teng yon tomonli uning tomonlari teng bo'lsa. Teng yonli trapesiyada asoslardagi burchaklar teng.
Geometriyada koʻpburchak — uchtadan kam boʻlmagan chekli sondagi kesmalardan iborat yopiq siniq chiziq. Bunda chiziqning ketma-ket keluvchi har uchta uchi bir toʻgʻri chiziqda yotmasligi shart. Bir tekislikda yotuvchi koʻpburchakning tashkil qiluvchi kesmalari uning tomonlari deyiladi. Koʻpburchak tomonlari kesishmasa, u sodda koʻpburchak deyiladi. Har qanday sodda koʻpburchak tekislikni ikki sohaga ajratadi. Koʻpburchakning umumiy uchga ega boʻlgan tomonlari qoʻshni tomonlar deyiladi. Sodda koʻpburchak uchidan chiquvchi va ikkita qoʻshni tomonlarni oʻz ichiga oluvchi nurlar hosil qilgan burchak ichki soha bilan kesishsa, unga koʻpburchak burchagi deb ataladi. Sodda � ta burchakli koʻpburchak burchaklari yigʻindisi 180°(� —2) ga teng boʻladi. Agar koʻpburchak uning ixtiyoriy bitta tomonini oʻz ichiga oluvchi toʻgʻri chiziqning bir tomonida yotsa, u qavariq koʻpburchak deyiladi. Sodda koʻpburchakning hamma burchaklari oʻzaro kongruent va hamma tomonlari uzunliklari teng boʻlsa, u muntazam koʻpburchak deyiladi. Har qanday muntazam koʻpburchak uchun ichki va tashqi chizilgan aylanalari mavjud boʻladi.
Romb (qadimgi yunoncha: ῥόμβος, lotincha: rombus „doira“) — barcha tomonlari teng boʻlgan to'rtburchak. Burchaklari toʻgʻri burchaklardan iborat boʻlgan romb kvadrat deb ataladi.
Romb (yunoncha: rombos — pirildoq, aylanuvchi) — tomonlari oʻzaro teng boʻlgan yassi toʻrtburchak (rasmga q.). R.ning xossalari: 1) diagonallari oʻzaro perpendikulyar; 2) R.ning diagonallari uning burchaklarini teng ikkiga boʻladi. R.ning diagonallari kesishgan nuqta uning simmetriya markazidir. R.ga ichki aylana chizish mumkin. R.ning yuzi uning diagonallari koʻpaytmasining yarmiga teng. Burchaklaridan biri a boʻlgan R.ning yuzi 5=a2sina. Hamma burchaklari 90° boʻlgan R. kvadratidir.[1]
Asosiy xossalari
Romb parallelogramm hisoblanadi, chunki uning qarama-qarshi tomonlari oʻzaro paralleldir: AV || CD, AD || VS.
Romb diagonallari bir birini toʻgʻri burchak hosil qilgan holda kesib oʻtishadi (AC ⊥ BD) va kesib oʻtish nuqtasida teng ikkiga boʻlinishadi.
Romb diagonallari uning burchaklarining bissektrisalari hisoblanadi (∠DCA = ∠BCA, ∠ABD = ∠CBD va hokazo)
Asosiy alomatlari
Parallelogramm ABCD romb hisoblanadi, agarda:
uning barcha tomonlari teng boʻlsa: AB = BC = CD = AD
uning diagonallari bir birini toʻgʻri burchak hosil qilgan holda kesib oʻtsa
Figura- geometrik shakl hisoblanadi.
muayyan narsabuyumlarning tashki koʻrinishi, shakli;
inson tanasining koʻrinishi, qaddiqomat;
biror narsani harakat bilan bajarishda (rake, gimnastikada, konkida uchish va boshqalarda) bajaruvchi shaxs egallaydigan, paydo qiladigan holat, koʻrinish;
geometriyada — tekislikdagi nuqtalar toʻplami (chiziq, doira, burchak, kvadrat — yassi Figuralar) yoki fazodagi nuqtalar toʻplami (konus, kub, piramida — fazoviy Figuralar);
haykaltaroshlik, rassomlikda — inson yoki jonivorlarning xaykal yoki surat tarzidagi tasviri;
shaxmatda — piyodalardan boshqa donalar (shoq, fil, ot kabilar)ning; karta oʻyinida — katta qiymatli kartalar (valet, dama, shoh, tuz)ning umumiy nomi.