Ko’p kurash turlari texnikasini o’rgatish



Yüklə 37,6 Kb.
səhifə4/5
tarix13.04.2023
ölçüsü37,6 Kb.
#97345
1   2   3   4   5
Ko’p kurash turlari texnikasini o’rgatish metodikasi

Xulosa



Butun musobaqani o’tkazish taktikasi tortilishdan so’ng, ya’ni raqiblar tarkibi aniqlangandan va yaqin orada bo’lib o’tadigan bellashuvlar juftliklari tuzilgandan keyin belgilanadi. Shundan keyin ikkita mashg’ulotdan so’ng chiqib ketish yo’li bilan o’tkaziladigan musobaqalarda ma’lum bir o’rinni egallash uchun o’tish lozim bo’lgan davrlar (uchrashuvlar) sonini tahminan bilish maqsadida har bir uchrashuv maqsadi aniqlanadi. Kurashchi qaysi bellashuvlarni “sof” g’alaba, yaqqol ustunlik bilan, qaysilarini ballar buyicha yuitishi lozimligini belgilab olish lozim. Taktik jihatdan to’g’ri yo’l tutish maqsadida, xar bir davra tugashi bilan turnirdagi o’z holati hamda raqib holatini baholab borish zarur. Buning uchun o’z vazn toifasi buyicha musobaqalar jadvalini olib borish lozim.
Bellashuv davomidagi razvedka raqibning tayyorgarligi to’g’risida yanada aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Razvedka asosan bellashuv boshida o’tkaziladi va raqib qanday usullardan foydalanayotganligi, qanday qarshi hujum uyushtirayotganligi, uning taktik tayyorgarligi usulari, reaksiya tezligi, kuchi va chidamliligini aniqlashga qaratilgan. Buning uchun raqibga hujumning u yoki bu usulini bajarish uchun ataylab qulay sharoit yaratish bilan uni chorlashni qo’llash mumkin. Bunda himoyalanishga va qarshi hujum uyushtirishga tayyor turish lozim. Raqibning javob reaksiyasini aniqlash uchun turli xil usullar bilan aldamchi hujumlarni qo’llash mumkin, lekin bir vaqtning o’zida uning qarshi hujumlaridan himoyalanishga tayyor turish lozim. Manevr olib borish raqibning hujum usullarini aniqlashga xizmat qiladi (tik turishni o’zgartirish, raqibdan chekinish va unga yaqinlashish, uning atorfida harakatlanish, h.k.).
Gilam maydonida, uning markazida yoki chetida holatni o’zgartirish razvedka maqsadi bo’lib xizmat qilishi mumkin. U raqib qaysi joyda kurashishni afzal ko’rishini, unga qanday hujum qilish yoki undan qanday himoyalanishni aniqlashga imkon beradi. Ma’lumotlarni har safar yangitdan to’plash zarur emas, avval shu raqib bilan bo’lgan uchrashuvlardan ma’lum hamma axborotdan foydalanish hamda ehtimoldagi raqiblar tayyorgarligi to’g’risidagi qog’ozchaga ega bo’lish lozim.
Razvedkadan tashqari, muhim taktik harakatlardan yana biri - bu niyatni yashirish hisoblandi. U kurashchining taktik harakati bo’lib, bunda kurashchi kurash jarayonida raqibning razvedka qilishiga to’sqmnlik qilgan holda undan o’zining asl niyatini yashiradi. To’g’ri yashirish kurashchining shaxsiy kashfiyotchiligiga bog’liq. Tezlashgan; qattiq nafas olish va harakatlarning sustligi bilan qattiq toliqqanlikni namoyish qilish va shu vaqtning o’zida “portlashga” tayyor bo’lib, bellashuvda tez va keskin hujumni bajarish mumkin. Bo’sh raqib bilan o’zining “shoh” usullarini qo’llamasdan turib ikkinchi darajali usullar bilan g’alaba qozinishga harakat qilish lozim.



Yüklə 37,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin