1) Asosli oksidlar – asoslarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metallarning kichik valentli oksidlari misol bo‘ladi. Masalan: CuO – mis (II)-oksidi, K2O – kaliy oksidi va h.z. 2) Kislotali oksidlar – kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metalmaslarning barcha oksidlari va metallarning 5,6,7,8 valentli oksidlari misol bo‘ladi, ular kislota angidridlari ham deb yuritiladi. Masalan: SO3 – oltingugurt (VI) oksidi (sulfat angidrid), Br2O7 – brom (VII)-oksidi (perbromat angidrid), OsO4 – osmiy (VIII)-oksidi, KrO2 – kripton (IV)-oksidi, SO2 – uglerod (IV)-oksidi (karbonat angidrid), R2O5 – fosfor (V)-oksidi (fasfat angidrid) va h.z. 3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3 – alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III)-oksidi, Cr2O3 – xrom (III)-oksidi, Mn2O3 – marganets (III)-oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV)-oksidi, V2O3 – vanadiy (III)-oksidi va h.z. 4) Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II)-oksidi, N2O – azot (I)-oksidi, CO – uglerod (II)-oksidi va h.z. 5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO∙Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO∙Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO∙Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO∙PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4 (CoO∙Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO∙Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO∙Al2O3), MgAl2O4 (MgO∙Al2O3) va h.z. Metallorganik birikmalar — molekulasida metall — uglerod bogʻi boʻlgan organik birikmalar. "Metallorganik birikmalar" termini maʼlum darajada shartli. Sianidlar, karbidlar, baʼzi hollarda metallar karbonillari ham (Me—S bogʻi tutgan boʻlsa ham) anorganik birikmalar hisoblanadi. Bor, fosfor, kremniy, margimush va boshqa metallmaslarning organik birikmalari ham Metallorganik birikmalar jumlasiga kiradi. Shuning uchun keyingi vaqtlarda "elementoorganik birikmalar" degan umumiy nom koʻproq ishlatilmoqda. Ilk bor Metallorganik birikmalarni 1827-yilda V. Seyze (Seyze tuzi K[PtCl3(CH2=CH2)]H2O) sintez qilgan. Keyinchalik R. Bunzen margimush organik birikmalarni (1839), ingliz kimyogari E. Franklend dietil ruxni (1849) olgandan soʻng Metallorganik birikmalar kimyosiga asos solindi Li, Na, K, Rb, Cs, Be, Mg, Ca, Sr, Ba, Zn, Cd, Hg, B, Al, Ga, In, Tl, Si, Sn, Pb, As, Sb, Bi kabi metallarning Metallorganik birikmalari yaxshi oʻrganilgan. Ular suyuq va qattiq holatdagi moddalardir. Koʻpchiligi organik erituvchilarda eriydi. Metallorganik birikmalardan, ayniqsa, simob, qalay, qoʻrgʻoshin birikmalari juda zaharli. Metallorganik birikmalarning koʻpchiligi suv va kislorod bilan reaksiyaga faol kirishadi. Baʼzilari havoda, karbonat angidridli muhitda oʻzoʻzidan alangalanadi. Oraliq metallar — Ti, Zr, Y, Nb, Ta, Cr, Mo, U, Re, Fe, Ru, Os, Rh, Ir, Co va Ni ning organik birikmalari katta amaliy ahamiyatga ega. Metallorganik birikmalar dori moddalar, sof holdagi metallar, metall’ qoplamalari olishda va organik moddalar sintezida ishlatiladi (yana Q. Grinyar reaksiyasi, Kucherev re-aksiyasi, Polimerlanish)
Dostları ilə paylaş: |