Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə30/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Korporativ boshqaruv

1

2

3

Assostiastiya i i

Tijorat tashkilotlari o'rtasida ular faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, umumiy mulkiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida tashkil etiladigan birlashma.

Assotsiatsiya qarorlari uni ng a’zolari uchun tavsiya berish xarakteriga ega bo'ladi.




Tayanch iboralar:
ochiq aksiyadorlik jamiyati, yopiq aksiyadorlik jamiyati, ustav, moliyaviy hujjat, imtiyozli huquq, strategiya, integratsiya, rejalashtirish, nazorat, gorizontal va vertikal integratsiya,
Nazorat savollari

  1. 0‘zbekistonda korporatsiyalarning istiqbolini tushuntiring.

  2. «O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g‘risida»gi qonun haqida nimalarni bilasiz?

  3. Korporatsiyalar rivojlanishining integratsion strategiyasi bosqichlarini ayting.

  4. Korporatsiyalarning integratsiya turlari va tiplarini sanang.

  5. Korporativ strukturalar tuzishning tashkiliy turlari tavsifini ayting.




  1. bob. MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNI TUZISH
    VA FAOLIYATINI BOSHQARISH XUSUSIYATLARI



  1. Mas’uliyati cheklangan j am iy a darning
    mohiyati va zarurligi


Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) deganda bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda ulushlarga bo‘lingan xojalik jamiyati tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘z ulushlari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq ziyon ko‘rish tavakkalchiligini o‘z zimmalariga oladilar.
MCHJ va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatning (QMJ) tuzilish va faoliyat ko‘rsatish huquqiy asoslari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 2001 -yil 6-dekabrda qabul qilingan yagona «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
MCHJ va QMJning yagona farqi shundaki, QMJ ishtirokchilari jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdor darajasida ulushlariga mutanosib jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan solidar ravishda subsidar javobgardirlar. QMJ ishtirokchilari javobgar- ligining chegaraviy miqdori jamiyat ustavida aniqlanadi, Shuning uchun, agar alohida boshqacha ta’riflangan bo‘lmasa quyida MCHJ uchun bayon etilganlarning hammasi QMJga ham taalluqlidir (bundan keyin — jamiyat).
Jamiyat ta’sischilari (ishtirokchilari), ularning huquqlari va majbu- riyatlarini ko‘rib o‘tamiz. Huquqiy va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Bunda, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari jamiyat ishtirokchilari boMishlari mumkin emas, biroq davlat korxonasining xususiylashtirilishi natijasida jamiyatning tuzilishi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan istisno.
Jamiyat uning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladigan bir shaxs tomonidan ta’sis qilinishi mumkin. Bu holda jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib yagona ishtirokchi tomonidan tuzilgan boshqa xo‘jalik jamiyati (misol uchun, aksiyadorlik) bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik shaxsdan ortiq bo’lishi mumkin




emas. Yollanma ishchi xodimlaming soni qonun bilan chegaralanmagan bo'lib ixtiyoriy bo'Iishi mumkin. Ta’sischilar tomonidan tasdiqlanadigan jamiyat ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyatning ta’sis hujjatlaridir, jamiyatni yagona shaxs ta’sis qilgan hollar bundan mustasno. U holda yagona ta’sischi tasdiqlagan ustav jamiyat ta’sis hujjati hisoblanadi.
Jamiyat ishtirokchilari jamiyat faoliyatini boshqarishda qatnashish, uning faoliyati haqida ma’lumot olish, jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga ustav fondidagi o'z ulushini sotish yoki boshqa tarzda o'tkazish, istalgan vaqtda boshqa ishtirokchilarning roziligisiz jamiyat- dan chiqish, jamiyat tugatilganda uning kreditorlari bilan hisoblashishlar tugatilgandan keyin qolgan mulkning bir qismini olishga haqlidir.
Birgalikda jamiyat ustav fondining kamida o‘n foizi ulushiga ega bo'lgan ishtirokchilar sud orqali o'z vazifalarini qo‘pol ravishda bu- zayotgan yoki o'z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoli­yat yuritishiga imkon bermayotgan yoki sczilarli darajaga to'sqinlik qiladigan ishtirokchini jamiyat tarkibidan chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilari ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, hajmlarda va muddatlarda o'z ulushlarini kiritishga, jamiyat faoliyatiga doir tijorat sirlarini oshkora qilmaslikka javobgardir. Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo'Iishi mumkin.

  1. Jamiyat ustav fondi

Jamiyat ustav fondi ishtirokchilar ulushining nominal qiymatidan tashkil topadi, Uning kattaligi davlat ro‘yxatidan o't ish uchun hujjat- lami taqdim etish kunida qonunchilik bo'yicha belgilangan eng kam ish haqining ellik barobaridan kam bo'lmasligi kerak. Bunday ustav fondni bitta yoki 2-3 kichik biznes subyektlari tomonidan shakllantirish oson va odatda, MChJlar ana shunday tuzilmoqda.
Ishtirokchining jamiyat ustav fondidagi ulushining hajmi foiz yoki kasr son hisobida belgilanadi, Ishtirokchi ulushining kattaligi ulush nominal qiymatining ustav fondi hajmi nisbatiga teng bo'Iishi shart. Masalan, ustav fondi hajmi 600 ming sum, ishtirokchilar ulushining nominal qiymati quyidagicha: M.V. Akramov — 96,6 ming so'm, B.D. Eigashev — 240,4 ming so'm, V.I, Tarasov — 263,0 ming so'm. Mos ravishda, ularning ulushi ham 16,10%, 40,07%, 43,83% ga teng bo'ladi. Jamiyat ta’sis etilayotganida va jamiyatning sof aktivlari ustav fondining hajmiga to'g'ri kelgan kam sodir bo'ladigan boshqa




hollardagina ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati uning nominal qiymatiga teng bo‘ladi.
Qolgan boshqa hollarda ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati uning ulushi hajmiga proporsional bo‘lgan jamiyatning sof aktivlari qiymatining qismiga teng bo'ladi. Jamiyat ustavida ishtirokchining maksimal ulushi hamda ishtirokchilar ulushi nisbatining o'zgartirish imkoniyati chegaralangan bo‘lishi mumkin. Jamiyat tomonidan ishtirokchiga beriladigan guvohnoma jamiyat ishtirokchisi tomonidan ulushning to‘liq to'lanishi haqida guvohlik beradi.
Jamiyatning har bir ishtirokchisi o‘z ulushining egasi hisoblanadi va o‘zining xususiy mulki kabi munosabatda bo‘ladi, lekin AJ aksiya- laridan farqli olaroq jamiyat ustavi va qonunda belgilangan cheklovlar inobatga olinadi. Jamiyat ishtirokchisi o‘z ulushini yoki uning qismini bir yoki bir necha ishtirokchi larga sotish yoki boshqa tarzda uning (ularning) foydasiga kechish huquqiga ega. Bunday bitimni amalga oshirish uchun jamiyat yoki uning ishtirokchilari roziligi talab qilin- maydi, agarda jamiyat ustavida boshqacha me'yor nazarda tutilmagan bo'lsa.
Agar jamiyat ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, ishtirokchi o‘zining ulushini (bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqa tarzda berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilari jamiyat ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda, ishtirokchining sotilayotgan ulushi (qismi)ni uchinchi shaxslarga taklif qilingan narxlarda sotib olishda ustuvorlik huquqiga ega boMadi, agar jamiyat ustavida yoki ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvida mazkur huquqning amalga oshirilishini boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa.
Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulush qismini) sotib olish bo‘yicha ustuvorlik huquqidan foydalanishdan voz kechsa, ishtirokchi tomonidan sotilayotgan ulushni sotib olishda jamiyat ustuvorlik huquqiga ega boMadi. Uchinchi shaxsga o‘zining ulushini (ulush qismini) sotmoqchi bo‘lgan ishtirokchi sotilish narxi va boshqa shartlari bilan tanishtirgan holda barcha ishtirokchilarga va jamiyatga bu haqda yozma xabarnoma berishi kerak.
MChJda ustav fondidagi ulush jamiyat ishtirokchilari bo‘lgan huquqiy shaxslar merosxo‘rlariga yoki yuridik shaxslar huquqiy voris- lariga o‘tadi.
Lekin jamiyat ustavida faqat boshqa ishtirokchilarning roziligi bilangina merosxo‘r (huquqiy voris) ishtirokchi bo'la olishi qayd qilin­gan bo'lishi mumkin. Jamiyat ustaviga binoan bunday roziUk olinishi




shart bo‘lganda u berilmagan bo‘lsa, ishtirokchining ulushi jamiyatda qoladi,
Bunda jamiyat merosxo‘rga, qayta tashkil qilingan yuridik shaxs huquqiy vorislariga ulushning haqiqiy qiymatini, sobiq ishtirokchi o‘limi, qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi sanasidan oldingi hisobot davridagi jamiyat buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida to‘lashga yoki ularning roziligi bilan natura ko‘rinishida berishga majbur.

  1. Jamiyatni boshqaruv organlari

Jamiyatning oliy boshqaruv organi ishtirokchilar umumiy yig‘ilishi bo‘lib, unda barcha ishtirokchilar qatnashish huquqiga egadir. Jamiyatning har bir ishtirokchisi ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda umumiy yig‘ilishda ovozlar soniga ega bo‘ladi (ayrim holatlar bundan mustasno, masalan kummulyativ ovoz berishda). 0,01% ulushi ishtirokchiga bir ovoz beradi deb aniqlash qulay bo‘lishi mumkin. Bu holda, yuqorida ko‘rilgan misol uchun ovozlar soni quyidagicha bo'lishi mumkin: M.V. Akramovda — (16,10% x 1 ovoz : 0,01%) 1610 ovoz, B.D. Ergashev — (40,07% x 1 ovoz : 0,01%) 4007 ovoz va V.I. Tarasov -(43,83% x 1 ovoz : 0,01%) 4383 ovoz.
Eng muhim masalalar belgilangan kattalikda (y ig‘ ilishda qatnashuv- chi aksiyadorlar ovozining 3/4 qismi ko‘pchiligi bilan) ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadigan AJdan farqli ravishda, MChJda erig muhim masalalar yig‘ilishda qatnashuvchilarninggina emas, balki barcha ishtirokchilarning bir ovozdan ma’qullashi bilan hal qilinadi. Ya’ni gap yig‘ilishda qatnashayotgan ishtirokchilar haqida emas, aynan barcha ishtirokchilar haqida ketmoqda. Ishtirokchilar umumiy yighlishi kun tartibini shaklantirish tartibi ham ancha erkin tusga ega. Umumiy yig‘ilish navbatdagimi yoki navbatdan tashqarimi, kun tartibini kim shakllantirishidan qat’i nazar — jamiyatning har qanday ishtirokchisi yig'ilishdan 15 kun oldin kun tartibiga qo‘shimcha masalalar kiritishga haqli boTib, ular kun tartibiga kiritilishi shart (umumiy yig‘ilish vakolatiga kirmagan masalalar bundan istisno).
Yagona ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatlarda umumiy yighlish vako­latiga kirgan masalalar yagona ishtirokchi tomonidan shaxsan qabul qilinadi va yozma shaklda rasmiylashtiriladi. Jamiyat ustavida Kuzatuv kengashi tashkil qilinishi nazarda tutilgan bo'lishi mumkin, ammo bu shart emas. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organi (boshqaruv,




direksiya) tomonidan amalga oshiriladi. Ijroiya organi jamiyat ishti­rokchilari umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi hamda umumiy yig'ilishga va tashkil qilinishi jamiyat ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa kuzatuv kengashiga hisobot beradi. Jamiyat ustavida taftish komis­siyasining tashkil qilinishi (taftishchining saylanishi) nazarda tutilgan bo'Iishi mumkin. Ishtirokchilarining soni 15 kishidan oshiq bo'lgan jamiyatlarda taftish komissiyasining tashkil qilinishi (taftishchining saylanishi) majburiydir. Moliya hisobotlarining to‘g‘riligini, buxgalterlik hisobi yuritilishining tartibi o'rnatilgan talablarga muvofiq kelishini tekshirish uchun umumiy yig'ilish qaroriga binoan qonunchilikda belgilangan tartibda auditorlik tashkiloti jalb qilinadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin