Mustahkam kichik suvshimuvchanlikka ega B sinfli perlit asosidagi to’ldiruvchi olishda issiqlik ishlovi ikki bosqichli sxemada bajariladi; A sinfli perlit asosidagi o’ta engil qum olishda kuydirish ishlari bir bosqichli sxemada bajariladi. Perlitga issiq ishlov berish xomashyoni kuydirishda yorilishini kamaytiradi, ko’pchigan perlitning strukturasini va ko’pchish jarayonini yaxshilaydi, tayyor mahsulotning mustahkamligini oshiradi va suv shimuvchanlikni kamaytiradi.

Perlit xomashyosida kimyoviy bog’langan suv termik ishlovdan so’ng massa bo’yicha 1-3% ni tashkil etadi. Termik ishlov aylanma pechlarda qaynovchi qatlam pechlarida va boshqalarda bajariladi. Termik ishlov harorati xomashyo xususiyatlari va ko’pchigan perlitning berilgan tavsifi asosida aniqlanadi: B sinfdagi perlitlar uchun 300-6000S atrofida bo’lib, gazlarning pechga xom granulalarni ortish donasidagi harorati 2000S, materialning keyingi isish harorati 15-20 0S/min tashkil etadi.
Issiqlik tayyorlov pechlarida suyuq va gaz ko’rinishidagi yoqilg’ilar ishlatiladi, shu bilan birga kuydirish pechlaridan chiqadigan gazlar, bu gazlar bilan isigan havo ham qo’llaniladi. Issiqlik tayyorlov pechlaridan isigan material o’z oqimi yoki maxsus qurilmalar yordamida kuydirish pechlariga uzatiladi. Isitilgan material turli konstruksiyalarga ega pechlar (aylanma, vertikal, qaynovchi qavat)da kuydiriladi. Pechning konstruksiyasi kuydirilayotgan donalar o’lchami, tayyor maxsulotning berilgan xususiyatlari va rejalashtirilgan mahsuldorlik bo’yicha tanlanadi. Mayda perlit qumlari yuqorida ko’rsatigan barcha konstruksiyadagi pechlarda kuydiriladi, chaqiq tosh va yirik qumni kuydirish asosan aylanma pechda bajariladi, shu bilan birga qaynovchi qatlam pechlari ham qo’llaniladi. Vertikal pechlarning ishlash prinsipi quyidagicha: ma’lum balandlikdan erkin tushayotgan material donalari gazlar harakat tezligining etarlicha o’zgarishida pechning pastki konus qismida turib qoladi, issiq gaz ta’sirida ko’pchiydi, yo’nalgan gazlar oqimida pechdan tashqariga chiqariladi. Vertikal pechlarda yirikligi 2mm gacha, ko’pincha 1,2mm gacha maydalangan jinslar kuydiriladi. Bu pechda dastlab jinslar isitiladi, so’ngra bir necha sekundgacha pishiriladi. Bu ko’pchitilgan qum donalarining darzliligi, yuqori darajada ochiq g’ovaklar va suv shimuvchanligi (massa bo’yicha 500% ga etadi), kichik mustahkamligi bilan tushuntiriladi.