiga qarab quyidagi ikkita katta sinfga bо‘lingan : a) biriktirib olish mahsulotlari, b) singdirilish mahsulotlari. Masalan, agar BF3 ga HF qо‘shilsa, biriktirib olish mahsuloti hosil bо‘ladi : BF3 + HF → H [BF4] Bu reaksiyada F- ioni ichki qavatda qoladi. Singdirilish mahsulotlari : mis xloridga ammiak qо‘shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH3 gо‘yo «pona» bо‘lib joylashadi : CuCl2 + 4NH3 → [Cu(NH)3] Cl2
Dostları ilə paylaş: |