Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə25/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76
Korporativ boshqaruv

Tayanch iboralar:
me’yor, huquqiy me’yor, qimmatli qog'oz, investitsiyalar, soliq, biznes, rekvizit, emitent, insayderlik axborotlari.
Nazorat savollari

  1. Korporativ boshqaruvining institutsional asoslari nimalardan iborat?

  2. Korporativ huquq tushunchasi nima?

  3. Korporativ huquqning belgilarini aytib bering,

  4. Korporativ me^oriy hujjatlami tartibga solishni tushuntirib bering.

  5. Korporativ boshqaruv dasturini amalga oshirish bo‘yicha takliflar nimadan iborat?

  6. Korporativ boshqaruvning andozalarini aytib bering.

  7. Korporativ boshqaruv kodeksiga qo'yiladigan talablar qanday?




nil bob. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI
SHAROITIDA KORPORATSIYALARNING FAOLIYAT
KO'RSATISH
MEXANIZMI VA ULARNING XUSUSIYATLARI


  1. O'zbekistonda korporatsiya mustaqil aksiyadorlik
    jamiyati sifatida


Korporatsiyalarni eng keng tarqalgan ta’rifi bu — o'z oldiga ma’lum bir maqsadlar qo'ygan, jamiyat manfaatlarida harakat qi- ladigan, belgilangan huquqlarga ega, yuridik shaxs hisoblangan, doimiy asosda faoliyat yuritadigan va mas’uliyati cheklangan tashkilot hisoblanadi.
Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog'ida huquqlarga, ega bo'ladi va majbu- riyatlami o'z zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo'lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida bosh- qacha qoida belgilanmagan bo'lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisob varaqlar ochishga haqlidir.
Jamiyat o'zining firm a no mi davlat tilida to'liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko'rsatilgan yumaloq muhriga ega bo'Iishi lozim. Muhrda ayni paytning o'zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko'rsatilishi mumkin.
Jamiyat o'z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o'z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o'z belgi-alomatlariga ega bo'lishga haqlidir.
Jamiyat Qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko'rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan




Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug'ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab ohishga haqlidirlar.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilaming eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo‘iishi lozim.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlaming roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna ohkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani ohkazish imkoniyati cheklab qo‘yiigan hollar bundan mus- tasno.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi. Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Bunday jamiyat o‘zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o‘tka- zishga yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda taklif etishga haqli emas. Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo‘lishi mumkin emas.
Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda u yopiq ak­siyadorlik jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlaming chega- ralangan limitidan ortib ketgan shaxslar aksiyadorlar reestrida ro*y- xatga olingan kundan e’tiboran olti oy ichida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida tugatilishi lozim.
Yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari sotayotgan aksiyalami uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narxda va shartlarda, ulaming har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqiga, agar jamiyat ustavida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ega bo‘ladi.




Agar aksiyadorlar aksiyalami sotib olishda o‘z imtiyozli huquq- laridan foydalanmasalar, jamiyat aksiyadorlar tomonidan sotiladigan aksiyalami sotib olish uchun imtiyozli huquqqa ega bo'lishi uning ustavida ko‘zda tutilishi mumkin.
Aksiyadorlar sotayotgan aksiyalami sotib olishda imtiyozli huquq- dan foydalanish tartibi, muddati jamiyat ustavida belgilab qo'yiladi. Imtiyozli huquqdan foydalanish muddati aksiyalar savdoga qo‘yilgan paytdan boshlab 30 kundan kam va 60 kundan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

  1. Korporatsiyalarning integratsion rivojlanish
    strategiyalari


O‘z oldiga integratsiyalanishni maqsad qilib qo'ygan korporatsiya integratsion strategiyasining belgilangan bosqichlarini amalga oshiradi. Yiriklashtirilgan tarzda korporatsiyalar rivojlanishini ng integratsion strategiyasi uch bosqichga taqsimlanadi:
Birinchi bosqich — tashkiliy loyihalashni ifodalaydi, bu yerda integratsiya haqida qaror qabul qilinadi, strategiyalar ishlab chiqiladi, amalga oshirish jarayonlari rejalashtiriladi va hokazo.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan rejalar va chora-tadbirlar asosida loyihani amalga oshirish ko‘zda tutiladi va integratsiya jarayoni amalga oshiriladi. Korporatsiya tarkibiga kiradigan kom­paniyalar yoki korporatsiyalarni tashkiliy strukturasi o‘zgaradi, ishlab chiqarish va boshqaruv aloqalarining bir holatdan boshqa holatga o*tishi ro*y beradi.
Loyihani amalga oshirishning ikkinchi bosqichida quyidagilar amalga oshirilishi mumkin:
1. Qo‘shilish (qo‘shib olish). Qo‘shilish deb yangi jamiyatning unga qo‘shilishi haqida qaror qilgan, ularning faoliyat yuritishi to‘xtati- ladigan bir nechta jamiyatlarning barcha huquq va majburiyatlari berilishi yo‘li bilan tashkil topishiga aytiladi. Boshqacha aytganda, har bir jamiyatni yuridik jihatdan tugatish ro‘y beradi va yangi tashkiliy struktura tuziladi. Mos ravishda barcha mavjud boshqaruv organlari bekor qilinadi va yangi tashkil qilingan kompaniyada aksiyadorlar umumiy yighlishi, Direktorlar kengashi, Boshqarma — hammasi yangidan tashkil etiladi. Qo‘shilishda ishtirok etadigan jamiyatlarning aksiyalari bekor qilinadi va keyinchalik yangi jamiyatning aksiyalari chiqariladi. Shu sababli dastlab, yangi tashkil qilingan aksiyadorlik




jamiyatini boshqarish uchun ovoz berish tartibi qo‘shilish haqidagi shartnomada belgilab beriladi.

  1. Birlashish. Birlashish deb jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini boshqa jamiyatga bergan holda o‘z faoliyatini to‘xta- tishiga aytiladi. Ya’ni, o'ziga jamiyatni birlashtirib oladigan tashkilot bu jamiyatning barcha mulkiy majmualarini, aktivlari va hokazolarni idora qilishi mumkin, lekin shu bilan bir paytda u mazkur jamiyatning uchinchi shaxslar oldidagi barcha majburiyatlarini ham o‘z zimmasiga oladi. Biriashtiriladigan jamiyat aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqiradi va birlashish haqidagi masalani hal etgach, topshirish dalolatnomasi tuzadi. Birlashish jarayonidan keyin jamiyatni birlash- tirib olgan tashkilot qo‘shib olingan mulk summasiga teng aksiyalar qo‘shimcha emissiyasi chiqaradi va tarqatadi. Aksiyadorlar sonining ortishidan kelib chiqib, Direktorlar kengashi a’zolari soni ham oshirilishi yoki boshqaruv organlarida boshqa o‘zgarishlar amalga oshirilishi mumkin.

  2. Tugatish. Jamiyatni tugatish jamiyatning huquq va majbu­riyatlarini boshqa shaxslarga o‘tkazmagan holda uning faoliyatini to‘xtatishni anglatadi. Jamiyatni ko‘ngilli ravishda tugatish haqida qaror aksiyadorlar umumiy yig'ilishida qabul qilinadi, majburiy ravishda tugatish esa sud qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Shundan keyin jamiyat mulkini uning barcha kreditorlari, so‘ngra aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash ro‘y beradi va jamiyatni tugatish jarayoni yuridik shaxslar davlat reestriga mos keluvchi qayd kiritish bilan yakunlanadi.

  3. CVzgartirish. Jamiyat mas’uliyati cheklangan jamiyatga, ishlab chiqarish shirkatiga yoki notijorat hamkorligiga o'zgartirilishi mumkin. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga jamiyatni o‘zgartirish tartibi va shartlari, jamiyat aksiyalarini mas’uliyati cheklangan jamiyat qatnashchilarining qo'yilmalariga yoki ishlab chiqarish shirkati a’zolarining pay badallariga almashtirish tartibiga aloqador masalalar bilan birgalikda jamiyatni o‘zgartirish masalasi qo‘yiladi. Shundan keyin barcha qatnashchilar tomonidan o‘zga- rtirilgan tashkilotning ta’sis hujjatlari tasdiqlanadi, uning boshqaruv organiari saylanadi. O‘zgartirilgan tashkilot bunga qadar mavjud bo‘lib kelgan jamiyatning barcha huquq va majburiyatlarini o‘zida saqlab qoladi.

  4. Taqsimlash. Taqsimlash deb tashkilot faoliyatini to‘xtatish va uning barcha huquq hamda majburiyatlarini yangi tashkil etiladigan




jamiyatlarga berish tan olinadi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kun tartibiga jamiyatni taqsimlash tartibi va shartlari, yangi jamiyatlar tashkil qilish, taqsimlanadigan jamiyat aksiyalarini yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalariga almashtirish tartibi haqidagi masalalar qo‘yiladi, shuningdek, taqsimlash balansi tasdiq- lanadi.
Agar umumiy yigrilish tomonidan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadigan bo‘Lsa, shundan keyin yangi tashkil etilgan har bitta jamiyatni boshqarish ularning o‘z aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan va qabul qilingan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotni taqsimlash masalalri bo'yicha ovoz berishda qatnash- magan yoki qarshi ovoz bergan shaxslarga keladigan bo‘lsak, ular jamiyat taqsimlangunga qadar o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar soniga proporsional ravishda, yangi tashkil etilgan har bir jamiyatning xuddi shu huquqlarni beradigan aksiyalarini olishlari lozim.

  1. Ajratish. Ajratish deb ularga olz faoliyatini to‘xtatmagan holda ularni ajratadigan tashkilotning huquq va majburiyatlarining bir qismi beriladigan bitta yoki bir nechta jamiyatlami tashkil qilishga aytiladi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishida kun tartibiga jamiyatni ajratish, uni ajratish tartibi va shartlari haqida, tashkilot aksiyalarini almashtirish va bu almashtirish tartibi, taqsimlash balansini tasdiqlash haqida masalalar qo'yiladi.

Uchinchi bosqichda - (integratsiya faoliyati monitoring!) o‘zgar- tirilgan korporatsiya faoliyatini kuzatib boriladi va nazorat qilinadi, qilingan ishlarga yakun yasaladi va natijalar baholanadi, integratsiyaga iqtisodiy baho beriladi.
Integratsiya jarayonlari turli yo‘nalishdagi xarakterga ega bolishi mumkin: o‘z manbalari hisobiga faoliyatni kengaytirish qo‘shimcha emissiyalami, aksiyalar garovi asosida kreditlashni, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalar strakturasidagi o‘zgarishlarni, fond bozorining hosila vositalaridan foydalanish va hokazolar talab qiladi (7-jadval).
Ratsionallashtirishda koiporatsiyani rivojlantirish dasturiga muvofiq aktivlar salohiyatini ranglarga ajratish ko‘zda tutiladi va ularni ahamiyati darajasi bo‘yicha kompaniyalarga tarqatish amalga oshiriladi. Buning natijasida moliyaviy xolding munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni ustuvor rang darajasiga kirmagan biznes-loyiha. odatda, yuridik shaxsni tash- kiliy-huquqiy rasmiylashtirish shartlarida korporatsiya doirasida qolib ketadi.






Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin