Ko„p xonali sonlar


Og‘zaki hisoblash malakalarini shakllantirish texnologiyasidan foydalanish metodlari



Yüklə 39,94 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü39,94 Kb.
#165614
1   2   3   4
 Ko„p xonali sonlar mavzusida arifmetik amallarni o„rganish-fayllar.org

Og‘zaki hisoblash malakalarini shakllantirish texnologiyasidan foydalanish metodlari
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan, yig‘indidan ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma tushunchalari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarini mukammal o‘zlashtirishni talab etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin. Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan, balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi.
68x5 = (34x2)x5 =34x (2x5) = 34x10 =340
68x50= 34x100=3400
Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
17x50= (16+1) x50= 16x50+1x50=800+50 = 850
Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra:
135:5= (135x2) : (5x2) =270:10=27
2250:50=4500:100=45
O‘quvchilar diqqatini shunga jalb etish zarurki, og‘zaki va yozma ko‘paytirish oddiy odat bo‘lib qolishini o‘qituvchi nazorat qilishi kerak.
24x25 = (6x4) x 25= 6x (4x25) = 6x100=600
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur:
24x25=(24:4) x(25x4) = 6x100=600
Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir:
37x25=(36+1) x25=36x25+25=900+25=925
35x25=(36-1)x25=36x25-1x25=900-25=875
38x25=(36+2) x25=36x25+2x25=900+50=950
25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni
(25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
(Bu chorak,bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.)
Masalan: 36x26=36(25+1)=36x25+36x1=900+36=936
36x24=36(25-1)=36x25-36x1=900-36=864
25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoidalariga asoslanadi:
225:25=(225x2)x2=225x4=900
Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
678x9=678x(10–1)=6780-678=6102
577x99=577(100–1)=57700-577=57123
34x999=34(1000–1)=34000-34=33966
2-sinfda (14x15) ko‘paytirish qoidasi
14x15=14(10+5)=140x14x5=140+70=210
Buni darhol hisoblashga shoshilmasdan bajarish zarur, chunki 14x15=14x10+14x5=(14+7)x10=21x10=210
ko‘rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak.
Agar 23x15 bo‘lsa
23x15=(22+1)x15=22x15+1x15=330+15=345
Shuningdek, 14 va 16 ga ko‘paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish mumkin.

66x14=66x(15–1)=66x15 – 66 = 990 – 66 = 924


62x16=62(15+1)=62x15+15x1=930+62=992
61x69=6(6+1)x100+1x9=4200+9=4209
243x247=24x25x100+3x7=60000+21=60021


.«Uch xonali son», «uchinchi xona birliklari» atamalarini bilishi lozim. 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchilarni quyidagilarga o‘rgatishdan iborat: 1) predmetlarni bittalab, o‘ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib sanashga; 2) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilishga; 3) sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qilish (ya‘ni sonlarning o‘nli tarkibini bilish)ga; 4) o‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar ( 1 xona birliklari), o‘nliklar ( 2 xona birliklari) va yuzliklar (3 xona birliklari) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlashga; 5) sonni (ikki xonali va uch xonali) xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topishga. 1000 ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga doir mashqlarni bir necha bosqichga ajratish mumkin. 1. 1) Alohida turgan cho‘plarni 1 dan 10 gacha sana. 10 ta cho‘p 1 ta o‘ntalik cho‘p bo‘ladi. 2) O‘ntalik cho‘plarni sana. 10 ta o‘ntalik cho‘p 1 ta yuztalik cho‘p bo‘ladi. 3) Yuztaliklarni ham shunday sanash: 1 ta yuztalik - yuz6 ta yuztalik- olti yuz 2 ta yuztalik – ikki yuz7 ta yuztalik – etti yuz 3 ta yuztalik – uch yuz8 ta yuztalik – sakkiz yuz 4 ta yuztalik – to‘rt yuz9 ta yuztalik – to‘qqiz yuz 5 ta yuztalik – bez yuz10 ta yuztalik - ming 2. 1) Yetmishdan yuzgacha 10 tadan qo‘shib sanash. 2) Yuzdan oltmishgacha 10 tadan kamaytirib sanash. 3) Sakkiz yuzdan minggacha 100 tadan qo‘shib sanash. 4) Mingdan besh yuzgacha 10 tadan kamaytirib sanash. 3. 5 m 2 dm * 2 m 5 dm 6 m 7 dm * 7 m 1 dm 3 m 2 dm * 8 dm 8 m 2 dm * 6 m 9 dm 4. O‘quvchilarning ikki guruhi 42 tup olmaning Hosilini yig‘ib olishi kerak edi. Birinchi guruh butun ishning 1/4 qismini bajardi. Ikkinchi guruh necha tup olma hosilini yig‘ib olishi kerak? 5. Baliqchi 12 ta laqqa baliq va undan 6 ta ortiq zog‘ora baliq tutdi. U tutgan balig‘ining 1/3 bo‘lagini o‘rtog‘iga berdi. Baliqchi o‘rtog‘iga nechta baliq bergan? 6. Mehnat darsi uchun har biri 20 so‘mdan 26 varaq yashil qog‘oz va bir quti plastilin olindi. Olingan hamma narsa uchun 1000 so‘m to‘landi. Bir quti plastilin necha pul turadi? 1) O‘nlikda necha birlik bor? 2) Yuzlikda necha o‘nlik bor? 147 3) Yuzliklarni sanang. 87 – misol. Quyidagilardan iborat sonni ayting. 6 o‘nlik va 5 birlik: 6 yuzlik va 5 birlik: 4 yuzlik 4 o‘nlik va 8 birlik : 6 yuzlik va 6 birlik: 2 yuzlik va 7 o‘nlik: 7 yuzlik 5 o‘nlik va 9 birlik: 9 yuzlik va 3 birlik 88 – misol. Besh yuz sonidan 1ta ortiq; uch yuz sonidan 1 ta kam sonni ayting. 89 – misol. Ikki yuz to‘qson yetti; yetti yuz o‘n olti sonidan boshlab tartib bilan 6 ta sonni ayting. 90 – misol. 1) 300 dan 1000 gacha 100 tadan qo‘shib sanang. 2) 400 dan 260 gacha 10 tadan ayirib yasang. 3) 497 dan 504 gacha, 678 dan 705 gacha, 989 dan 1000 gacha 1 tadan qo‘shib sanang. Yuqoridagi abakdagi raqamlar nimani bildiradi? 92 – misol. 348, 241, 501, 804, 600 sonlarida nechta yuzlik, o‘nlik va birlik bor? 148 93 – misol. Kitob 450 so‘m turadi, 4 ta bir xil alьbom 360 so‘m turadi. Kitob bitta alьbomdan necha so‘m qimmat turadi? 95 – misol. 900 so‘m+100 so‘m = so‘m 200 so‘m+ 50 so‘m = so‘m 900 m 2 dm = dm 200 m 05 sm = sm 96 – misol. 1) Sinfdagi 9 o‘quvchi qiz o‘quvchilarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Sinfda qancha o‘quvchi bor. 2) 36 kishidan iborat ruruhning to‘rtdan bir qismida qancha kishi bo‘ladi. 97 – masala. Do‘konga 100 ta velosiped olib kelindi. 6 kunda har kuni 9 tadan velosiped sotildi. Sotish uchun qancha velosiped qoldi? 98 – misol. Bir satrga ikki xonali, ikkinchi satrga esa uch xonali sonlarni ko‘chirib yozing: 200, 99, 777, 20, 305, 35, 824, 24, 905 99 – misol. 100-5x5 5x8-4x7 (45-27):9 10+8x8 9x4+8x6 8x(13-6) 72+36:9 24-2x9 24:4+48
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Jumayev E.E. BoshlangMch matematika nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun) Toshkent. “Turon iqbol” 2012 yil.


  2. . Jumayev M.E. va boshq. Birinchi sinf matematika daftari.Toshkent. “TuronIqbol” 2017 yil., 64 bet


  3. Tadjiyeva Z.G‘ va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan dars samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent. TDPU, 2008., 96


  4. . W W W . tdpu. uz


  5. . W W W . pedagog. uz


  6. . W W W . Ziyonet. uz







http://fayllar.org
Yüklə 39,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin