Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə24/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Korporativ boshqaruv

Nazorat savollari

  1. Korporativ boshqaruvining institutsional asoslarini ay ting.

  2. Korporativ huquq tushunchasi nima?

  3. Korporativ huquqning belgilarini aytib bering.

  4. Korporativ me’yoriy hujjatlarni tartibga solish nima?

  5. Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo'yicha takliflarni ayting.

  6. Korporativ boshqaruvning andozalarini ayting.

  7. Korporativ boshqaruv kodeksiga qo'yiladigan talablami aytib bering.


VII bob. KORPORATIV BOSHQARUV


ORGANLARI



    1. Korporativ boshqaruv organlarining mohiyati
      va zarurligi


0‘zbekiston Respublikasida 1996-yil 26-apreldagi N 223-1 sonli «Aksiyadorlikjamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» qonunida ko‘rsatilganidek, aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv organlariga quyidagilar kiradi:
- Aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi;
~ Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);
— Ijroiya organi.
Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir. Jamiyat har yili aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi (aksiya- dorlarning umumiy hisobot yig‘ilishi)ni o'tkazishi shart.
Aksiyadorlaming umumiy hisobot yigrilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o'tkaziladi. Aksiyadorlaming umumiy hisobot yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi (taftish- chisi)ni saylash to‘g‘risidagi, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organining a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risidagi, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilish u/g'risidagi masalalar, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘la- nadigan haq miqdori chegarasini belgilash masalalari hal etiladi, shuningdek, ushbu Qonun 65-moddasining birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisiga muvofiq jamiyatning yillik hisoboti va boshqa hujjatlar qarab chiqiladi. Aksiyadorlaming yillik umumiy yig‘ilishidan tashqari o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilishlari navbatdan tashqari yig‘ilish hisob- lanadi.
Aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi o4kaziladigan sana va uni o‘tkazish tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlaming umumiy yigrilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan material (axborot)lar ro'yxatini jamiyatning kuzatuv kengashi belgilaydi.




Umumiy yig'ilishga tayyorgarlik ko'rishda va uni o'tkazishda ko‘p uchraydigan xatolar:

  • amaliyotda umumiy yig'ilishning o'tkazilishi haqidagi xabami aksiyadorlarga yetkazish bo'yicha minimal talablarga rioya qiiinmaydi;

  • umumiy yig'ilishni chaqirishda tartibot muddatlari buzilmoqda. Masalan, me’yoriy talablami buzmasdan yillik umumiy yig'i 1 ishni 10- martgacha o'tkazish juda qiyin;

  • umumiy yig'ilishni chaqirishda aksiyadorlarga tanishish uchun beriladigan axborot( material) ro'yxatining to'liq bo'lmasligi;

  • umumiy yig' ilish kun tartibidagi masalalaming noaniq ifodalanishi va bir masala doirasida turli yo'nalishdagi muammolar bo'yicha ovozga qo'yish hamda kun tartibiga «har xil masalalar» kiritilishi.

Aksiyadorlik jamiyatlari umumiy yig'ilishini chaqirishdagi, tayyor­garlik ko'rishdagi, o'tkazishdagi, ovozlarni hisoblashdagi xato va qonun buzilishlar jamiyatda korporativ boshqaruvning samaradorligini pasay- tiradi, chunki:
— Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organiari ustidan aksiyador­larning nazorati susayadi;

  • ijroiya organi samaradorligi pasayadi, uning aksiyadorlar manfaat- lariga zid harakat qilishining ehtimolligi oshadi;

— Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasining faoliyati «xo'ja ko'rsin»ga olib boriladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalami hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo'lgan aksiyadorlar soni o'ttiz kishidan kam bo'lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumty yig'ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish masalasini hal etishga vakolati bo'lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o'z aksini topishi kerak.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolariga ular o'z vazifalarini bajarib turgan davrda, badal to'lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifasini bajarish bilan bog'liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va to'lov- laming miqdori aksiyadorlar umumiy yig'ilishi qarori bilan belgilab qo'yiladi.
Kuzatuv kengashi faoliyatini samarali tashkil qilish. Kuzatuv kenga­shining missiyasi quyidagicha:




  • har bir jamiyatda kengash maqsadi, vazifasi, vakolati vajavob- garligi ta’riflangan hamda o‘ziga quyidagi asosiy qoidalarni olgan hujjatning bo‘Iishi tavsiya qilinadi;

  • kengashning o‘zak g‘oyasi — jamiyat va uning faoliyati bilan ishbilarmonlik va boshqa o‘zaro munosabatlardan holi, mulk egalari (aksiyadorlar) va boshqa manfaatdor shaxslar nomidan nazorat ishlarini olib boruvchi shaxslar guruhining shakllanishidir;

  • kengashning missiyasi aksiyadorlar qo'ygan ulush qiymatining maksimal o‘stirilishidir. Kengash faoliyati asosida aksiyadorlar maq­sadlari va manfaatlari yotishi zarur.

Kuzatuv kengashining vakolatlari quyidagicha tartibda amalga oshiriladi:
L Umumiy yig‘ilish yoki Ijro etuvchi organga hal qilish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan va faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan masalalar, jamiyat Ustavida faqat Kuzatuv kengashi vako­latiga kiruvchi masalalar deb belgilanishi kerak;

  1. Kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan masala Umumiy yig‘ilish mutlaq vakolatiga tegishli bo‘Isa, Ustavda ushbu masalani faqat Kuzatuv kengashi vakolatiga taalluqli qilib belgilash mumkin;

  2. Umumiy yig‘ilishning umumiy vakolatiga qarashli masalalar, Jamiyat Ustavida Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuv kengashi yoki Ijro etuvchi organ vakolatiga doir qilib belgilanishi mumkin;

  3. Taftish komissiyasi tomonidan jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish haqidagi qaror qabul qilish to‘g‘risidagi masala, Ustavda ham Umumiy yig‘ilish, ham Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi vakolatiga kiritilishi kerak;

  4. Umumiy yig‘ilish kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tashabbus- lar bilan bog‘liq masalalar.

Kuzatuv kengashi vakolatlaridan samarali foydalanish uchun quyi- dagilarga amal qilish lozim:

  1. Umumiy yig‘ilish va Kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini kuzatib borish;

  2. Kuzatuv kengashiga aksiyadorlaming murojaatlari bo‘yicha mu- vofiq aksincha aloqani ta’minlash;

  3. Biznes — rejani tuzish va amalga oshirishda Kuzatuv kengashi va Ijroiya organining solidar (birgalikda) javobgarligi;

  4. Aksiyadorlaming dividendlar bo‘yicha «umidlarini» va ishiab chiqarishning qayta investitsiya qilinishiga ehtiyojlarini hisobga oladigan moftadil dividend siyosati;




  1. AJ asosiy faoliyatiga man sub bo‘lmagan, mulklarni sotib olish va begonalashtirish, bitimlar hamda zaxira va boshqa fondlarni ishla- tilish ustidan Kuzatuv kengashining nazorati;

  2. Ijroiya organi bilan yollash bo‘yicha mehnat shartnomasi doi- rasida qat’iy o‘zaro munosabatlarni yuritish.

Kuzatuv kengashining roli va vazifalarini quyidagilarda ko'rish mumkin:
Kengashning vazifasiga aksiyadorlar nomidan Jamiyat faoliyatiga rahbarlik qilish va uning oliy menejerlari (Boshqaruv, Bosh direktor) faoliyatini nazorat qilish kiradi.
Kengash faoliyatining asosiy jabhalari:

  • aksiyadorlik jamiyatlari strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • risklarni boshqarish tizimining yaratilishini ta’minlash;

  • jamiyatning joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati;

  • aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi (oliy menejerlar)ning ishlashini kuzatish;

— Kengash va uning alohida a’zolarining ishini yo‘lga qo‘yish;

  • kompaniya faoliyati haqida axborotni tayyorlash va oshkor qilish;

  • inqirozning oldini olishga qaratilgan boshqaruv;

  • nomzodlarni ko‘rsatish;

  • nomzod ko‘rsatishda cheklanishlar;

  • nomzod ko‘rsatish muddatlari;

  • son tarkibi;

  • nomzodlar bo‘yicha talabnomalarni berish tartibi va shakli;

  • talabnomalarni ko‘rib chiqish tartibi.

Kuzatuv kengash a’zoligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • qonunchilikda o‘rnatilgan cheklanishlar;

  • alohida aksiyadorlik jamiyatlarida Kuzatuv kengashiga saylana- digan shaxslarga maxsus talablar.

Kuzatuv kengashi a’zosi uchun zarur bo'lgan fazilatlarga quyi- dagilar kiradi:

  • korporativ huquqda savodli bo‘lish;

  • tarmoqqa doir bilimlarga va zarur kasbiy malakaga ega bo‘lish;

  • halol va o‘z mas’uliyatini his qiladigan shaxs sifatida tanilgan;

~ yetarli vaqt ajrata oladigan;
— Kengashning boshqa a’zolari, kompaniya menejerlari va aksiyadorlari bilan samarali hamkorlik qilishga qobiliyatli;




  • mustaqil fikr bildirishga va uni himoya qilishga qodir;

  • korporativ munosabatlar qatnashchilari manfaatlarining muvoza- natiga rioya qilish;

  • aksiyadorlar va jamiyat manfaatlarini himoya qilish masalalarida faol pozitsiyaning mavjudligi.

Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bir paytning o'zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organiari bo'Iishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har binning vakolatlari belgilab qo‘yilishi kerak.
Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi.
Aksiyadorlar umumiy у ig‘ ilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo'yicha tijorat tashkilotiga (boshqa- mvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘Isa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo'l qo'yiladi.
Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining.mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno.
Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlami tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi.
Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalami




hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo‘isa, aksiyadorlar umumiy yig'iiishining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yighlishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direkton)ni, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori)ning, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish shartno- mani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to‘g‘risida har yili qaror qabul qilinadi.
Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ulaming aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari hamda aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyat- ning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori)ga, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolariga to'lanadigan mehnat haqi va boshqa haqlar miqdori, shuningdek boshqaruvchi tashkilot va boshqaruvchi xizmatlariga haq to‘lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to^ridan-to^ri bog'liq bo‘lib, shartnomada belgilanishi kerak.
Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlaridagi lavozimlami o‘rindoshlik yo‘li bilan bir shaxsning egallashiga kuzatuv kengashi roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi yoki kuzatuv Kengashi, agar ustavga binoan unga shunday huquq berilgan bo‘lsa, jamiyatning yakkabosh­chilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direksiyasi) a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki bosh­qaruvchi bilan tuzilgan shartnomani ular shartnoma shartlarini buzgan




taqdirda bekor qilishga haqlidir. Kuzatuv kengashi jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi bilan, kollegial ijroiya organi- ning a’zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomani, agar shartnoma tuzishda ular jamiyat ustavini qo‘pol tarzda buzishga yort qo‘ygan bo‘lsa yoki ularning harakatlari (harakatsizligi) tufayli jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa, muddatidan ilgari tugatish (bekor qilish) huquqiga ega.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan jamiyat ijroiya organi, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda ijroiya organining vakolatlarini boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchiga oftkazish to‘g‘risidagi masala o'sha umumiy yig‘ilishning o'zida hal etilishi yoki ijroiya organi rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni ham tayinlagan holda aksiyadorlaming yaqin oradagi umumiy yig ‘ilishida ко‘rib chiqish uchun qoldirilishi mumkin.
Agar jamiyatning ijroiya organini tuzish aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo‘lsa, ijroiya organi, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan kuzatuv kengashi ijroiya organi rahba­rining vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ijroiya organi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yighlishini cha- qiradi.
Korporativ nazorat organlariga quyidagilar kiradi:
~ Taftish komissiyasi;
— Auditorlik tashkiloti.
Jamiyatning moliya-xo‘ja!ik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi taftish komissiya- sini saylaydi.
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari ushbu qonun va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yighlishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qo‘yiladi.
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo'yicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yighlishi, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida o‘n foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiya- dorlar)ning talabiga binoan amalga oshiriladi.




Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo'jalik fao- liyati to'g'risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etish- lari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi ushbu Qonunning 72-moddasiga muvofiq aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi chaqi- rilishini talab qilishga haqli.
Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o'zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo'lishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organ larida boshqa lavozimlami egallashlari mumkin emas. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash chog'ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko'ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:

  • hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlar qay darajada to‘g‘riligiga baho beriladi;

  • buxgaiteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirish c hog‘id a qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida axborot beriladi.

Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga mu­vofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya- xo'jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etiladi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto'g'ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo'ladi.
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko'p bo'lgan jamiyat- larda auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxat bo'yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Korporativ xulq-atvor kodeksiga kiritilgan yangiliklar qatorida aksiyadorlik kompaniyalariga maxsus mansabdor — jamiyat kotibi (korporatsiya kotib)ga ega bo‘1 ish tavsiyasini ko'rsatish mumkin bo'lib, uning asosiy vazifasi jamiyat mansabdor shaxslari va organlarining jamiyat aksiyadorlari manfaatlari amalga oshirilishini kafolatlovchi




talablarga rioya qilishini ta’minlash hisoblanadi. Jamiyat kotibini tayinlash (saylash) tartibi va uning majburiyatlari jamiyat nizomida ko‘rsatilgan bo'lishi lozim.
Umuman olganda, korporativ kotib funksiyalari qatoriga quyida- gilarni kiritish mumkin:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qonunchilik talablari, jamiyat nizomi va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o*tkazish haqidaga qarorga asosan tayyorlanishi va bo'lib o‘tishini ta’minlash;

  2. Direktorlar Kengashi majlislarining qonunchilik talablari, jamiyat nizomi va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq tayyorlanishi va bo‘lib olishini ta’minlash;

  3. Direktorlar Kengashi a’zolariga ularning o‘z funksiyalarini bajari- shida ko‘maklashish;

  4. Jamiyat haqida axborot taqdim etish va jamiyat hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;

  5. Jamiyat tomonidan aksiyadorlaming murojaatlarini tegishli tarzda ko‘rib chiqishi va aksiyadorlar huquqlarini buzish bilan bog'liq nizolarni hal qilish;

  6. Direktorlar Kengashi raisini ularni ta’minlash jamiyat kotibining majburiyatlari doirasiga kiradigan jarayonlarga to‘sqinlik qiluvchi barcha holatlar haqida xabardor qilish.

  7. Tartibga soluvchi organlar, auditorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro aloqa qilish;

  8. Kompaniyaning mos keluvchi qonunchilikka rioya qilishini ta’minlash.

Korporativ kotib ikkita asosiy talabga javob berishi quyidagi masa- lalarda yuqori mahoratga ega bo'lish lozim:

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish, DK faoliyati, jamiyat haqida axborot saqlash va taqdim etish tartibiga rioya qilish, chunki aynan shu jarayonlarga amal qilmaslik ak­siyadorlar huquqlari va manfaatlari buzilishiga ko‘proq olib keladi;

  • uning maqomi kompaniya menejerlariga nisbatan yetarli darajada mustaqillikni, aksiyadorlar fikri va shikoyatlarini to‘plash hamda direktorlar Kengashiga yetkazishi lozim. Jamiyat kotibining ijroiya organi mansabdor shaxslaridan mustaqilligini ta’minlash uchun korporativ xulq-atvor kodeksida korporativ kotib lavozimiga tayinlash va ishdan bo‘shatish kompaniya direktorlar Kengashining qarori bilan amalga oshirilishi tavsiya etiladi.




Shuni ta’kidlab o'tish joizki, oxirgi yillarda kotib funksiyalari ancha murakkablashdi. Hozirgi paytda korporatsiyalar institutsional investorlar ta’sirining o‘sishi, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy javobgarligiga talablari kuchayishi, korxona xodimlari va aksiyadorlari tomonidan direktorlar Kengashi va top — menejmentga bosimning ortishi, qonunchilik mc’yorlarining qattiqlashuvi sharoitlarida ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada Korporativ kotib ikkinchi darajali mansabdor shaxsdan zamo- naviy AJda asosiy figuralardan biriga aylandi.

    1. Korporativ xulq-atvor kodeksi

Korporativ xulq-atvor kodeksida direktorlar Kegashi tarkibiga Mustaqil Direktor kiritish tavsiya etiladi. Kodeksda jamiyat direktorlar Kengashi a’zosining majburiyatlarni ijro etish yetti yillik muddati tugagandan so‘ng Mustaqil Direktor mustaqil sifatida ко‘rib chiqilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Korporativ xulq-atvor kodeksida, shuningdek, direktorlar kengashi (DK) tarkibida direktorlar kengashi vakolatlari doirasiga kiradigan eng muhim masalalami dastlabki ko‘rib chiqish uchun maxsus qo‘mi- talar tashkil qilish tavsiya etiladi:

  1. Strategik rejalashtirish bo‘yicha qo‘mita uzoq muddatli istiqbolda jamiyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

  2. Audit bo‘yicha qo‘mita (jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan DK nazoratini ta’minlaydi).

  3. Mukofotlash va kadrlar bo‘yicha qo‘mita (jamiyatni boshqarishga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilishga va ularning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur choralar yaratishga xizmat qiladi).

  4. Korporativ nizolarni tartibga solish bo‘yicha qo‘mita (AJ ishtirokida korporativ nizolarning oldini.olish va samarali hal etishga xizmat qiladi).

  5. Etika bo‘yicha qo‘mita (jamiyatning ahloqiy me’yorlarga rioya qilishi va jamiyatda ishonch asosidagi munosabatlar shakllantirishga xizmat qiladi).

DK samarali ishlashi — kompaniyalar investitsion jalb etuvchanligini oshirish, ularning aksiyadorlik qiymatini o‘stirishning muhim omili, DKning o‘zi esa korporativ boshqaruv sifatli tizimining bosh elementi hisoblanadi.
Boshqarma vakolatlari qonunchilikda belgilab berilmagan, biroq qonunda boshqarma vakolatlari jamiyat nizomi tomonidan belgilanishi




ko‘rsatilgan. Korporativ xulq-atvor kodeksi boshqarma vakolatlari doi- rasiga quyidagilarni kiritishni tavsiya etadi: faoliyatning ustuvor yo'nalishlari va moliya-xo'jalik rejasini ishlab chiqishni tashkil qilish, jamiyatning ijroiya organiari vakolatlariga kiritilgan ichki hujjatlarini tasdiqlash.
Qonunda jamiyatning ijroiya organiari majburiyatlari yo‘q, lekin unda bosh direktor va boshqarma a’zolarining huquq hamda majbu­riyatlari jamiyat bilan ularning har bin tuzgan shartnomaga ko‘ra belgilanishi ko'rsatilgan.
Kodeksda ijroiya organiari har oy direktoriari Kengashi oldida o'z faoliyati haqida hisobot berishi tavsiya etilgan.
Kompaniya Kodekslari nima uchun kerak?
— Korxonaning e’lon qilingan qadriyatlari — maqsadlari va va- zifalari bilan kompaniya faoliyatini tartibga soladigan qoidalar orasida ko‘prik vazifasini bajaradi;

  • tashkilotning maqsadlari va tasawurlariga aniqlik kiritadi, qoi­dalar bilan konsteptual bog'lanishni ta'minlaydi;

~ barcha xodimlar uchun muhim qo'llanma va madaniyat institutini rivojlantirishda ilhombaxsh kuchdir;

  • o'rnatilgan qadriyatlar va andozalarni tushuntirishda muhim vosita;

~ tadbirkorlik mas’uliyatini oshirish va korporativ rahbariyatni yaxshilashda samarali vosita.
Kodekslar bir nechta turlarga bo'linadi:

  1. Qadriyatlarga asoslangan Kodekslar:

  • kompaniya xodimi yoki vakilining xulq-atvori va harakatlarini belgilab beruvchi ma’lum bir axloqiy tamoyillarni, o'zini tutish hamda ftkrlash usulini o'rnatadi;

  • AQSh, Kanada, Yevropa, Yaponiya va Lotin Amerikasida samarali qo'llaniladigan, namuna sifatida tanlangan yagona kodeks. Kanada va Yevropada keng tarqalgan Kodeks turi.

  1. Intizom me’yorlariga asoslangan Kodekslar:

  • ruxsat etilgan va etilmagan holatlarning maqsadli yo'naltirilgan ta’riflari;

  • xodimning xulq-atvori, odatda, o'zaro muvofiq ta’ri flaming markazida turadi;

— AQShda kam qo'llaniladi. Dunyoning boshqa hududlarida ham kam qiziqishadi.

  1. Kodeks vosita sifatida:




~ xodim tomonidan kompaniya xulqiy tamoyillariga qat’iy rioya qilishi muvaffaqiyatga erishishning garovidir;

  • xodimlar xulq-atvori va bajargan ishlariga qarab baho berishni hamda yuqori ma’naviy andozalar aksiyadorlik kapitalining uzoq muddatli o‘sishining kaliti ekanligiga aksiyadorlami ishontirishni istaydi- gan ma’muriyat tomonidan tez-tez ishlatib turiladi.

Kompaniyalarning barcha hamkoriar oldidagi majburiyatlari:
~ kompaniya xulqiy tamoyillarini tasdiqlash uchun tashkiliy tamoyil sifatida kompaniyaning turli o‘zaro bog'langan guruhlar bilan munosa- batlari bo‘yicha muhokamalardan foydalanish;

  • bir vaqtlar bunday turdagi kodekslar Yevropada keng tarqalgan edi; endilikda faqat 30% Yevropa kompaniyalari kodekslari matnlari shunday xarakterga ega.

Yevropadan tashqaridagi bir nechta kompaniya vositachi usulidan foydalanishadi.
Kodeks xulq-atvorga ta’siri quyidagicha bo‘ladi;

  • qoidalarning yo‘lga solishi — kutiladigan fe’l-atvorni tushun- tiradigan hujjatlar;

  • kutiladigan va muvofiq harakatlarning me’yorlari;

  • ko'zgu — agar fe’l-atvor to‘g‘ri bo‘Isa muvofiqligini tasdiqlaydi;

  • kattalashtiradigan oyna — xodimlarni aytilganlarni va bajarilgan- larni diqqat bilan tekshirishga rag'batlantiradi;

  • himoya — shubhali hulqiy vaziyatlarda xodimlarga madad beradi;

  • kompaniya va xodimlarga keltiriladigan zararning oldini olish uchun xatardan o‘z vaqtida ogoh etadi;

  • yong'inga qarshi tezkor xabar — xodimlarni qoidabuzarliklar haqida axborot berishini rag‘batlantiradi;

  • klub — to‘g‘ri kelmaydigan kodeksning ishlatilish oqibatlarini ko‘rsatadi.

Biznes hulqi korporativ Kodekslari quyidagilarda qo‘l kelishi mumkin:

  • biznes xulqi kodekslari bor bo‘lgan, biznes xulqi bo‘yicha treninglar o‘tkazilib turiladigan va hisobot berish mexanizmlari ishlay- digan korxonalarda xodimlar:

  • kamroq darajada xizmat vazifalariga xilof ish tutadilar;

  • andozalar va qoidalarni buzishdan manfaatdor bo‘lmaydilar;

  • xizmat burchining buzilayotganligi haqida rahbariyatga ko'proq axborot beradilar;

  • kompaniyada ishlashidan ko'proq qoniqadilar;




  • o‘z mehnatidan ko'proq qoniqadiiar ;

  • raqobatchilarga nisbatan o‘z kompaniyasiga yuqori baho beradi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin