Korparativ boshqaruv subyektlarida hususiy kapital auditi


Xususiy kapitalni tahlil qilishning ahamiyati



Yüklə 269 Kb.
səhifə5/12
tarix16.06.2023
ölçüsü269 Kb.
#131622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ahmadjonov Doniyor Audit fanidan kurs ishi

Xususiy kapitalni tahlil qilishning ahamiyati
Xususiy kapitalning ta’rifi, hisobga olinishi va shakllanishi O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida» gi qonunida o’z aksini topgan. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi chaqiriq 6-sessiyasida qabul qilingan va u 1996 yil 30 avgustda Respublika Prezidenti tomonidan tasdiqlangan.
Xususiy kapital shu qonunning 15 moddasida va shu qonun asosida yuzaga kelgan Moliya vazirligining moliyaviy hisobot shakllari va ularni tuzish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomada hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu qonun va Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan yo’riqnoma va moliyaviy hisobotlar asosida xususiy kapital holatlarini o’rganish yo’llari va usullari ushbu bobda yoritildi.
Xususiy kapital bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki uning holatiga qarab, korxonaning moliyaviy mustaqilligiga baho beriladi. Korxonaning moliyaviy jihatdan mustahkam bo’lishi biznesni boshqarishda, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishda va sherikchilik faoliyatini yo’lga qo’yishda o’ta muhim dolzarb masala bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham xususiy kapital holatini o’rganish katta ahamiyatga egadir.
Korxonaning o’z mablag’lari manbaining asosiy qismi xususiy kapital hissasiga to’g’ri keladi.
Xususiy kapitalning hissasini oshirish va undan foydalanish darajasini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishish mumkin:
1. Xususiy kapital tarkibi va uning strukturasi bo’yicha dinamikasini o’rganish orqali umumiy holatiga baho berish;
2. Xususiy kapital o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir etish darajasini aniqlash va baho berish;
3. Xususiy kapitaldan foydalanish samaradorlik darajasini aniqlash va ushbu o’zgarishga omillarning ta’sirini hisoblab, baho berish;
4. Xususiy kapital tarkibini yaxshilash va foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish.
Xususiy kapital tuhlilini amalga oshirish uchun axborot manbai bo’lib, quyidagi hisobot ma’lumotlari hisoblanadi.
1. Buxgalteriya balansining passiv tomonidagi 1- bo’lim ma’lumotlari;
2. Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari;
3. Biznes-rejaning xususiy kapital to’g’risidagi ma’lumotlari;
4. Xususiy kapitalni hisobga olib boruvchi buxgalteriya hisobi schyotlarining ma’lumotlari (8300, 8310, 8320, 8330, 8400, 8410, 8420, 8500, 8510, 8520, 8530 va boshqa schyotlarning ma’lumotlari).
Xususiy kapital tarkibi, strukturasi va dinamikasining tahlili.
Qishloq xo’jalik korxonalarining o’z mablag’lari manbaining asosiy qismini xususiy kapital tashkil etadi. Uning tarkibi 4 ta kapitaldan tashkil topgan, ya’ni u ustav kapitali, zaxira kapitali, qo’shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zararni) o’z ichiga oladi.
Xususiy kapitalning tahlili uning tarkibi va strukturasini o’rganishdan boshlanadi. Buning uchun xususiy kapitalning har bir turi bo’yicha yil boshi va yil oxiriga bo’lgan summasi hamda har birining jamiga nisbatan hissasi aniqlab olinadi. Shundan keyin tahlilning gorizontal va vertikal usullaridan foydalanib, tahlili amalga oshiriladi. Xususiy kapitalning yil oxiridagi qoldig’i yil boshiga, yil oxiridagi salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib o’zgarishi aniqlanadi va baho beriladi. Buni quyidagi 48-jadvaldan ko’rish mumkin.
jadval

Yüklə 269 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin