kompaniyaning barcha a’zolari va xodimlari uchun tushunarli bo'lishi;
me’yorlarning betartib to‘plamini tashkil qilmasdan, balki ma’lum bir tuzilmaga ega bo‘lishi;
barcha zarur rekvizitlarga ega bo‘lishi.
Korporativ boshqaruvning global andozalari:
moliyaviy hisobotning xalqaro andozalari (XX asr 90-yillarining ikkinchi yarmi);
— Jahon Bankining korporativ boshqaruvning holatini yaxshilash global dasturi turli mamlakatlarda korporativ boshqaruv va kompaniyalar faoliyati haqidagi axborotlarni oshkora qilish milliy tizimlarini sezilarli darajada yaxshilashga qaratilgandir (1998);
— Birlashgan millatlar tashkilotining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Kengashi tomonidan 1999-yil may oyida qabul qilingan Korporativ boshqaruv tamoyillari.
Korporativ boshqaruv kodeksi — ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki me’yorlar yig'indisi bo‘lib, korporativ munosabatlarning tartibini o'rnatadi va tartibga soladi. Kodeks korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim elementlariga taalluqli bo'lgan asosiy me’yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitent- larning Kodeks qoidalariga rioya qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb qilishga intilishidir (12-rasm).
Korporativ boshqaruvning andozalari:
Kedberi kodeksi, 1991-yilda Buyuk Britaniyada Adrian Kedberi rahbarligidagi Qo'mita tomonidan tayyorlangan. Qo'mita Moliyaviy axborotlar kengashi, London fond birjasi va hisobxona xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tuzilgan;
2000-yilning yanvarida Germaniya korporativ boshqaruv bo'yicha guruh tomonidan eng ilg‘or amaliyotdagi nemis korporativ boshqaruv kodeksi yaratilgan;
— Fransiya xususiy korxonalar uyushmasi milliy kengashi va Fransiya korxonalari harakati tomonidan tashkil etilgan guruh, M.Veno raislik qilgan Korporativ boshqaruv bo'yicha qo'mitaning tavsiyalari (1995- va 1999-У-);
— Gretsiya korporativ boshqaruv tamoyillari 1999-yilda Moliyaviy bozorlar bo'yicha qo'mita tomonidan tayyorlangan;
«Jeneral Motors» Direktorlar Kengashi tomonidan 1994-yilda tayyorlangan «AQSHda korporativ boshqaruvning asosiy yo'nalishlari va muammolari» tezislari;
~ Dunyoda eng yirik nafaqa fondi va yetakchi institutsional investorlard an biri bo'lgan «Istefoga chiqqan fuqarolik xizmatchilar Kaliforniya nafaqa fondi» tomonidan 1998-yilda ishlab chiqilgan «AQShda korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va yb'na- lishlari»;
— Braziliya korporativ boshqaruv instituti tomonidan 1999-yilda tayyorlagan «Lozim darajadagi amaliyot kodeksi»;
12-rasm. Korporativ tartibga solish.
Hindiston sanoat konfederatsiyasi tomonidan 1998-yilda taqdim qilingan «Tavsiya qilinuvchi korporativ boshqaruv kodeksi»;
Malayziya Oliy moliya qo‘mitasi tomonidan 1999-yilda taqdim etilgan «Korporativ boshqaruv kodeksi»;
Gonkong fond birjasi tomonidan 1989-yilda (keyinchalik to‘ldirilgan) taqdim etilgan «Eng afzal amaliyot kodeksi va umumja- moa kompaniyalarning direktorlari uchun tavsiyalari»;
— Meksika tadbirkorlik muvofiqlashtirish kengashining Korporativ boshqaruv bo‘yicha qo‘mitasi 1999-yilda taqdim qilgan «Eng afzal amaliyot kodeksi»;
— Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Tadbirkorlik palatasi va Yoxannesburg fond birjasi qo‘llab-quwatlashida JAR Direktorlar instituti tomonidan 1994-yilda taqdim etilgan «Korporativ amaliyot va munosabatlar kodeksi».
Korporativ boshqaruv (xulq) kodeksi quyidagilarga talab qo‘yishi kerak:
emitent ustav hujjatlariga;
emitent dividend siyosatiga;
~ emitent aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishini chaqirish va o‘tkazish tartibiga;
kuzatuv kengashi a’zolariga taqdirlashni belgilash tartibiga;
mustaqil auditor faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibiga;
insayderlik axborotlari ishlatilgan bitimlar va shuningdek man- faatdorlik mavjud bo‘lgan bitimlarning amalga oshirilishi ustidan ichki nazorat qilish tartibiga;
emitentning qayta tashkil qilinishi va tugatilishi bilan bog‘liq qarorlarning qabul qilinishi va muvofiq axborotlarni berish tartib- lariga;
qimmatli qogfozlarni emissiya qilish va korporativ harakatlarni amalga oshirish (aktivlarni katta hajmda sotib olish va sotish, kompaniyalarning birlashishi, qo'shib olinishi) bo‘yicha qarorlarning qabul qilinish tartibiga;
emitentning davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish organlari bilan o'zaro munosabatda boTish tamoyillariga.
Yuqoridagi koiporativ boshqaruv institutlari tomonidan korporativ munosabatlar ko‘rib o4ilganidan so‘ng korporativ boshqaruvni amalga oshirish uchun takliflar tizimi ishiab chiqildi. Buni 6-jadvaldan ko‘rish mumkin: