Ko‘pyoqliklar. Ko‘pyoqliklarni proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishishi



Yüklə 25 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü25 Kb.
#204116
1   2
kopyoqliklar

178-rasm 179-rasm 180-rasm

Ko‘pyoqliklarning muhim xossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon etgan:




Eyler teoremasi. Har qanday qavariq ko‘pyoqlikda yoqlar bilan uchlar sonining yig‘indisidan qirralar sonining ayirmasi ikkiga teng bo‘ladi (ya’ni YO+U-Q=2).

1-jadval
Muntazam ko‘pyoqliklar




Tetraedr (181-rasm)


Dodekaedr (182-rasm)


Kub – geksaedr (183-rasm)



Ikosaedr (184-rasm)

YO + U - Q = 2


YO – yoqlar soni
U – uchlar soni
Q – qirralar soni

Oktaedr (185-rasm)




Kesik oktaedr (186-rasm)


Yon yoqlari turli rasmdagi muntazam ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan ko‘pyoqlikni yarim muntazam ko‘pyoqlik deb yuritiladi. Bu ko‘pyoqliklar 18 xil bo‘lib, ular Arximed jismlari deb yuritiladi. 186-rasmda Arximed jismlaridan biri bo‘lgan kesik oktaedrning yaqqol tasviri keltirilgan.


Ko‘pyoqliklar texnikada turli ko‘rinishdagi mashina detallari, ko‘pyoqli linzalar yasashda, hamda arxitektura va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Masalan, devor va poydevor bloklari, tom, ko‘priklarning temir-beton panellari va inshootning boshqa qismlari ko‘pyoqliklardan iborat bo‘ladi. Ko‘pyoqliklardan yana «geodezik» gumbazlar yasashda, keng oraliqli binolarni ustunsiz yopishda keng foydalaniladi. Qadimiy binolarda esa gumbaz, gumbaz osti, bino gumbazidan prizmatik qismiga o‘tish joylarida bezak-ornament sifatida ham qo‘llanilgan. 2

Скачано с www.znanio.ru



1 Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 114 bet

2 Sh.Murodov va boshqalar “Chizma geometriya” darslik “Iqtisod-moliya”.2006 yil, 114-115 betlar

Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin