boMib, bu esa fond bozorini aksiyadorlar tomonidan menejerlar faoliyatini nazorat qilishning juda samarali va oson amalga oshirishga imkon beruvchi quroli qilib qo‘yadi.
Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari 3-jadvalda ko‘rib o‘tiladi.
Korporativ boshqaruvning nemis modeli.Nemis modelining AQSh modelidan farqli ollaroq, aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko'pini bir-birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o‘z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalaming taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko‘rinishiga ega bo'lib, bu sertifikatlar ulaming egalari topshi- rig'iga ko‘ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germa- niya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig‘i) tashkilot— investorlar tomonidan boshqariladi. (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham).
Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qo‘lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo‘ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlaming har biri ham samarali boMishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga monand bo‘lsa.
Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O‘zbckiston uchun o‘ziga xos yechimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlati- layotgan modellaming shunchaki nusxasi bodmasligi kerak. Boshqa- ruvga nozik yondashuvni qo*llab-quvvatlash kerak bo‘lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo‘ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o‘zgartirib boriladi (6-7-rasmlar). Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil