O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qolga kiritgach, iqtisodiy o‘sishnmg yuqori sur’atlarini hamda jamiyatning barqarar rivojlanishini ta’minlay oladigan ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini shakllan- tirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.
O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarini isloh qilish tajribasi shuni tasdiq- lamoqdaki, ma’muriy-rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga uyg‘un olishning muhim vositasi xususiylashtirish va aksio- nerlashtirish boTib, bu haqiqiy mulkdorlar sinflning shakllanishiga hamda xususiylashtirilgan mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishga ko'maklashadi.
O‘zbekiston korxonalarida korporativ menejmentni shakllantirish uchun shart-sharoitlar 1997—1998-yillarda boshlandi va muayyan ras- miy-tashkiliy asoslar mustaqillikning ilk yillaridayoq sobiq davlat korxo- nalarining o‘zgartirilishi davomida yuzaga keldi.
Koiporativ boshqaruvning kelib chiqishi va rivojlanishini bir nechta bosqichga bolish mumkin:
XVII asrda Ost — Ind (East India Company) kompaniyasi 24 a’zodan iborat bolgan direktorlar kengashini tashkil qildi. Birinchi marta mulkchilik va boshqaruv vazifalari bo lib olindi;
1776-yili Adam Smit o‘zining «Xalqlarning boyligining sabablari va tabiatlari haqidagi tadqiqotlari» asarida takidlaydiki: «Tashlab qo‘yil- gan mulklar boshqaruv uchun muammolami keltirib chiqaradi», ya’ni boshqaruv va menejerlarni nazorat qilish uchun salbiy mexanizm hisob- lanadi;
1844-yilda birinchi marta aksionerlik jamiyatlari haqida qonun qabul qilindi. Qonunchilikka mulkchilikning yangi javobgarligi shak- lidagi majburiyatlari joriy etildi;
1931-yilda A. Berli va G. Minzlar «Zamonaviy korporatsiya va xususiy mulkdor» nomli maqolasini nashrdan chiqardi (AQSH). Unda
birinchi marta mulkchilik vazifalarining nazorat vazifalaridan tocla to‘kis farqi ajratib berildi;
1933— 1934-yillarda AQSHda qimmatbaho qog‘ozlar haqida qonun qabul qilindi, 1933-yilda qabul qilingan ushbu qonun fond bozorini tartibga soldi. Ushbu bosqichda «Qimmatbaho qog‘ozlar va biqalar to‘g‘risida»gi (1934-y) aktga asosan axborotlarning ochiq be- rilish imkoni mavjud bo‘ldi va ushbu yili qonunlami bir tartibda nazorat qiladigan, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini va biqalar faoliyati bo‘yicha komissiya tuzildi;
1968-yilda Yevropa ittifoqi «Kompaniyalar to‘g‘risida» qonun qabul qildi;
1990-yillarning boshida tadbirkorlik imperiyasi inqirozga uchradi. Buyuk Britaniyada kelishmovchiliklar yuzaga keldi: bir qator kompaniyalar (Polly Peck, BCCI, Maxwell), aksiyadorlarni aldash bilan shug‘ullanganliklari korporativ boshqaruvning ama- liyotda investorlarni himoyalashni takomillashtirish kerakligini ko‘- rsatdi;
1992-yil Kedberi qo‘mitasi birinchi marta korporativ boshqaruvning moliyaviy jihatlari bo‘yicha kodeksni nashr etdi (Buyuk Britaniya). 1993-yildan boshlab Buyuk Britaniya fond biqasidagi listingga kirgan kompaniyalar kodeks qanday bajarilayotganligi haqida hisobot bera boshladi;
1992—2003-yillarda korporativ boshqaruv bo'yicha qator ma’ru- zalar qabul qilindi, shundan asosiylari:
Angliyada Rutmanning moliyaviy hisobot va ichki nazorat haqi- dagi ma’ruzasi;
Korporatsiyalar ishtirokchilarining har tomonlama hisobi haqidagi Kinganing ma’ruzasi;
Angliyalik Grinberinmg yuqori mansab shaxslarini rag'batlantirish to‘g‘risidagi ma’ruzasi;
Angliyalik Xempelaning korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi ma’ruzasi;
Fransiyalik Venoning koiporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari haqidagi ma’ruzasi;
Niderlandiyalik Pitersning korporativ boshqaruvning umum qabul qilingan andozalariga rioya qilmaslik va javobgarlik haqidagi ma’ruzasi;
AQSHda Sarbeyns — Okslining moliyaviy ekspertlaming auditi bo'yicha qo‘mita tarkibini aniqlash bo‘yicha qonuni;
Angliyalik Xiggsning ish faoliyatini bajara olmayotgan direktorlar haqidagi ma’ruzasi.
O‘zbeki£tonda ham mahalliy korporativ boshqaruvni shakllan- tirishning bir nechta bosqichlari mavjud:
1980— 1985-yillargacha mavjud bo‘lgan administrativ-buyruq- bozlik usullari, ya’ni davlatning markazlashgan tarzda iqtisodiyotni boshqarish! makroiqtisodiy holatining rivojlanishiga to'siq bo‘ldi.
1987—1991-yillari markazlashgan monopollashgan iqtisodiyot tugatildi va korporativ boshqaruvga asos solindi. Korxonalarni boshqarish ishchilaming qatnashuvi orqali mehnat jamoasining maslahati orqali amalga oshirish yo'lga qo‘yildi. O‘zbekistonda banklaming moliyaviy kapitallari va iqtisodiyotning sug'urta sektori rivojlanishiga yo‘l ochildi,
1991—1994-yilarda xususiylashtirish jarayoni boshlanib, bir- lamchi mulkni taqsimlash amalga oshirildi. Birinchi hissadorlik ja- miyatlari shakllandi, lekin hissadorlarning huquqlari aniq ko'rsatib berilmadi.
4 1994—1998-yiHardagi korxonalarni xususiylashtirish davri. Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risida qonun, qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi, Fuqarolik kodeksi, xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasi shakllandi, birlamchi investitsion fondlar, depo- zitarilar, registratorlar, auditorlik, konsalting firmalari shakllanishi bilan bir qatorda yirik xorijiy kompaniyalar, ularning filiallari, vakolatxo- nalari, qo'shma korxonalar tashkil etila boshlandi.
1998—2001-yillarda defolt, moliyaviy resurslarning yctishmasligi, kapitalning 0‘zbekistondan chiqib ketishi, korporativ qimmatli qog'oz- lar bozorining rivojlanmaganligi kabi holatlar yuzasidan kelajakdagi mulklami va kapitallarning taqsimlanishi jarayoni asosida ко'rib chiqila boshlandi. Bularning barchasi hissadorlarning o‘z huquqini anglab yetishi asosida amalga oshirildi. Aniq korporatsiyalar misolida korporativ boshqaruv amalga oshirilib, ularning hammasi davlatning bazaviy hujjatlari asosida, ya’ni korporativ kodeks, hissadorlik to‘g‘- risidagi, qimmatli qog'ozlar to‘g‘risidagi qonunlar bo'yicha, shuningdek, jahon amaliyotida sinalgan me’yor va usullarning aprobatsiyasidan keyin keng qo‘llanila boshlandi.
2002-yildan hozirgi vaqtgacha korporativ tartib to‘g‘risidagi kodeksi, korporativ boshqaruv bo'yicha milliy kengash, ushbu kodeks- larning yirik korporatsiya va kompaniyalar tomonidan joriy etilishi ta’minlanmoqda. Korporativ kodeks aksiyadorlikjamiyatlarining ichki
hujijatlarini yuritish tartiblarini belgilab berish bilan bir qatorda aksioner jamiyatlarida boshqarish organlarining ham vakolatlariga aniqlik kiritib beradi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida korporativ boshqaruv usullarining institutsional qaror topishi jarayoni quyidagi omillar bilan izohlanadi:
davlatning korxonalarni xususiylashtirish va ulaming moliyaviy ahvolini mustahkamlashga qaratilgan choralari;
davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish shak- lida davlat tasarrufidan chiqarish jarayoni, emissiya koMamlarini kengaytirish va ularning aksiyalarini muomalaga chiqarish;
korxonalar aksiyadorlari huquqlarini davlat va uning vakolatli idoralari tomonidan himoya qilinishining mustahkam qonunchilik hamda institutsional bazasini yaratish.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejment
Korporatsiya (lotincha corporatio — birlashish) — bu umumiy maq- sadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil subyektini — huquqiy shaxsni tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar birlashmasidir1.
Korporatsiyalar — mulkchilikning hissadorlik shaklining zamonaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Unda bir necha mulkdorlarning manfaatlari birlashadi, yagona maqsad doirasida investorlar kapitallari birlashtiriladi1 2.
Manilakat qonunchiligida «korporatsiya» tushunchasi yuridik jihat- dan mustahkamlab qo‘yilmaganligi sababli bu tushunchani talqin qilishda ikki xil ma’no kuzatiladi. Ayrim belgilar bo‘yicha korporatsiyalar qatoriga tijorat tashkilotlari hisoblangan va a’zolikka asoslangan barcha xo‘jalik subyektlari, boshqa belgilar bo‘yicha esa faqat aksiyadorlik jamiyatlari kiritiladi.
Biroq mamlakat iqtisodiy-huquqiy tizimida mohiyatiga ko‘ra kichikroq shartli liklar bilan aynan aksiyadorlik jamiyatlari jahon xo‘jalik va huquqiy amaliyotida umum qabul qilingan korporatsiya tushunchasi bilan tenglashtiriladi.
1 Иванова E. А., Шишикина Л. В. Корпоративное управление. Ростов н/Д.: «Феникс», 2007.
2 Курбонов ХА. Корпоративные финансы — Т.: «Консаудитинформ». 2007 г.
Aytib o‘tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o‘ziga xos jihatni kasb etmoqda. U bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo‘jalik subyektini belgilash uchun foyda- lanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan bog’liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ко “rib chiqish mumkin. Shunday qilib, O‘zbekistonda korporatsiya mustaqil aksiya- dorlik jamiyati bo‘lishi mumkin.
Xojalik faoliyatini korporativ tashkil qilishning keng imkoniyatlari ularning afzalliklaridan foydalanishga asoslanib, korporatsiyalar yaratish variantlaridan foydalangan holda firmalararo munosabatlarni model- lashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib kohsatiladi:
Aksiyalar chiqarish orqali pul mablag‘lari jalb qilish qobiliyati cheklanmagan sonli investorlaming mablag‘larini jamlash imkonini va bu investorlarga jamiyatni boshqarishda ishtirok etishda malum bir tanlov huquqini beradi.
Boshqariluvchanlik muammosining hal etilishi yengillashadi. Tashkiliy rasmiylashtirishning tugallanganligi, vakolatlar va javob- garliklarni aniqlashda reglamentga rioya qilish nazorat funksiyalarini aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari ohtasida taqsimlash imkonini beradi, bu esa boshqaruv jarayonini professionallash imkoniyatini anglatadi.
Aksiyadorlar tarkibiga kirish va chiqishning soddalashtirilgan tarkibi manfaatdor shaxslarning o'rnini almashtirish uchun keng imkoniyatlar va mos ravishda, investitsiya taklifi dinamikasi yuqori bo‘lgan sharoitlarda yuqori moslashuvchanlikni ta’minlaydi.
Cheklangan javobgarlik tamoyili risklarni kamaytirishga imkon beradi. Cheklangan javobgarlik tamoyilining qo'llanilishi risklarni aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasida taqsimlash orqali yirik korporatsiyalar yaratish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Korporativ boshqaruv — bu biznesning tashkiliy-huquqiy rasmiy- lashtirilishini, tashkiliy strukturalarning optimallashuvini boshqarish, qabul qilingan maqsadlarga muvofiq kompaniyada ichki va tashqi firma munosabatlarini tashkil qilishdir.
Korporativ boshqaruvni uning xususiyatlari boshqaruv obyekti sifatida korporatsiyaning o‘ziga xosliklari bilan izohlanadigan alohida bir turga ajratib, aksiyadorlar manfaatlarining ustuvorligi hamda ularning korporatsiyani rivojlantirish va boshqarishdagi roliga asoslan-
gan, aksiyadorlaming o‘zaro aloqa qilishini ko‘zda tutadigan (korporativ kommunikatsiyalar) mulkchilik huquqining amalga oshirilishini hisobga oladigan, butun korporatsiyani rivojlantirish strategiyasiga asoslangan va nihoyat, korporativ madaniyatni, ya’ni xulq-atvor ta- moyillari, umumiy an’analar kompleksini vujudga keltiradigan boshqaruv sifatida tavsiflash mumkin.
«Korporativ boshqaruv» tushunchasi uchun yagona ta’rif mavjud emas. Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra korporativ boshqaruv deganda qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning mos ravishdagi amaliyo- tining shunday birikmasi tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi va oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilingan holda o‘z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko'paytirish orqali o‘zining mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv tamoyillarida «korporativ boshqaruv» tushunchasiga kompaniya ma’muriyati, uning boshqaruvi, aksiyadorlari va boshqa manfaatdor shaxslari orasidagi munosabatlar majmuasi deb ta’rif berilgan.
Boshqa ta’riflarga binoan, korporativ boshqaruv bu:
kompaniya faoliyati samaradorligini ta’minlash va mulkdorlar hamda boshqa manfaatdor shaxslar (kompaniya xodimlari, kreditorlar, hamkor korxonalar) manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha kompaniya menejerlari va egalari (aksiyadorlari) o'rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi;
korporativ mulkning egalari nazoratidan bevosita uzoqlashtirilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan barcha qonunlar, me’yorlar, nizomlar, tadbirlar va tartiblar;
kompaniyani samarali boshqarishni tashkil qilishda asosiy manfaatdor shaxslaming manfaatlarini birlashtirishni amalga oshiriluvchi tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy tadbirlar majmuasi.
Korporatsiyalar aktivlarni joylashtirish siyosatini o'ziga qamrab oladi. Odatda, har qanday xocjalik subyektlari ma’lum biznes turlari bo‘yicha mablag^arini asosiy va aylanma aktivlarga investitsiya qiladi. Hozirgi kunda deyarli barcha kichik va yirik biznes korporatsiya shaklida tashkil qilingan.
Misol uchun: British Airways, Nokia, Microsoft, Nestle, Sony, Unilever, Volkswagen va boshqalar.
Korporatsiyalar 3 asosiy farqli jihatlarga ega bo‘ladi:
Korporatsiyalar o‘zlarining egalaridan yuridik jihatidan mustaqil- dir va soliqlarni toMaydi,
Korporatsiyalar mas’uliyati cheklangan, qaysiki, aksionerlar kom- paniya qarzlari uchun javobgar bo‘la olmaydi.
Har doim ham korporatsiya egalari menejer bo‘la olmaydi, bu egalik qilishning boshqarish bilan cheklanishiga olib keladi.
Korporativ boshqaruv asosiy tip bo‘lib ajralib turadi, boshqarish obyekti sifatida u o‘z xususiyatlariga ega hisoblanib, boshqaruv aksiyadorlarning foydasini ko‘zlagan holda amalga oshiriladi va korporatsiyalarning rivojlanishini ta’miniash, aksiyadorlarning hu- quqlarini hisobga olish, korporatsiya strategiyasiga asoslangan holda aksiyadorlarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi.
Bunday boshqaruv natijasida korporativ madaniyati vujudga keladi va tartib qoidalarning tamoyillari, urf-odatlari va ularni olib borish tartiblar kompleksi shakllanadi.
Korporativ muhitni shakllantirish jarayonida har xil shakllardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va turli xil shaxslar jalb qilinadi (1-rasm).
Korporatsiya rahbariyati qarorlar qabul qilish jarayonida jamiyatni tashkil etuvchi turli xil xo'jalik yurituvchi subyekt laming manfaatlarini hisobga olishi lozim.