Korporativ boshoaruv


Nizom kapitali va boshqaruv organlari nuqtayi nazaridan tashkiliy-huquqiy shakllar tavsifi



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə5/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Korporativ boshqaruv

1-Jadval

Nizom kapitali va boshqaruv organlari nuqtayi nazaridan tashkiliy-huquqiy shakllar tavsifi

Xo'jalik o’rtoqchiliklari

Xo'jalikjamiyatlari

Aksiyadorlik jamiyatlari

Ishlab chiqarish shirkatlari

Nizom kapitali

Тепла (ca’sischilar ulushiga taqsimlangan)

T erma(ta’sischilar ulushiga taqsimlangan)

Aksiyadorlik kapitali (aksiyalar belgilangan soniga taqsimlangan)

Pay kapitali (birlashtirilgan mulkiy pay badallaridan iborat)

Boshqaruv organlari

Boshqaruv organlari yo‘q

Qatnashchilarning umumiy yig‘ ilishi — oliy rahbar organ; ijroiya organi (Boshqarma) yakka holda ham, jamoaviy ham bo'lishi mumkin (yakka holdagisi qatnashchilar orasidan bo'lmasligi mumkin)

Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi — oliy rahbar organ; ijroiya organi yakka holda ham, jamoaviy ham bo‘lishi mumkin; umumiy rahbarlik amalga oshiruvchi strategik organ — direktorlar Kengashi

A’zolar umumiy yig'ilishi — oliy rahbar organ; ijroiya organi (Boshqarma); shirkat qatnashchilari soni 50 dan oshganda Kuzatuv kengashi— umumiy rahbarlik amalga oshiruvchi strategik organ tashkil etilishi mumkin


Ushbu tizimdagi oqimlar quyidagi tarzda taqsimlanadi:

  • aksiyadorlardan bosh direktorga va menejmentga kapital kelib tushadi, bosh direktor va menejer aksiyadorlarga «shaffof» moliyaviy hisobot taqdim etish majburiyatini oladi;

  • aksiyadorlardan direktorlar Kengashi faoliyatini nazorat qilish kelib chiqadi, direktorlar Kengashi esa aksiyadorlarga axborot va individual hisobot taqdim etadi;




• bosh direktor va menejment direktorlar Kengashiga strategiyani amalga oshirishning borishi haqida axborot va tezkor ma’lumotlar taqdim etadi, o‘z navbatida u kompaniya va bosh direktor faoliyatini nazorat qilib boradi.

  1. Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va
    usuHarmi joriy etishning xususiyatlari


Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Adolatlilik — boshqaruv qoidalari adolatli bo'lib, halol raqobat- chilik sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha qatnashchilar, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim.
Ravshanlilik — kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlar, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalari o‘z vaqtida va aniq oshkora qilinishini kerak.
Hissadorlik — barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vako- latlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi.
Javobgarlik — aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyat hamda kompaniya faoliyatiga bog'liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
Respublika aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruv usul- larini joriy etishning eng muhim xususiyatlariga quyidagilarni kiritish lozim:

  1. korxonalar nisbatan «yosh»ligi va bosqichma-bosqich rivojla- nishi, mustaqillik yillarida ularning deyarli qaytadan shakllanishi;

  2. respublika moliya bozorining ko'pgina tarmoqlarini islohotlar o'sishining past sur’atlari, bularga ma’lum darajada korxonalarda korporativ menejmentni amalga oshirish ko‘lamlari va sifati bilan bog'liq;

  3. korxonalarning qayta tashkil etilishi jarayonlarini faollashtirish va korxonalarda mavjud korporativ madaniyat darajasini oshirishga qaratilgan yuqori rivojlangan infratuzilmasining yetarlicha mavjud emasligi;




  1. xcrijalik yurituvchi subyektlar talablarini yetarlicha o‘rganmaslik va zamonaviy marketing yutuqlaridan yetarli darajada foydalanmaslik oqibatida;

  2. aksariyat korxonalar boshqaruv ijroiya organlarining nofaolligi emasligi, ularning biznesga investitsiyalarni jalb qilish uchun transpa- rantlikning ahamiyatiga yetarlicha baho bermasligi tufayli ushbu kor­xonalar faoliyatining past darajadaligi;

  3. boshqaruv ijroiya organlariga moliyaviy oqimlarni boshqarishni va dividend siyosati taqdirini butunlay topshirib qo‘ygan aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlar tomonidan ulaming ishini yetarlicha nazorat qilinmasligi;

  4. korxonalar tomonidan korporativ boshqaravga oid ilg‘or xorijiy tajribaning sust o‘rganilishi va o‘z ishi amaliyotiga past sur’atlarda joriy etilishidan iborat.

Korxonalarda korporativ boshqaruv usullari qaror topishining ko‘r- satib o‘tilgan xususiyatlari, birtomondan: O‘zbekiston Respublikasida o'tish davrining asosiy yukini «o‘ziga olgan»ligi alohida roli bilan belgilanadi, bu yuk milliy iqtisodiyotni qayta qurishning kardinal tuzil- masiga hamda ijtimoiy ishiab chiqarishni tashkil qilishda an’anaviy yondashuvlaming o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Boshqa tomondan, koiporativ boshqaruv usullarini joriy etishning past sur’atlari va bunga bog‘liq kamchiliklami aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini boshqaradigan me’yoriy-huquqiy bazaning mukammal emasligi, 0‘zbekiston Respublikasida aksionerlashtirish jarayonining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, korxona boshqaruvi oliy organlari va aksiyadorlaming amaliyotda korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilishdagi sustkashligi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining rahbariyati va me- nejerlari tomonidan biznesni korporativ boshqarish bo'yicha ilg‘or xorijiy tajribani yetarli darajada o‘rganilmaganligi, shuningdek, mazkur muammo nazorati hamda korxona faoliyatini boshqarish organlari tomonidan kompleks yondashuvning yo'qligi kooperatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir ko'rsatdi.
Mazkur nazorat va boshqaruv organlari aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish jarayonlarini realizatsiya qilishning o‘ziga xos tomonlarini yetarlicha hisobga olmaydi.
0‘zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar uchun o‘zini-o‘zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bo'libgina qolmasdan, balki xo‘jalik yuritishning bunday shakli mulk-




chilikning boshqa shakllariga (davlatga tegishli, qo'shma, xususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol ko‘rsatuvchi namuna vazifasini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi shakllarda tijorat tashkilotlarini tashkil qilish imkoniyatini nazarda tutadi:

  • ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyat va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat;

  • to‘liq shirkat va kommandit shirkat;

  • ishlab chiqarish kooperativi;

  • xususiy korxona;

  • unitar korxona.

Aksiyadorlik jamiyati (korporatsiya) investorlar (aksiyadorlar) kapitalini birlashtirish yocli bilan tashkil qilinadigan hamda o‘z aksiyadorlari foydasi manfaati yo‘lida tadbirkorlik faoliyatini amal­ga oshiradigan tijorat tashkilotining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradi.
Jamiyatning ajralib turuvchi xususiyatlari — egalik qilish va bosh­qaruv funks iyalarining ajratilishi:

  • o‘z mulkini joriy boshqarishda shaxsan qatnashishdan ixtiyoriy voz kechgan mulkdor (aksiyador);

  • jamiyat mulkiga egalik qilmaydigan va begona mulkni boshqa- radigan menejerlar;

  • mulkdor (aksiyador) jamiyat mulkining etnas, balki o‘z hissa- sining (aksiya, ulush) egasidir. Kompaniya mulkining egasi — huquqiy shaxs bo'lgan kompaniyaning o'zidir.

Tomonlar manfaatlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi va sezilarli da- rajada farqlanishi mumkin. Qanday qilib, qaysi usullar yordamida meneje darning hokimiyatini cheklash va aksiyadorlarning manfaatini himoya qilish mumkin?
Shu bilan birga, menejerlarni bo‘g‘ib tashlamaslik, ularning tashqi sharoit o'zgarishlariga befarq bo‘Imasliglga qanday qilib erishish mumkin?
Aynari shu masalalar faqat korporativ boshqaruv tomonidan hal qilinishi mumkindir.
Boshqa shakldagi tijorat tashkilotlariga nisbatan ochiq aksiyadorlik jamiyatining afzalliklari:

  • soni minglab shaxslargacha chiqishi mumkin boMgan qatnash- chilarning son tarkibiga hech qanday cheklanishlarning yo‘qligi;





2-jadval



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin