Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə9/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76
Korporativ boshqaruv

Muloqotlar nazariyasi. Ushbu nazariyada asosiy e’tibor korpo- ratsiyaning ichki strukturasiga qaratilib; uni tuzishning shartnoma asosi




kozda tutiladi. Korporatsiya xodimlar, boshqamvchilar va mulk egalari o'rtasida munosabatlar yig‘indisini ifodalaydi. Qoidaga ko’ra, bu munosabatlar rasmiy shartnomalar bilan ifodalanadi. Biroq, bu mu­nosabatlar rasmiy shartnomalar bilan tartibga solinmagan taqdirda ham ta’minotchilar va iste’molchilar bilan ma’lum bir o‘zaro aloqalar, xodimlar va boshqamvchilar o‘rtasida subordinatsiya tizimi bo'ladi — bu norasmiy shartnomalar tizimidir. Lekin shunga qaramay ular ma’lum muddat davomida yetarli darajada barqaror bodadi va ulaming buzilishi boshqa qatnashchilarga nisbatan jarima choralariga olib keladi.
Nazariya doirasida shartnomalaming uch turi ajratib ko‘rsatiladi:

  • klassik shartnoma, bunda tomonlar todiq mustaqillikni saqlab qoladi va beqarorligi bilan ajralib turadi. Klassik shartnoma qat’iy va yuridik jihatdan sodda, shartnoma matnida qayd etilmagan hech qanday og‘zaki kelishuvlar tan olinmaydi;

  • neoklassik shartnoma, bunda o‘rta muddatli va uzoq muddatli asosda tomonlaming o‘zaro bogdiqligi yuqori darajasiga erishiladi. Jiddiy yuridik hujjatdan ko‘ra ko‘proq kelajakda ro‘y berishi mumkin bodgan barcha vaziyatlami ko'zda tutadigan hamkorlik tamoyillari haqidagi shartnomani eslatib yuboradi. Bunda og'zaki kelishuvlar yozma kelishuvlar bilan bir qatorda hisobga olinadi;

  • implistit yoki munosabatlar shartnomasi — uzoq muddatli o‘zaro manfaatli shartnoma, bunda bitim ishtirokchilarining o‘zaro bogdiqlik darajasi maksimal bodishi ta’minlanadi va norasmiy shartlar rasmiy shartlardan ustunlik qiladi. Uchinchi tur bo‘yicha kontrakatsiya yirik biznes sohasida tobora ommalashib bormoqda.

Korporatsiyalar rivojlanishining keyingi bosqichi XX asming 80- 90 yillariga to‘g‘ri kelib, korporatsiyani organizm sifatida inkor qilish bilan tavsiflanadi va unga boshqacha talablar qo‘yadi. Awalo, dav- latning xo‘jalik hayotini tartibga solish ta’sirining kuchayishi korpo­ratsiyalar faoliyatiga muhit yondashuvini rivojlantirish zaruratini to‘g'ri anglashga olib keldi. Har bir korporatsiya o‘zicha alohida bo dib emas, balki boshqa bozor institutlari bilan aloqada faoliyat yuritadi. Tashkilot sifatida korporatsiya konsepsiyasi uzil-kesil tasdiqlanadi, Ikkinchidan, korporatsiyani boshqarish vazifalari murakkabalashdi: aksiyadorlaming ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali ekanligi talab qilinadi, bu korporativ boshqaruv tamoyillari va korporativ madaniyatni shakllan- tirish zaruratini anglashga olib keladi. Bu bosqichga quyidagi nazariya xarakterli.





Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin