Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə43/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Korporativ boshqaruv

Tayanch iboralar:
korporativ nizolar, aksiyadorlik mulki, risk, korporativ menejment, majoritar aksiyador, minoritar aksiyador, insayder, autsayder, nodo ‘stona qo'shilish, reestr, agressor, korporativ munosabatlar.
Nazorat savollari

  1. Korporativ nizo tushunchasini tushuntirib bering.

  2. Korporativ nizolar sabablari va qatnashchilari nimalardan iborat?

  3. Koiporativ nizolarning vujudga kelish sabablarini ayting.

  4. Menejment va aksiyadorlar nizosini tushuntirib bering.

  5. Korporativ nizo turlarini sanang.

  6. Korporatsiya tomonidan aksiyadorlar huquqlarining buzilishiga olib keladigan asosiy sabablami sanab о‘ling.

  7. Hamkorlikda bo'lmagan qo'shilishiardan himoya qilish usullarini ayting.

  8. Korporativ nizolami tartibga solish usullarini ayting.

  9. Aksiyadorlar huquqini himoya qilish tizimidagi qarama-qarshi yondashuvlarni ayting.


  1. bob. KORXONALARNI RESTRUKTURIZATSIYALASH


  1. Korxonalami restrukturizatsiyalashning mohiyati

Respublikamizda bu borada 2002-yildan beri olib borilayotgan amaliy ishlarda hamda xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda restrukturizatsiyalash jarayonlari mohiyatini ko'rib chiqaylik. 2002- yildan boshlab respublikamizda 2500 dan ortiq iqtisodiy nochor va past rentabelli yirik sanoat korxonalarida moliyaviy sog'lomlashtirish va restrakturizatsiya ishlari olib borilgan. Ushbu amaliyotdan foydalan- gan holda moliyaviy sog'lomlashtirish va restrukturizatsiyalash jarayo- nini inqirozga qarshi boshqaruv uslubi sifatida ko'rib chiqishimiz mumkin.
Korxonani restrukturizatsiyalash — bu tabiiy jarayon bo'lib, korxo­naning yangi sharoitga moslashishga va moliyaviy-iqtisodiy sog'lom- lashtirishga yo'naltirilgan chora tadbirlar majmuasidir. Bu jarayon korxona menejerlari, mulk egalari yoki kreditorlar tomonidan, kor­xonani yangilash va sog'lomlashtirish maqsadida, korxonaning kelajakda o'mini belgilovchi maqsadlaridan kelib chiqib olib boriladi.
Keyingi vaqtlarda «isloh qilish» va «restrukturizatsiya qilish» tushun- chalari keng qo'Ilanilib, bu tushunchalar tez-tez bir-biriga qo'shilib, bir tomonlama tushuntirilmoqda. Ko'pgina rasmiy hujjatlarda korxo­nani restrukturizatsiya qilishga yo'naltirilgan korxona faoliyati tamoyii- larining o'zgarishi isloh qilish kabi tushuniladi, lekin korxonaning namunaviy isloh etish dasturida restrukturizatsiya qilish yo'li orqali isloh qilishdan ko'zlangan maqsadga erishiladi deyilgan.
Rasmiy izohlarga tayanib ko'pgina mualliflar restrukturizatsiya qilish korxonani isloh qilish vositasi hisoblanadi yoki «isloh qilish» va «restrukturizatsiya qilish» tushunchalarini yonma-yon qo'yib, isloh qilishni korxonani qayta tashkil qilish strategiyasiga kiritishadi va restrukturizatsiya qilish esa korxona tuzulmasini va ular tomonidan yaratiladigan mahsulotni o'zgarishini ifodalaydi deb xulosa chi- qarishadi.
Albatta, monografiya muallifining fikriga qo'shilmaslik qiyin, lekin katta ishonch bilan aytish mumkinki, restrukturizatsiya — bu korxo-




naning moliyaviy-xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirish vositalaridan biri bo‘lib, umumiy isloh qilish dasturining bir qismi hisoblanadi.
M.V. Odintsov va A.V. Ejkin korxonani isloh qilish tushunchasining zamonaviy nazariyasi hamda amaliyotini restrukturizatsiya qilish, mulk- chilik shakli o'zgarishi (aksionerlar tarkibini o‘zgarishi, qo‘shma kor­xona, moliya — sanoat guruhlari, xoldinglar tashkil qilish) ishiab chiqarish va mahsulot yetkazib berishdagi turli o‘zgarishlarni o‘zida mujasammlashtirgan ko'pgina xo‘jalik faoliyati yo‘nalishlari va uni qayta tashkil qilishni qamrab oladi deb yozishgan. Ushbu holatda isloh qilish tushunchasi to‘liq va keng hisoblanadi, lekin mazkur maqola muallifining fikricha, restrukturizatsiya qilish va mulkchilik shakli o‘zga- rishini ajratish maqsadga muvofiq emas, chunki restrukturizatsiya o‘tkazish, odatda, aksiyadorlar tarkibida o‘zgarishlar, aksiyadorlik ka- pitalini xususiy kapitalga o‘zgarishi yoki aksincha aralash mulkchilik shaklidagi tuzilma yaratilishi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuning uchun, mulkchilik shakli o'zgarishi bu korxonani isloh qilishning mus­taqil jarayoni bo‘lmay, balki restrukturizatsiya qilish natijasi hisob­lanadi.
Restrukturizatsiya qilish korxona faoliyati, boshqaruvi, moliya tuzilmasini tubdan o‘zgartirishga yo‘naltirilgan jarayonni o‘zida aks ettiradi. Bunda ishiab chiqarishning barcha omillarini samarali ishlashini ta’minlaydigan korxonani tuzilmaviy qayta tashkil qilish biznes — birlik kompleksini, ya’ni kompleksning alohida boshqariladigan bo‘limini tashkil qilishga mo'ljallangan. Shunday qilib, hamma qayta tashkil etish ham restrukturizatsiya bo‘lavermas ekan, korxona faoliya­tini tubdan o‘zgartiradigan holatlarni restrukturizatsiya qilishga kiritish mumkin.
Restrukturizatsiya tadbirlariga ajratib chiqarish, bo'linish, qo‘shib yuborish, sho‘ba korxonalarini tashkil etish, mas’ul markazlar, bosh­qaruv sistemasini qayta tashkil qilish, nazorat olib borish, mulkchilik shaklini o‘zgartirish kiradi.
Restrukturizatsiya qilish keraksiz va zarar keltirayotgan faoliyat turlarini tugatish hisobiga xarajatlami kamaytirish va boshqaruv, umu- man barcha xodimlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan, ammo bu hisob tizimi va faoliyatni samarali baholashning aniq mezonlarini joriy etishni talab qiladi. Restrukturizatsiya qilish keng qamrovli va o‘zaro bog'liq tadbirlar yig‘indisini, tashkiliy tuzilmasini qayta tashkil etishdan tortib, zamonaviy boshqaruv elementlari qo‘shilgan biznes jarayonlami o‘zida mujassamlashtiradi.




Umuman shuni ta’kidlash kerakki, restrukturizatsiya korxonaning o‘zining maqsadi emas, balki ko‘pgina korxonalar uchun moliyaviy tanglik holatidan chiqib ketishning yo'li hisoblanadi. Korxonada og'ir moliyaviy tanglik holati, bankrotlik alomatlarining yuzaga kelish xavfi yoki korxona mulki va obro'sidan ayrilishi, asosiy ishlab chiqarishning past rentabelligi, investitsiya jalb etish imkoniyatining yo'qligi restruk­turizatsiya qilishni talab etadi.
Yuqorida aytib o'tilgan holatlaming mavjudligi bir qator sabab bilan izohlanadi.
Korxonani tang holatga olib kelgan ichki sabablar:
~ boshqaruvning samarasizligi;

  • kapitalizatsiyaning yetishmasligi;

  • qarzning ko*pligi;

  • mahsulotning yangi turlarining yetishmasligi;

  • malakali mutaxassislami saqlab qolishga rag‘batlantirishning pastligi;

  • rejalashtirishdagi kamchiliklar;

~ boshqaruv axborot tizimidagi kamchiliklar;

  • asosiy bozorga kira olmaslik;

  • o'z vaqtida qilinadigan ichki hisobotning yo‘qligi va boshqalar.

Korxonalaming yomonlashishiga quyidagilar tashqi sabab bo'Iishi mumkin:

  • makroiqtisodiy va siyosiy risklar;

  • tarmoqlar sharoiti;

  • qonunchilikni takomillashtirilmasligi;

  • yuqori malakali mutaxassislaming yetishmasligi;

  • yuqori raqobatchilik muhitining ayniqsa, chet el ishlab chiqaruv- chilarining mavjudligi;

  • ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar bozorining qisqarishi;

  • tabiiy ofatlar va boshqalar.

Aytib o'tilgan kamchiliklami bartaraf etish uchun korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ichki va tashqi tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. Umuman, yaxshilash deganda biznesning qiymatini maksimallashtirishga ko'maklashuvchi tadbirlar majmuasi tushunilib, ichki yaxshilashga mahsulotni ishlab chiqarish va uni yetkazib berish jarayoni boshqarilishini takomillashtirish, asosiy va aylanma mablag'larga qo'yilmalar qilish, tashqi yaxshilashga korxonaning moliyaviy barqarorligi va investitsion jozibadorligini oshirish kiradi.




Наг qanday yaxshilash operatsion, investitsion yoki moliyaviy 1 strategiya doirasida olib boriladi. Ichki yaxshilash operatsion strategiya doirasida olib borilib, xarajatlar samaradorligini oshirish, ishlab chiqa- riladigan tovarlar turini ko’paytirish, narxlami shakllantirish, reklama qilish, mahsulotlami yetkazib berish va ularga keyingi ko’rsatiladigan. xizmatlar tizimini takomillashtirish kabi jarayonlar amalga oshiriladi.
Tashqi yaxshilash investitsion strategiya doirasida joriy etilib, kre-; ditorlik qarzlami boshqarish, kapital qo’yilmalami rejalashtirish, aktiv- lam i sotish va moliyaviy strategiya doirasida esa korxonaning moliyaviy*: manbalari tarkibini va ular bilan bog’liq risklami boshqarish hamda divident siyosatini takomillashtirish vositasida amalga oshiriladi.
Biznesni maksimal qiymatga erishish imkonini beruvchi strategiya amalda joriy etiladi.
Shunday qilib, restrukturizatsiya bu korxona faoliyatini tubdan o’zgartiradigan, ichki va tashqi yaxshilash orqali korxonaning o’z mablag’lari qiymatini oshirishdir.
Restrukturizatsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi maqsadlarga erishish lozim:
qarzdor bo’lmagan yangi xo’jalik subyektini tashkil etish;

  • raqobatbardoshlik sharti sifatida korxona o’z mablag’ qiymatini oshirgan bo’lishi lozim;

  • korxonaning to’lov qobiliyati, likvidligi, ish faolligi, moliyaviy barqarorli va rentabelligini oshirish orqali moliyaviy holati yaxshilangan bo’lishi kerak;

  • uzoq muddatli qarz majburiyatlari yoki bevosita investitsiya shaklidagi uzoq muddatli kapital qo’yilmalar jalb etilgan bo’lishi lozim;

  • xo’jalik subyektlari bilan kelishmovchiliklami hal etish.

Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifa- lami ham aniqlab olish lozim bo’ladi, jumladan:

  • qarz yuklatilmagan mustaqil yuridik shaxs tashkil qilish maqsadida mulkiy aktivlaming bir qismini ajratish;

  • korxonaning og’ir moliyaviy ahvoli sababli, moliyalash (kre- ditlash)ning eng maqbul yo’lini amalga oshirishni ta’minlash;

  • korxona mulkini saqlashga ketadigan va boshqa xarajatlarni qisqartirish;

  • soliq idoralari, elektr energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlar va shunga o’xshash boshqa kreditorlik qarzlarmi kamaytirish;

  • korxonaning to’lov qobiliyatini oshirish;

  • investitsion jozibadorlikni oshirish sharoitlarini yaratish;




  • korxona tarkibidagi umumiy ulushiga qarab har bir xo'jalik yurituvchi subyektga teng miqdorda aksiyalar paketini taqsimlash.

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, restrukturizatsiya islohotlar jarayonida muhim o‘rin egallab, ayrim hollarda korxonani isiohot qilishning yagona yo'li bo'lib hisoblanadi. I. Mazura va V. Shapirolaming hisob kitoblariga qaraganda Rossiya korxonalari restrukturizatsiyasiga qo'yil- gan har bir rubl 5—6 rubl daromad berishi mumkin ekan. Taqqoslash uchun ular olimlarning xorij amaliyotini o'rganish davomida olgan xulosalarini keltiradilar, ya’ni iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rest­rukturizatsiya qilish bir xodimga to'g'ri keladigan samaradorligi dara- jasini 15—20%ga oshishiga va loyihani amalga oshirishning investitsion davrini 13-15%ga qisqartirar ekan. Shuning uchun, restrukturi- zatsiyaning mulchilik tarkibini eng maqbul darajada shakllantirish va keyinchalik ishlab chiqarishni investitsion rivojlantirish korxonanani isloh qilishning asosiy davri sifatida qarash kerak.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, korxonada yangi tuzilmani yaratishning moliyaviy-iqtisodiy asosnomasi, ishlab chiqarish va inves­titsion dastur potensial investorlar mavjud bo'lganda, ko'chmas mulk va boshqa turdagi mulklarga bo'lgan huquqlar o'matilgan tartibda rasmiylashtirilgan, jamiyatning asosiy aksionerlari tomonidan qayta tashkil etishning tanlangan yo'li qo'llab-quwatlangandagina, korxo­nani restrukturizatsiya qilish ijobiy natija berishi mumkin. Korxona faoliyati samaradorligining muhim ko'rsatkichi bo'lib, o'z kapitali qiymatining o'sishi qaraladi. Umuman qiymat korxona faoliyati nati- jasining eng zo'r o'lchovidir, boshqa birorta ham ko'rsatkich qiymat kabi to'liq va keng qamrovli emas. Ushbu ko'rsatkich foyda va kapital rentabelligidan farqli ravishda kelajakda biznesning rivojlanishini baholashga yo'naltirilgan.
Lekin, oxirgi ko'rsatkichning qisqa muddatli bo'lishiga qaramay, o'z mablag'lari (investitsiya qilinganjning rentabelligi har doim uning bahosidan oshishiga ishonamiz. Kapital rentabelligi va kompaniya foydasini o'zining rivojlanishiga yo'naltirgan qismi erkin pul oqimini shakllantirishga xizmat qiladi va uning miqdori esa korxona qiymatiga ta’sir etadi.
Muvaffaqiyatli restrukturizatsiyaning ikki sharti mavjud:

  • o'z mablag'lari qiymatining o'sib borishi;

  • o'z mablag'lari rentabelligi darajasi uning qiymatidan oshishi.

Shunday qilib, restrukturizatsiya qilishning asoslangan variantini tanlash uchun mulkdor awalambor, qo'yilma qilinayotgan obyektning




haqiqiy qiymatiga nisbatan biznesning investitsion qiymatini oshirishga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir.
Restrukturizatsiya qilish strategiyasida eng kam kapital qo'yilma qilish va tashqi moliya manbalariga bog‘liq variantlardan tortib, ishiab; chiqarish, qaytadan to‘liq jihozlashni ko‘zda tutuvchi investitsion loyihagacha bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar hisobga olingan bo‘lishi kerak. Mamlakatimizda restrukturizatsiya qilish jarayoni ko‘proq tanglik holatlarida boshlanadi, shu sababli ko‘pgina korxonalar oldida turgan birinchi vazifa kreditorlaming talablarini qondirishlari kerakligini esdan chiqarmaslik kerak.
Bu vazifani hal etish biznes qiymatini maksimallashtirish tamoyili bilan mos tushmaydi, shuning uchun bu strategiya kc/proq kapital qo‘yilma qilish va tashqi moliyaviy manbalami jalb etishda yuqori risk qilish bilan bog‘liq. Bunday holatlarda korxona faqat ichki yaxshi- lash bilan cheklanadi, agar tashqi yaxshilash o‘tkazilmoqchi bo‘Isa, o‘z mablag‘lari qiymati nol yoki nolga yaqin bo'lgan holda unga riskning eng kam darajasi bilan amalga oshiriladi. Shunga o‘xshash restrukturizatsiya qilish strategiyasidan ko‘pincha tashqi boshqaruv bo‘lganda foydalaniladi, bunda asosiy maqsad faqatgina kreditorlaming talablarini qondirishdan iborat.
Lekin mamlakatimizdagi biznesni rivojlantirish, uning investitsion jozibadorligini oshirish uchun nafaqat kreditorlar, balki korxona mulkdorlarini ham manfaatlarining qondirilishi kafolatlanishi lozim. Biznes egalari birinchilardan bo‘lib, korxonada tanglik holati boshla- nayotganini sezadilar va korxona kapitaliga investitsiya qilingan mablag'larini yo‘qotish xavfi tughladi. Investitsiya samaradorligini bilishning eng keng tarqalgan yo‘llaridan biri, risk darajasi o'xshash bo'lgan boshqa biznesga qilingan qo'yilmalar bilan solishtirishdir. Shunday qilib, o‘z biznesidan zarami ko‘rayotganligini bilish uchun, kompaniya o‘z mablag‘larini joriy qiymati bilan shu mablag‘lami risk darajasi o‘xshash bo‘lgan boshqa biznesga qo'yilmalar qilinganda, ularni shakllangan joriy qiymati bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Agar o‘z kapitalining joriy qiymati boshqa qilishi mumkin bo‘lgan qo'yilma qiymatidan past bo‘lsa, mulkdor haqiqatan ham zarar ko‘rayotgan, yoki aksincha o‘z kapitalining joriy qiymati boshqa qilishi mumkin bo‘lgan qo‘yilma qiymatidan yuqori bo‘lsa, ushbu biznes egasi foyda ko'rmoqda degan xulosaga kelish mumkin.
Umuman har qanday aksiya sotib olayotgan investoming daromadi ikki tashkil etuvchiga bo‘linadi: aksiya kurs qiymatining o’sishidan




olinadigan va dividenddan ko'riladigan daromad. Shuning uchun korxonaga qilingan kapital qo'yilmaning samadorligini baholash uchun aksioner (mulkdor)ning ikkita daromad tashkil etuvchisi bilan boshqa turdagi biznesga qilishi mumkin bo'lgan qo'yilma taqqoslanishi lozim.
Umuman restrukturizatsiya qilish murakkab masala bo'lib, korxo­naning o‘z kuchi bilan bunga erishib bo'lmasligi sababli, ko'pincha bir guruh tashqi maslahatchilar yordamida korxonaning barcha sa’y- harakatlarini raqobatchilaridan ustun bo'lgan sohaga e’tibomi qaratgan holda amalga oshiriladi.
Bunda restrukturizatsiya qilish konsepsiyasi yuqori kasbiy malaka va moddiy, mehnat hamda moliyaviy resurslami qattiq nazorat qilishni talab etishini esdan chiqarmaslik zarur.
Restrukturizatsiya qilish jarayonini boshlamasdan oldin qanday natija olinishi, kompaniya faoliyatida qanday tub o'zgarishlar yuz berishi haqida aniq reja va to'liq tasawur bo'lishi lozim, bunda vaqtin- chalik tanglik holatlarini hal etish uchun qilingan ishlar kompaniyaning uzoq muddatga mo'ljallangan faoliyat strategiyasini barbod qilmasdan, balki uni qo'llab-quwatlash uchun xizmat qilishi kerak.
Reja ishlab chiqilayotganda restrukturizatsiyaga tayyorlanish va uni o'tkazish bosqichlari ketma-ketligi o'matilgan bo'lishi lozim, bunda har bir bosqich nazorat qilishning samarali mexanizmi (ishlash rejasi, olingan natijalar haqidagi hisobot, rahbarlaming majburiyatlari va manfaatlari) yordamida amalga oshiriladi.
O'zbekiston korxonalarida restrukturizatsiya qilish davri va bosqich­lari haqida hech qanday adabiyotlarda aytib o'tilmagan. Lekin restrukturizatsiya qilish jarayonini o'tkazish uchun bitta asosiy maqsad mavjud bo'lib, u quyidagilardan iborat:

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin