Koreyashunoslik


II BOB. MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIDA MEHNAT MIGRATSIYASI VA O‘ZBEKISTONNING AHAMIYATI



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/11
tarix04.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#86601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
S.Feruza

II BOB. MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGIDA MEHNAT MIGRATSIYASI VA O‘ZBEKISTONNING AHAMIYATI
2.1. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarda mehnat migratsiyasi jarayonlari

Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi davrida chet elda ishlayotgan fuqarolarga nisbatan munosabat tubdan oʻzgarib, mehnat migrantlari bilan muloqot oʻrnatildi, ularning muammo va ehtiyojlarini oʻrganish hamda hal qilish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy qilindi. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi, mehnat migrantlarining hayoti va sogʻligʻini sugʻurtalash, ularning oila aʼzolari uchun ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.


Ammo shunga qaramay, tashqi mehnat migratsiyasida erishilgan yutuqlar bilan birga, sohada ayrim muammolar uchramoqda.
Birinchidan, tashqi mehnat migratsiyasi sohasi qonunosti hujjatlaridan iborat boʻlib, milliy qonunchilikdagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim masalalarni xalqaro hujjatlar bilan uygʻunlashtirish zarur.
Ikkinchidan, qonunchilik hujjatlarida tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ushbu sohani tartibga solishda ishtirok etadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qoʻllanilib kelinayotgan barcha tushunchaning mazmuni va asosiy prinsiplari belgilab berilmagan.
Uchinchidan, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularning huquq va majburiyatlari, uyushgan holda ishga joylashtirish, chet elda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari turli qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan.
Shundan kelib chiqib, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda qabul qilindi. Avvalo, qonun loyihasi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan masalalar qonun darajasida mustahkamlanmoqda, xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan mehnat migrantlarining huquqlariga oid ayrim normalar, jumladan tashqi mehnat migratsiyasining ixtiyoriyligi va erkinligi, mehnat migrantlarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab kamsitishga va majburiy mehnatga jalb qilishga, mehnat migrantlarining sogʻligʻiga ziyon yetkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb qilishga yoʻl qoʻymaslik kabi bir qator huquqlari mazkur loyiha asosida milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.
Qolaversa, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda ushbu sohada Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mahalliy ijro hokimiyati organlari, xususiy bandlik agentliklarining hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlari belgilab berilmoqda.
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi mehnat faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida jalb qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yagona hujjatda jamlanmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mehnat migrantlarining hisobini yuritish va ushbu sohada monitoringni amalga oshirish, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini reintegratsiya qilish boʻyicha mehnat hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari belgilab berilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga solish qonun darajasida mustahkamlanadi, xalqaro hujjatlardagi mehnat migrantlarining huquqlariga oid normalar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi, uyushgan holda ishga joylashtiriladigan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibi tizimlashtiriladi.
O'zbekiston delegatsiyasi ishtirokidagi Minskda bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida MDHga a’zo davlatlar aholisini ish bilan ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Imzolangan bitim yagona mehnat bozorini shakllantirish va ishchi kuchining katta migratsiyasi sharoitida ayniqsa dolzarbdir. Hamdo‘stlik makonida jami 125 millionga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan. Pandemiyaga qadar har yili MDH davlatlari o‘rtasida 2 milliondan ortiq ishchilar yoki ish bilan band bo‘lganlarning 1,5 foizi ko‘chib yurgan. Yangi kelishuv MDH mamlakatlaridagi mehnat migratsiyasini pandemiyadan oldingi, yanada qulay sharoitlarga ega bo‘lgan darajaga qaytarishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini beradi.
Bitim doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari uchun 10 ta muhim yo‘nalishda hamkorlik qilishni nazarda tutiladi:
- umumiy mehnat bozorini shakllantirish uchun sharoit yaratish;
- ish bilan ta'minlash samaradorligini oshirish;
- mehnat muhojirlarining moslashuvi, ularga tilni, tarix va madaniyat asoslarini hamda bandlik holati qonunlarini o'rgatish;
- qisqa amaliyotga yo'naltirilgan o'quv dasturlarini amalga oshirish;
- mehnat bozorida fuqarolarning zaif toifalari uchun ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish;
- mehnat mobilligini oshirish;
- axborot tizimlarini rivojlantirish va birlashtirish;
- norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirish;
- xodimlarni jalb qilishning uyushgan tizimini rivojlantirish;
- noqonuniy mehnat faoliyati va noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi kurash.
Maslahat kengashi a'zolarining tashabbusi bilan maxsus tuzilgan Davlatlararo ishchi guruh shaklida joriy yilning avgust oyida ushbu hujjatlarni yangilash va ishlab chiqish bo'yicha birinchi yig'ilishni o'tkazish rejalashtirilgan.
Statistik ma’lumotlariga qaraganda so‘nggi 25 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududidan boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni quyidagicha hisoblanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkich (36,4%) bilan Qozog‘iston respublikasi va (31,0%) odamlar esa Rossiya Federatsiyasiga ko‘chib ketishgan. Tojikiston Respublikasiga ko‘chib ketganlarning soni esa (18,1%) ni tashkil etadi. Qirg‘iziston, Turkmaniston va boshqa hududlarga ko‘chib ketganlar soni esa jami bo‘lib (14,5%) ni tashkil etmoqda.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin