To‘ninehi tamoyil — oddiy aksiyalar «bitta aksiya — bitta ovoz» qoidasi bo'yicha ovoz beradi. Ushbu tamoyilga 0‘zbekiston Respub- dikasida rioya qilinadi. Aksiyadorlar qabul qilishi lozim bo‘lgan muhim qarorlar doim ham aynan aksiyadorlarni olgan aksiyalari darajasida qabul qilinmaydi.
Beshinchi tamoyil — direktorlar Kengashini kompaniya aksiyadorlari saylaydi. Kengash ulaming oldida hisobot beradi, shuningdek, mustaqil direktorlar kengashiga kompaniya menejerlari hisoblanmagan shaxslami qamrab oladi.
Oltinchi tamoyil — korporatsiyada rag‘batlantirish tizimi (ish haqi, mukofotlar, optsionlar va hokazo) aksiyadorlar manfaatlariga javob berishi lozim. Bu kompaniya xodimlari yoki uning aksiyadorlari ekan- ligini yoki kompaniyada aksiyalarni bonus sifatida olishini anglatadi. Agar menejer unga kompaniyaning ahvoliga bogdiq bodadigan qarorlar
qabul qilsa, uning ish haqi korxonaning kapitallashuv darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq boUishi lozim.
Yettinchi tamoyil — korporatsiyalar qaysi mamlakatda faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning qonunlariga amal qilishlari shart.
Sakkizinchi tamoyil — hukumatlar va korporatsiyalar doimiy mu- loqotda bo‘ladi.
Korporativ boshqaruv tamoyillari bir tomondan qonun hisoblansa, boshqa tomonidan doimiy tuzatish kiritish jarayonini birgalikda amalga oshirishi lozim.
Korporativ boshqaruv xalqaro tamoyillari quyidagicha ifodalanadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) korporativ amaliyoti hamda oqilona ishbilarmonlik me’yorlari. Bu hujjat 1997-yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan «Kupere end Laybrand» kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyalarga nufuzli kreditorlar va investorlar tomonidan investitsiya qarorlari qabul qilishda qaysi jihatlar ko‘proq hisobga olinishini yaxshi tushunish maqsadida tayyorlangan. YETTB korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik me’yorlariga muvofiq kompaniyalarga manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosa- batlarda quyidagi tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi:
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar:
chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlaming yuqori sifatli hamda raqobatbardosh narxi;
tovar va xizmatlar haqida tegishli tarzda xabardor qilish;
munosabatlarda u‘zoq muddatli istiqboi.
Xodimlar bilan o‘zaro munosabatlar:
mehnat qonunchiligiga, jumladan, mehnatni himoya qilish va gigiyena me’yorlariga rioya qilish;
ishga qabul qilish, haq to‘lash, xizmat bo‘yicha harakatlanish va kamsitilmaslik bo‘yicha aniq tamoyillar mavjudligi;
xodimlarning kasaba uyushmalari faoliyatida qatnashish huquqini himoya qilish.
Ta’minotchilar bilan o‘zaro munosabatlar:
aniq va oshkora xarid tamoyillari;
hisob raqamlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lash;
poraxo‘rlikni ta’qib qilish;
manfaatli bitimlardan voz kechish.
4: Jamoatchilik bilan o‘zaro munosabatlar:
mahalliy aholining fikri va manfaatlarini hisobga olish;
atrof-muhitni asrash bo'yicha talablarga rioya qilish.
Davlat organlari va mahalliy hukumatlar bilan o‘zaro munosabatlar:
soliqlar to‘lash;
barcha majburiy me’yorlarga amal qilish;
barcha zarur ruxsatnoma va litsenziyalar olish;
manfaatdorlikning yo'qligi.
Kompaniyaning aksiyadorlar bilan o'zaro munosabatlari eng muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan oqilona ishbilarmonlik me’yor- larida quyidagi tavsiyalar mavjud:
kompaniyani boshqarish tarkibiga nisbatan;
kompaniya nizomida aksiyadorlar va boshqaruv organlarining vazifalari hamda majburiyatlarining aniq belgilab qo‘yilishi;
vakolatlaming ijroiya organi, direktorlar kengashi va umumiy yigrilish o‘rtasida aniq taqsimlanishi;
aksiyadorlar huquqlariga nisbatan;
aksiyalar yirik paketlarining real egalari va ovoz berish qoi- dalarini e’lon qilgan holda aksiyadorlar tarkibiga nisbatan osh- koralik;
aksiyalaming «maydalanib» yuborilishi yoki boshqa ycfqotishlardan himoya qilish uchun mayda aksiyadorlar huquqlarini hurmat qilish;
axborotni ochib berishga nisbatan;
aksiyadorlar bilan muntazam va ochiq aloqa. Auditor tomonidan tasdiqlangan hisobotlar, kompaniya faoliyati haqida ma’lumotlar hamda rahbariyat tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar bo‘yicha yillik hisobotga kiritilgan ishlab chiqarish — moliya faoliyati sharxi ko‘rinishidagi izohlar taqdim etish;
direktorlar Kengashiga nisbatan;
direktorlar Kengashida samarali ishlash uchun vaqt va bilim, shuningdek, zarur ma’lumotlarning mavjudligi. Mustaqil qo'mitalar tashkil qilish (taftish qo‘mitasi, mukofot qo'mitasi, ishga tayinlash qo'mitasi);
direktoriarning bitim tuzishdan manfaatdorligi haqidagi axborotni ochib berish (manfaatlar nizosi);
xarajatlar va qarama-qarshiliklar tizimiga nisbatan;
kompaniyaning strategik maqsadlari va siyosati haqida kompa- niyaga jiddiy ta’sir kohsatishi mumkin borigan hodisalar haqida axborot taqdim etish, boshqaruv organlarini barcha muhim jihatlari haqida tegishli tarzda xabardor qilish:
mos ravishda ichki nazorat, axborot almashinish va jamoa bo'lib qaror qabul qilish; manfaatlarto'qnashuvini aniqlash jarayoni mavjud- ligi; kompaniya faoliyatini rahbariyat tomonidan samarali nazorat qilish, jumladan, pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish;
direktorlar kengashiga hisobot beradigan malakali ichki taftish- chilar va nazoratchilar mavjudligi; mustaqil tashqi auditorlar mavjudligi.
Yevroaksiyadorlar korporativ boshqaruvi asosiy tamoyillari 1990- yil Yevropa aksiyadorlar (qisqacha nomi — Yevroaksiyadorlar) asso- stiatsiyalari Konfederatsiyasi tashkil qilingan bo‘lib, uning tarkibiga sakkizta milliy aksiyadorlar assotsiatsiyasi (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gollandiya, Daniya, Ispaniya, Fransiya va Shvetsiya) kirgan. Tashkilotning asosiy vazifasi — Yevropa ittifoqi alohida aksiya- doriarining manfaatlarini ifodalash, mayda aksiyadorlami himoya qilish, kapitallar bozori ochiqligini ta’minlash, Yevropa kompaniyalarida aksiyadorlik kapitali qiymatini oshirish, korporativ boshqaruv masala- larini qo‘llab-quwatlash hisoblanadi.
Yevropa ittifoqi hamkorligi tashkiloti (YelHT)ning beshta tamoyili asosida Yevroaksiyadorlar o‘z dasturlarini, Korporativ boshqaruv asosiy tamoyillarini ishiab chiqqan bo‘lib, unda kompaniya maqsadlari, ovoz berish huquqlari, qo'shib olishdan himoya qilish, axborot huquqi va direktorlar Kengashining roliga nisbatan qator tavsiyalar aks ettirilgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
kompaniya awalo uzoq muddatli istiqbolda aksiyadorlik kapitali qiymatini maksimallashga intilishi lozim. Kompaniyalar olz moliyaviy maqsadlari va strategiyasini yozma shaklda aniq ko‘rsatishi hamda buni yillik hisobotga kiritishi lozim;
kompaniya tabiati, hajmi, strukturasi va riskiga jiddiy ta’sir etuvchi asosiy qarorlar hamda kompaniya aksiyadori uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarorlar aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanishi yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishida qabul qilinishi lozim;
qo‘shib olishga qarshi himoya vositalari yoki aksiyadorlar ta’sirini cheklaydigan boshqa vositalardan qochish zarur;
qo‘shib olish va birlashtirish jarayonlarining tartibga solinishi, bu qoidalarga amal qilinishi nazorat ostida bo‘lishi lozim;
agar aksiyadorning mulk ulushi belgilangan miqdorga yetadigan bo‘Isa, bunday aksiyador qolgan aksiyalarni oqilona shartlarda, ya’ni kompaniya ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun to‘lov sifatida to‘lanadigan narxda sotib olishi kerak;
kompaniyalar aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo'lgan axborotni, shuningdek, 5% mulk chegirmasidan o‘tgan (kamaygan yoki ko'paygan) aksiyadorlar haqida axborotni darhol ma’lum qilishlari lozim. Bu talabga rioya qilinmagan hollarda jiddiy jarima choralari qo'llanadi;
auditorlar mustaqil bo'Iishi va aksiyadorlar umumiy yig'ilishida saylanishi lozim;
aksiyadorlar уig'ilish kun tartibiga masalalar kiritish imkoniyatiga ega bo'Iishi lozim;
axborot tarqatish oddiy kanallaridan tashqari, kompaniya ak- siyadorlarga aksiyalar qiymatiga ta’sir etishi mumkin bo'lgan axborotni yetkazish uchun elektron vositalardan foydalanishi lozim;
aksiyadorlar kengashning kamida bitta a’zosini saylash huquqiga, shuningdek, Kengash a’zosini bo'shatish masalasini ko'tarish imkoniyatiga ega bo'lishlari lozim. Saylangunga qadar aksiyadorlar Kengash tarkibiga saylash uchun nomzodlar taklif qilish imkoniyatiga ega;
Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida bir pog'onali tizimda ham, ikki pog'onali tizimda ham noijrochi direktorlarning Kengash tarkibidagi a’zoligi 12 yilgacha bo'lgan muddat bilan cheklanishi lozim;
Kengash tarkibida Kengash sobiq ijrochi a’zolari qatoridan bo'lgan bittadan ortiq noijrochi a’zo bo'Iishi mumkin emas.
Kaliforniya pensiya fondining korporativ boshqaruv bo'yicha global tamoyillari (CalPRES). Aksiyadorlik harakatining rivojlanishida institutsional investorlar, masalan, AQShda eng yirik va faol nafaqa fondlaridan biri bo'lgan CalPRES (California Public Employees' Retirement System) muhim rol o'ynaydi. Bu fond 80-yillarning bosh- larida tashkil etilgan bo'lib, amerika moliya bozorida harakat qilishdan tashqari xorijiy kompaniyalarga investitsiyalar kiritadi.
1996-yil CalPRES e’lon qilgan Korporativ boshqaruv global tamoyillari (matnda keyinchalik — CalPRES tamoyillari) quyidagilardan iborat:
Hisobot berish:
direktorlar Kengashi yoki Kuzatuv kengashi aksiyadorlar oldida hisobot berishi lozim;
direktorlar Kengashi menejmentni nazorat qilish imkoniyatiga, investorlar esa direktorlar Kengashini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari lozim;
menejmentni mukofotlash kompaniya faoliyatining uzoq muddatli natijalari bilan bog'liq bo'lishi lozim.
Shaffoflik:
global raqobatli bozorlar kompaniyalar taqdim etayotgan axbo- rotning ishonchliligi va shaftbfligiga bog‘liq bo‘ladi;
kompaniyalar buxgalteriya hisobi xalqaro andozalarini tan olishlari lozim;
kompaniyalar aksiyadorlar oldida eng yaxshi amaliyot kompaniya kodeksiga amal qilish haqida hisobot berishlari lozim.
Adolatlilik:
kompaniyalar minoritar aksiyadorlami hurmat qilishi lozim. Ular barcha aksiyadorlarga nisbatan adolatli munosabatni ta’minlashlari lozim;
bitta aksiya uning egasiga umumiy yig'ilishda bitta ovoz huquqini berishi kerak.
Ovoz berish usullari:
ishonch qog'ozlari aniq, qisqa bo‘lishi va aksiyadorlarga mos keluvchi axborot taqdim etishi lozim;
aksiyadorlaming shaxsan yoki ishonch qog‘ozi asosida berilgan barcha ovozlari rasman hisoblab chiqilishi va e’lon qilinishi lozim;
ishonch qog‘ozi asosida ovoz berish jarayonini soddalashtirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish lozim.
Eng yaxshi amaliyot kodekslari:
barcha bozorlar kompaniya menejmenti va direktorlari ularga amal qilishi mumkin bo‘lgan mos keluvchi eng yaxshi amaliyot ko- dekslarini ishlab chiqishi lozim;
kompaniyalar eng yaxshi amaliyot kodekslarida bayon qilingan tamoyillarga amal qilishlari lozim;
bozor qatnashchilari vaqti-vaqti bilan eng yaxshi amaliyot ko- dekslarini qayta ko‘rib chiqishlari lozim.
0‘zbckiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2003 yildagi PF- 3202-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha 19.04.2003 yildagi 189-sonli Qaroriga binoan:
— ayrim me’yorlar o‘z kuchini yo‘qotdi: davlat aksiya paketi bosh- qaruvchisi ovoz bergandagina Kuzatuv kengashi qarori qabul qilishi, davlat ishonchli vakili umumiy yig‘ilish qarorining bajarilishini to‘x- tatishi mumkinligi, davlat aksiya paketlari xo‘jalik birlashmalariga boshqarish huquqi bilan berilishi;
— Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasiga a’zolik bilan aksiyadorlik jamiyatda yollanma mehnat bilan bog'liq faoliyatni qc/shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ko‘proq tanlov asosida direktorni (Boshqaruv hay’ati raisini) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanish tartibi o‘rnatildi, yollash shartnomasi bir yil muddatga har yili umumiy yig‘ilish tasdig‘i bilan tuziladi, ayrim hollarda esa uning muddatini uzaytirish yoki to‘xtatish haqidagi qaror Kuzatuv kengash tomonidan qabul qilinadi;
biznes-rejaning bajarilishi haqida Ijroiya organi har chorakda Kuzatuv kengashining oldida hisobot berish tartibi qabul qilinadi. Qo‘pol chetlashishlarda yoki mazkur rejaning bajarilishi xavf ostida qolganda Kuzatuv kengashi zudlik bilan yollash shartnomasini mud- datidan ilgari to'xtatish huquqiga ega;
ijro etuvchi direktorlar va Kuzatuv kengashlarining moddiy rag‘batlantirilishi aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samarasiga bevosita bog‘Liqligi belgilangan;
~ korxona faoliyatiga xo‘jalik birlashmalarining asossiz aralashu- vining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlami ishiab chiqish va amalga oshirish, korxonalarni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanishining bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini keng kodamda tatbiq qilish ma- salalari qo‘yilgan;
davlat aksiya paketlari (ulushi)ni professional boshqaruvchi kom- paniyalarga bosqichma-bosqich ishonchli boshqaruvga berish nazarda tutilgan;
davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni boshqarish bo‘yicha xara- jatlar davlat aksiya paketlariga hisoblangan dividendlar hisobiga, ular yetmaganda davlat mulkini xususiylashtirilishidan tushgan umumiy mablag‘ hisobiga amalga oshirilishi belgilangan.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Republikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora- tadbirlarto‘g‘risida» PQ-335~son 26.04.2006 yildagi Qaroriga binoan:
xususiylashtirish va koiporativ sektorda davlat aktivlarini boshqarish usullari tubdan qayta ko‘rib chiqildi;
yillik biznes-rejalarni tasdiqlash va amalga oshirishda ijro intizomining oshirilishi hamda biznes-rejalaming bajarilishi ustidan korporativ nazoratning ta’minlanishi bo'yicha kuzatuv kengashiari, davlat ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilaming mas’uliyatini kuchaytirish zaruriyati belgilandi;
kuzatuv kengashlarining hisobot berish mas’uliyatini kuchaytirish va xo'jalik jamiyatlaridagi koiporativ boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini ishiab chiqish lozimligi belgilandi;
Davlat mulki qo‘mitasi organiari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususiylashtirish jarayonlarini chuquriashtirish, korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishni ta’minlashga doir tadbirlar tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog'ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-475- son 27.09.2006 yildagi Qarorida 2006—2007-yillarda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan bo'lib, unda:
korxonalarni to'liq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil qilish hisobiga qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish;
qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini jadal rivojlantirish va ko'lamini kengaytirish;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomil- lashtirish;
fond bozori zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
qimmatli qog‘ozlar bozori uchun kadrlarni tayyorlash va ma- lakasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan.
0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ustav fon- dida davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarni samarali bosh- qarishni va davlat mulki hisobi lozim darajada yuritilishini ta’minlash bo'yicha chora-tadbirlar haqida» 215-son 16,10.2006 yildagi Qarori aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni mustahkamlash ishida navbatdagi qadam bo'Iib, unda asosiy e’tibor korporativ nazorat tizimiga qaratilgan va quyidagi hujjatlar qabul qilingan:
Davlat korxonalari haqida nizom;
ichki audit xizmati haqida nizom;
Davlat aksiya paketlari (ulushi)ni ishonchli boshqaruvga berish tartibi haqida nizom.
Korporativ boshqaruvning modellari
Korporativ boshqaruvning modellarining quyidagi shakllari mavjud:
unitar (investor) modeli — AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya;
ikki pog'onali (manfaatdor shaxslar) modeli — Germaniya;
kontinental model;
tarmoq modeli — Yaponiya (keyretsu), Koreya (chaebol).