Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi



Yüklə 83,87 Kb.
səhifə1/5
tarix10.05.2023
ölçüsü83,87 Kb.
#110381
  1   2   3   4   5
12-11

NDKTU KIMYO METALLURGIYA FAKULTETI KIMYO TEXNOLOGIYA YO`NALISHI SIRTQI BO`LIM 33SB-22KT GURUH TALABASI BARNAYEVA ASOLATNING UMUMIY VA MOORGANIK KIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi Reja: 1.Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha, Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlarning o`rni 2.Guruh elementlarining binar birikmalari va sanoatdagi ahamiyati 3.Metallorganik birikmalar, nomenklaturasi, sinfflanishi, strukturasi, olinish usullari, kimyoviy xossalari va ahamiyati

Koordinatsion birikmalar, kompleks birikmalar — markaziy atom (yoki ion) va u bilan bogʻlangan molekula yoki ionlar — ligandlardan tashkil topgan komplekslar. Markaziy atom (kompleks hosil qiluvchi), odatda, akseptor, ligandlar esa elektronlarning donorlari boʻlib, kompleks hosil boʻlganda ular orasida donor-akseptor yoki koordinatsion bogʻ-lanish vujudga keladi. Kompleks elektroneytral yoki noelektrolit, musbat (kompleks kation) yoki manfiy (kompleks anion) zaryadli boʻlishi mumkin. Masalan, [Cu(NH,)4]2+, [Fe(CN)6]4\ Agar eritma yoki gaz holatidagi Koordinatsion birikmalar bir xil ligandlardan tuzilgan boʻlsa, komp-leksdagi barcha bogʻlar bir xil, agar har xil ligandlardan iborat boʻlsa, bogʻlar tavsifi ligandlar xossalariga bogʻliqboʻladi. Masalan, [W(CH,CN)(O)F4] kompleksida donorakseptor, oddiy kovalent bogʻlar va qoʻsh bogʻ hosil boʻladi. Odatda, oddiy kimyoviy birikmalarning oʻzaro birikishidan murakkabroq Koordinatsion birikmalar vujudga keladi. Mas, temir va kaliyning sianid tuzlari bir-biri bilan qoʻshilib, Koordinatsion birikmalar — kaliy ferrotsianidni hosil qiladi:Fe(CN)2+ 4KCN = K4[Fe(CN)6]. Kompleks hosil qiluvchi markaziy atom (yuqoridagi misolda — Gʻe) Koordinatsion birikmalar yadrosi (kompleks )ni, u bilan bogʻlangan (koordinatsiyalangan) molekulalar yoki ionlar — ligandlar (yuqoridagi misolda — kislota qoldigʻi CN) kompleksning ichki sfera sini tashkil etadi. Faqat markaziy atom bilan ligandlardan iborat Koordinatsion birikmalar ham bor, mas, metallarning karbonillari Ti(CO)7, Cr(CO)6, Fe(CO)5 va boshqa Markaziy atom bilan bevosita bogʻlanmagan ionlar kompleks tarkibiga kirsa, ular kompleksning tashqi sferasida boʻladi. Kationlar, mas, K4[Gʻe(S1M)6]dagi K+ ham, anionlar, mas, [Cu(NH3)4]SO4 dagi SO^~ ham tashqi sfera ionlaridir. Koordinatsion birikmalar formulasini yozganda tashqi sfera ionlari kvadrat qavsdan tashqariga chiqariladi.


Yüklə 83,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin