kurashchi zahirasida mavjud bo’lgan usullar bilan kombinasiyalar hamda bog’lanishlarda qo’llash mumkin bo’lgan texnik harakatlarni o’rganish;
harakat vazifasini eng oqilona hal etish xususiyatiga ega bo’lgan harakat texnikasiga o’rgatish lozim; bu kelgusida qayta o’rganishdan xolos qiladi;
kerak bo’lmagan harakatlar va ortiqcha mushak zo’riqishini bartaraf etib, texnika asoslari hamda umumiy harakat maromini egallash;
usullarga o’rgatish vaqt oralig’ida jamlangan bo’lishi zarur, chunki trenirovka mashg’ulotlari orasidagi uzoq tanaffuslar uning ta’sirini pasaytiradi. Boshqa tomondan, bitta trenirovka darsi davomida usullarni juda tez-tez takrorlash maqsadga muvofiq emas, chukni yangi koordinasiyalarni yaratish asab tizimini tez toliqtiradigan qiynchilikni yengib o’tish bilan bog’liq;
jismoniy shart-sharoitlar yetarlicha bo’lmasligi oqibatida yuzaga keladigan texnik holatlarni oldini olish maqsadida harakatlarning dinamik tavsiflariga mos keladigan yuqori darajadagi maxsus jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim.