178-rasm 179-rasm 180-rasm
Ko‘pyoqliklarning muhim xossalaridan birini Eyler quyidagicha bayon etgan:
Eyler teoremasi. Har qanday qavariq ko‘pyoqlikda yoqlar bilan uchlar sonining yig‘indisidan qirralar sonining ayirmasi ikkiga teng bo‘ladi (ya’ni YO+U-Q=2).
|
1-jadval
Muntazam ko‘pyoqliklar
Tetraedr (181-rasm)
|
Dodekaedr (182-rasm)
|
Kub – geksaedr (183-rasm)
|
Ikosaedr (184-rasm)
YO + U - Q = 2
YO – yoqlar soni
U – uchlar soni
Q – qirralar soni
|
Oktaedr (185-rasm)
|
Kesik oktaedr (186-rasm)
|
Yon yoqlari turli rasmdagi muntazam ko‘pburchaklardan iborat bo‘lgan ko‘pyoqlikni yarim muntazam ko‘pyoqlik deb yuritiladi. Bu ko‘pyoqliklar 18 xil bo‘lib, ular Arximed jismlari deb yuritiladi. 186-rasmda Arximed jismlaridan biri bo‘lgan kesik oktaedrning yaqqol tasviri keltirilgan.
Ko‘pyoqliklar texnikada turli ko‘rinishdagi mashina detallari, ko‘pyoqli linzalar yasashda, hamda arxitektura va qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Masalan, devor va poydevor bloklari, tom, ko‘priklarning temir-beton panellari va inshootning boshqa qismlari ko‘pyoqliklardan iborat bo‘ladi. Ko‘pyoqliklardan yana «geodezik» gumbazlar yasashda, keng oraliqli binolarni ustunsiz yopishda keng foydalaniladi. Qadimiy binolarda esa gumbaz, gumbaz osti, bino gumbazidan prizmatik qismiga o‘tish joylarida bezak-ornament sifatida ham qo‘llanilgan. 2
Скачано с www.znanio.ru
Dostları ilə paylaş: |