Korparativ boshqaruv subyektlarida hususiy kapital auditi


Xususiy kapital tarkibi va strukturasining qiyoslama tahlili



Yüklə 269 Kb.
səhifə6/12
tarix16.06.2023
ölçüsü269 Kb.
#131622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ahmadjonov Doniyor Audit fanidan kurs ishi

Xususiy kapital tarkibi va strukturasining qiyoslama tahlili.







Xususiy
kapitalning
turlari

Yil boshida


Yil oxirida

O’zgarishi(Q, -)

Summasi,
ming so’m

Salmog’i
%

Summasi,
ming so’m

Salmog’i
%

Summasi,
ming so’m

Salmog’i


%

1

Ustav kapitali

1226

19,8

1310

12,4

Q84

-7,4

2

Qo’shilgan kapital

300

4,8

320

3,0

Q20

-1,8

3

Zaxira kapitali

180

2,9

188

1,8

Q8

-1,1

4

Taqsimlanmagan foyda

4500

72,5

8780

82,8

Q4280

Q10,3

JAMI:

6206

100

10598

100

Q4392

-

48-jadvaldan ko’rinib turibdiki, joriy yilda korxonaning xususiy kapitali hajmi yil oxirida yil boshiga nisbatan 4392 ming so’mga yoki 70,8% ga oshgan. Ushbu o’sish xususiy kapitalning to’rt turi bo’yicha bo’lgan ijobiy o’zgarish hisobiga sodir bo’lgan, ya’ni ustav kapitalining 84 ming so’mga, qo’shilgan kapitalning 20 ming so’mga, zaxira kapitalning 8 ming so’mga va taqsimlanmagan foydaning 4280 ming so’mga oshishi natijasida sodir bo’lgan.


Xususiy kapital strukturasi o’rganilganda Ustav, qo’shilgan va zaxira kapitallarining yil oxiridagi hajmi yil boshiga nisbatan oshgan bo’lsa ham, ularning xususiy kapitalning jami hajmiga nisbatan hisoblangan hissasining kamayganligi ma’lum bo’ldi, ya’ni Ustav kapitalining hissasi 7,4 foizga, qo’shilgan kapitalniki 1,8 foizga, zaxira kapitaliniki esa 1,1 foizga kamaygan.
Ushbu kamayish korxonaning moliyaviy barqarorligiga, moliyaviy mustaqilligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ushbu kapitallar salmog’ini kamaytirmaslik choralarini ko’rish zarur. Buning uchun ularning hajmi bo’yicha o’zgarishini kirim va chiqim moddalari ta’siri ostida o’rganish zarur. Bunday tahlil esa ularning salmog’ini ham oshirish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlab beradi.
Xususiy kapital hajmining oshishi asosan taqsimlanmagan foyda hisobiga sodir bo’lgan.
Xususiy kapital holatini joriy yilda (davrda) tahlil qilish bilan bir qatorda dinamikasini ham o’rganish katta axamiyatga egadir. Dinamikasini tahlil qilish uchun xususiy kapitalning jami va turlari bo’yicha o’rtacha yillik qiymati va hissasini (salmog’ini) hisoblab olish zarur. Shundan keyin hisobot yilidagi xususiy kapitalning o’rtacha yillik hajmi va salmog’ini bazis yilidagi ularning o’rtacha yillik hajmi va salmog’iga solishtirib o’zgarishi aniqlanadi. So’ngra omillar ta’siri tahlili qilinadi. Xususiy kapital hajmining o’zgarishiga omillar ta’sirini «Balansli bog’lanish» usulidan foydalanib, aniqlash zarur.
Xususiy kapital tarkibiga kiruvchi kapitallar hajmining o’zgarishi xususiy kapital hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi birlamchi omillar bo’lib hisoblanadi.
Demak, xususiy kapital hajmining o’zgarishiga quyidagi 4 ta omil bevosita ta’sir qiladi:
1. Ustav kapitali hajmining o’zgarishi: (UK1-UK0);
2. Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi: (QK1-QK0);
3. Zaxira kapital hajmining o’zgarishi: (ZK1-ZK0);
4. Taqsimlanmagan foyda (yoki qoplanmagan zarar)ning o’zgarishi: (TF1-TF0).
Bu omillarning ta’sirini quyidagi formuladan foydalanib aniqlash mumkin:
XKo’q(UK1-UK0) (QK1-QK0) (ZK1-ZK0) (TF1-TF0)

Ushbu omillarning ta’siri aniqlangandan keyin har birining ta’siriga ijobiy yoki salbiy baho beriladi va xulosa qilinadi. Shundan keyin har bir omilning o’ziga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini o’rganish zarur.


Ushbu omillarning ta’siri aniqlanib, har birining ta’siriga baho beriladi va xulosa qilinadi. Shundan keyin har bir omilli ko’rsatkichning o’ziga (har bir kapital hajmining o’zgarishiga) ta’sir qiluvchi omillar (kirimi va chiqimi turlarining) ta’sirini o’rganish zarur.
Boshqacha aytganda xususiy kapital hajmining o’zgarishiga ikkilamchi omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish zarur. Agar shunday tahlil amalga oshirilsa har bir kapital turining kirimi va chiqimi hisobiga xususiy kapital hajmining aniq o’zgarish sabablari aniqlanadi va uni oshirish imkoniyatlari topiladi.



Yüklə 269 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin