Tayanch iboralar: mas’uliy all cheklangan jamiyat, qo'shimcha mas’uliyalii jamiyat, ta’sis hujjatlari, yollanma ishchi xodimlar, ustav fondi, sqf aktivlar, kollegial ijroiya organi, direksiya, ijroiya organi Nazorat savollari Mas’uliyati cheklangan jamiyatni tuzishning o'ziga xos xusiyatlari nimalardan iborat?
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining mohiyatini ayting.
«Mas’uliyati cheklangan va qo'shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘- risida»gi qonunning mazmuni nimadan iborat?
Jamiyat ta’sischilari huquqlari va majburiyatlarini ayting.
Ishtirokchi opining ulushini qanday holatda sotishi mumkin?
Aksiyadorlik jamiyatni boshqaruv organlarini sanang.
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik kirn tomonidan amalga oshiriladi?
bob, JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI
SHAROITIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI
MOLIYALASHTIRISH
Hissadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini
boshqarishning maqsadi va vazifalari
Hissadorlik jamiyati faoliyat ko‘rsatishining zaruriy sharti unda kapitalning mavjudligi hisoblanadi. Biroq buning o‘zigina yetarli emas. Jamiyatning farovonligi bu kapitalni boshqarish qanchalik samarali amalga oshirilishiga ham bog'liq bo‘ladi. Boshqaruv masalalariga doir ko‘p sonli chop etilgan ma’lumotlar muayyan holat uchun tanlov qilish va uni amalga oshirish uchun nazariy va amaliy ishlanmalar yetarli degan tasawur uyg‘otishi mumkin. Shu bilan birga, turli yo‘nalishdagi korxonalarning faoliyat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aslida boshqaruv bu ■— qat’iy ishlab chiqilgan uslubiyatdan ko‘ra san’atga yaqinroq. Kapitalni samarali boshqarishga o'rganish uchun uning tarkibini, har bir tarkibiy qismining xususiyatlarini, sifat va funksional bog‘Iiqliklarni yaxshi bilish talab etiladi.
Jamiyatlarning kapitali optimal tarzda foydalanilishi uchun bir xil usullarni uning turli tarkibiy qismlariga nisbatan qo'llab bo‘lmaydi, shu sababli birlamchi navbatdagi masalalardan biri kapitalni struktu- ralash, uning asosiy va nisbatan bir xil tarkibiy qismlarini ajratish masalasi hisoblanadi. Buning qanday amalga oshirilishiga qarab, asosiy qarorlar qabul qilish bo‘yicha keyingi qadamlar qo'yiladi. Boshqacha aytganda, kapital tarkibiy qismlarining turli mezonlarga asoslangan tasnifini ко‘rib chiqish zarur. Foydalanish mumkin boMgan barcha mezonlarni oldindan belgilab olish lozim. Har bir mezon ham real ishlab chiqarish yo'nalishlariga javob beradigan samarali strukturalashni amalga oshirish imkonini bermaydi. Tasniflashni o‘tkazishda «mavjudlik» tamoyiliga amal qilish zarur, chunki har bir muayyan ko‘rinishda u yoki bu omillar hisoblanadi. Shunday qilib, kapital tarkibi uni o‘tkazish maqsadiga bog'liq bo‘ladi. Xususan, emissiya bo‘yicha qaror qabul qilishda o'zining va qarzga olingan mablag‘larning nisbatini aniqlash zarur, to‘lov layoqatini aniqlashda esa balansning ayrim moddalarini tahlil qilish kifoya.
Ko‘pincha birinchi navbatda hissadorlik kapitali uning jamiyatni rivojlantirish uchun ahamiyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bunda
beriladigan ayrim ta’riflaming mohiyati shundaki, asos qilib jamiyat o‘z kreditorlari oldida javob beradigan mablag'lar minimal hajmi olinadi. Bu hissadorlik kapitali haqida birmuncha soddalashtirilgan tasawurdir.
U kapitalni takomillashtirish bo'yicha ishlar uchun amalda hech qanday mahsuldor g‘oyalar bermaydi. Belgilangan sanaga tayyorlangan korxona balansini o‘rganish asosida kapitalni diqqat bilan tahlil qilish ko‘proq mahsuldor hisoblanadi.
Ko‘plab ishlarda balans belgilangan vaqt muddatida tuzilgan jamiyatning aktivlari va passivlari ro'yxati sifatida ifodalanadi. Biroq ushbu moliyaviy vosita chuqurroq iqtisodiy mazmunga ega.
Ko‘pincha birinchi o‘ringa korxona egalik qiladigan aktivlar ro'yxati qo‘yiladi. Shubhasizki, bu juda muhim ma’lumotlar, tarkibiy qismlar bo‘lib, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ular bilan manipulatsiya qilish mumkin. Bunda kapitalning birinchi yuzi namoyon bo‘ladi. Bu yerda u moddiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, bu esa uning son tavsifini, ba’zida esa sifat tavsifini ham olish imkonini beradi. Ko‘plab mo- liyachilar moddiy kapitalning alohida tarkibiy qismlarini mutlaq likvidli hisoblanadigan, ya’ni qo‘shimcha 0‘zgartirishni talab qilmaydigan pul mablag‘lariga aylantirish potensial tezligini tahlil qiladi.
Moddiy aktivlami o'zgartirish tezligi muayyan vaziyat va vaqtga bog‘liq bo'ladi. Shu sababli bu holatda kapital tashqi vaziyatga, tashqi omillarga jiddiy bog‘lanib qoladi. Miqdoriy ko‘rinishda o‘zgartirish faoliyati hisob-kitob qilinishi va kunlarda taqdim etilishi mumkin. Shunday qilib, kapitalning alohida tarkibiy qismlari hissadorlik jamiyati rivojlanish samaradorligiga turlicha ta’sir ko'rsatadi.
Balansning faol qismi tahlilchi uchun noaniqliklar yig'indisini ifodalaydi. Ulardan biri asosiy vositalarning holati hisoblanadi. Hisob tizimida ularning qiymatini ko‘rsatishning o‘zi yetarli emas. Eskirganlik darajasi haqida qisqacha ma’lumotnoma ham foydalanilayotgan asosiy vositalar sifati haqida axborot beravermaydi.
Ushbu iqtisodiy shart-sharoitlarda va korxonada asbob-uskuna- lardan foydalanish samaradorligini hisobga olgan holda yanada chuqur tahlil qilish zarur1.
Balans passivini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda kapital moliyaviy qiyofada namoyon bo'lib, o‘zining ikkinchi yuzini ko‘rsatadi. Korxona
1 Поршнева А.Г. и др. Управление организацией. — Мл ИНФРА -М, 2008. -с. 312.
mablag'larining manbalarini ikkita katta guruhga — opining mablag'lari va qarzga olingan mablag'larga taqsimlash mumkin. Kapital ham o'zining va qarzga olingan turlarga bo'linadi.
O'z kapitali quyidagi qismlardan iborat:
hissadorlik kapitali;
qo'shimcha kapital;
zaxira kapitali;
korxonaning to'plangan foydasi.
Hissadorlik kapitali bu — jamiyatning asosi, uning tamal toshidir. Biroq turli vaqtda u turlicha rol o'ynaydi. Qonunchilikda uning hajmi bevosita yoki bilvosita tartibga solinadi. Bir holatda u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi korxona uchun nizom (hissadorlik) kapita- lining eng kam hajmi belgilanadi. Boshqa holatda tartibga solish boshqa voqeliklar, masalan, zaxira fondi bilan aloqa orqali amalga oshiriladi.
Hissadorlik kapitali hajmi, garchi uning turlicha shakllanishiga yo‘l qo'yilsada, pul qiymatida ifodalanadi. Biroq har qanday hissador o'z ulushuni kiritish usulidan qat‘i nazar ma’lum miqdorda aksiyalar oladi. Aksiyalar, pul nominali orqali ifodalansada, shunga qaramay likvidli vositalar hisoblanmaydi. Ularni pulga aylantirish uchun ma’lum vaqt kerak. Shunday qilib, hissadorlik kapitali alohida elementlar — aksiyalardan iborat bo'ladi. Buning afzalligi shundaki, aksiyalar egasini osonlik bilan almashtirish mumkin bo'ladi.
Jamiyatni tashkil qilishda har bir ta’sischi o'zi kiritgan ulushga proporsional sonda va jamiyatni tugatish chora-tadbirlari o'tkazishda ularga da’vo qiladigan aksiyalar oladi. Shu sababli aytish mumkinki, hissadorlik kapitali jamiyatning hissadorlari oldidagi qarzlarini ifoda- laydi. U turli xarakterga ega bo'ladi.
«Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi Qonunda hissadorlik kapitalini strukturalashni o'tkazishga ham yo'l qo'yiladi. Uning 25 foizgacha bo'lgan qismini imtiyozli aksiyalar tashkil etishi mumkin. Ularning ulushi kichikligiga qaramay, ular jamiyat boshqaruvini tashkil qilishda qo'shimcha vosita sifatida foydalanilishi mumkin.
Hissadorlik kapitali mavjudligining o'zi ko'plab vazifalarni hal qilishga imkon beradi. Garchi uning hajmi jamiyat butun kapitalining bir qisminigina tashkil etsada, shunga qaramay, aynan ma’lum miqdorda aksiyalar sotib olish barcha asosiy masalalar bo'yicha ovoz berishda, hissadorlar o'rtasida foydani taqsimlashda o'zgarishlarni anglatadi. Bunda sezilarli miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan kapitalning qolgan qismining hajmi e’tiborga olinmaydi.
Balansda hissadorlik kapitali nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi, bozorda ё^а́ umuman boshqacha baho mavjud. Shu sababli bozor kapitalizatsiyasi tushunchasi paydo bo'lgan1. U jamiyatning hissadorlik kapitali bozor qiymati bo‘yicha qaysi hajmning tashkil qilishini ко1 rsaladi. Bunda mavjud farqlar jamiyat manfaatlarida foydalanilishi mumkin. Masalan, firmaning nufuzini, uni ng turli agentliklar va ayniqsa, kreditorlar oldida reytingini sezilarli oshirish mumkin. Bundan tashqari, bozor kapitalizatsiyasini tartibga soluvchi jarayonlar ularning yordamida amalga oshiriladigan usullarni ishlab chiqishi mumkin. Korxonani rivojlantirishdan maqsad bozor kapitali- zatsiyasi hajmini maksimal qilish hisoblanadi degan tamoyilga asoslanadigan nazariyalar mavjud. Bu holatda hissadorlarda real dividend daromadidan tashqari boshqa, aksiyalar kurs qiymatining o‘sishi hisobiga shakllanadigan potensial daromad paydo boladi.
Hissadorlik kapitali emission tabiatga ega. U jamiyatning qimmatli qog‘ozlar — aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida vujudga keladi. To‘lov pul vositasida ham, boshqa vositalar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli aktivlarni shakllantirish to‘lov usuliga bogUiq bo‘ladi. Jamiyatni ta’sis etish bosqichida joylashtiriladigan aksiyalar uchun to‘lov usulini to‘g‘ri tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Qoi- daga ko'ra, keyingi barcha emissiyalar pul hisob-kitobida sotib olinadi.
Kapitalning qolgan tarkibiy qismlari ajratib olgach, ularning bozor bahosini aniqlash ham zarur. Bu holatda real strukturalangan bozor bahosi olinadi.
Mahalliy amaliyotda chiqarishga ruxsat etilgan aksiyalar sonini anglatadigan e’lon qilingan kapital tushunchasi paydo bo‘ldi. Bu miqdor doirasida hissadorlar umumiy yig'ilishining maxsus ruxsatisiz qo‘shimcha emissiya amalga oshirilishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, nizom kapitali qayta baholash hisobiga oshiriladigan qismni taqsimlash ro'yxatga olib bo'lingan hissadorlar o‘rtasida o'tkazilishi lozim, chunk! ко‘rib chiqilayotgan holatda emissiya hisobiga aktivlar- ning o‘sishi emas, mablag‘laming oddiygina nizom kapitali va qo‘shim- cha kapital o‘rtasida qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.
Qo*shimcha kapital aksiyalami joylashtirishdan emissiya daromadi va asosiy vositalarni qayta baholashda olingan zaxiralarni ifodalaydi. Hozirgi paytda bu tarkibiy qism korxona o‘z mablag'larining real
1 Балабанов И.Т. и др. Финансовый менеджмент. — М.: Финансы и статистика, 2008.
manbalarini doim ham aks ettirmaydi. Masalan, qayta baholash real bozor ko'rsatkichlari bilan muvofiqlashtirilmagan koeffitsientlardan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Emissiya daromadi olish muammosi nizom kapitalining oshirilishi qayta baholash natijalari bo'yicha ro'y bermagan hollarda paydo bo'ladi.
Biroq bu yerda jamiyatning imkoniyatlari ancha cheklangan, chunki vositachilarni jalb qilish zarurati va bozorning real konyunkturasi daromad hajmini kamaytiradi.
Zaxira kapitali belgilangan vaziyatlarda foydalanish uchun jamiyat foydasidan shakllanadi. Ba’zida bu fonddan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to'lashga yo‘l qo'yiladi. Zaxira hajmi va uni shakllantirish tartibi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
To'plangan foyda ham jamiyatning o'z mablag'lari manbasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ham, nizom kapitalini oshirish uchun ham foydalanilishi mumkin. Foydani jamg'arish (to‘plash) zarurati undan foydalanish rentabelligi, hissadorlar oladigan foyda hajmi, shu turdagi kompaniyalar uchun belgilangan me’yoriy va soliq cheklovlari bilan belgilanadi. Bundan tashqari, olinadigan foyda hajmiga qabul qilingan buxgalteriya bisobi yuritish usuli ham jiddiy ta’sir ko'rsatadi. Foyda hajmi moddiy zaxiralami hisobga olish, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash, foydani tan olish usuli va boshqalarga bog'liq bo'ladi. Buning natijasida korxona har xil miqdordagi foydani fondga o'tka- zishi, shuningdek, undan o'zining rivojlanishi uchun foydalanishi mumkin.
Hozirgi paytda foyda korxonani rivojlantirishning deyarli yagona manbasi hisoblanadi. Aynan shu sababli har xil turdagi aksiyalar bo'yicha to'lanadigan dividendlar hajmi kamaytiriladi. Korxonalar o'z mablag'larining aynan shu qismidan foydalanishga intilishi ko'p hollarda oqlangan bo'lib chiqadi, chunki kreditlar bilan bog'liq muammolar mavjud.
Bundan tashqari, ayrim rahbarlar tashqi manbalardan mustaqillik darajasi yuqori bo'lishini ta’minlashni rejalashtirgan holda faqat o'z mablag'lariga tayanib ish ko'rishni afzal deb biladi. Shu sababli foyda olishda uni taqsimlash jarayoni ro'y beradi. Moliyalashtirish zarur bo'lgan investitsion loyihalar ajratib ko'rsatiladi. Faqat shundan keyingina foydadan foydalanishning boshqa variantlari ko'rib chiqiladi.
Qarzga olingan mablag‘lami ham quyidagilarga taqsimlash mumkin: qisqa muddatli majburiyatlar; uzoq muddatli majburiyatlar; kreditorlik qarzlari.
Bu qarzlarning oxirgi turi alohida pozitsiya qilib ajratilishi bejiz emas. Gap shundaki, kreditorlik qarzlarini to‘laqonli qarz kapitali sifatida hisobga olish doim ham o‘zini oqlamaydi va ayrim hollarda korxonani rivojlantirish manbalarini tahlil qilishda chalkashtirib qo‘yish- ga sabab bo'ladi. Shu sababli ko‘pincha qarz kapitali haqida gapiiganda dastlabki ikki turdagi majburiyatlar ko‘zda tutiladi, xolos. Kreditorlik qarzlariga nisbatan bu vaqtinchalik jalb qilingan mablag'lar deb aytiladi. Ba’zida korxonaning farovonligi uchun debitorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan ortiq bolishini ta’minlash degan fikr mavjud bo‘ladi. Biroq bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki harxil turdagi majburiyat- larni bajarish o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘q.
Uzoq muddatli qarz kapitali korxonalar uchun u favqulodda muhim rivojlanish manbasi hisoblanadi. Inflatsiya sur’atining yuqoriligi va boshqa ayrim sabablar tufayli ko‘plab korxonalar o‘z passivida uzoq muddatli qarzlarga umuman ega emas. Qoidaga ko‘ra, qisqa muddatli qarz mab lag‘lari dan foydalanish korxonaga ancha qimmatga tushadi. Buning ustiga, odatda, qisqa muddatli kredit shartnomalari kreditoming shartlarida tuziladi.
Obligatsiya zayomi jalb etilgan kapitalning turlaridan biri hisoblanadi. Bu mablag‘lar korxonaning o‘z mablag‘lari qatoriga kirmaydi. Shu bilan bir paytda emissiya prospektida obligatsiyalami har xil turdagi aksiyalarga konvertatsiyalash imkoniyati ko'zda tutilishi mumkin. Bu holatda kapitalning qarzga olingan turidan o‘z kapitali turiga o‘tishi kuzatiladi. O‘z mablag‘lari va qarzga olingan mablagclar o‘rtasidagi nisbatning o'garishi shunday qilib amalga oshiriladi. Obligatsiyalar hammasi bir vaqtda yoki ular egasining xohishiga qarab konverta- tsiyalanishi mumkin.
Qarz kapitalining ulushi hissadorlarga jamiyatning obligatsiyalari bilan dividend to‘lash hisobiga ham o'sishi mumkin. 0‘zining va qarzga olingan mablagUar o‘rtasida «quyilish»ning boshqa variantlari ham mavjud. Misol tariqasida garov shartnomasini keltirish mumkin. Bu shartnoma tuzilgandan so‘ng garovga pul beruvchi garovga pul qo‘yuvchi kishiga qarz mablag‘lari beradi.
O‘z navbatida, garov tariqasida jamiyatning aksiyalaridan foydalanish mumkin. Aksiyalarni berish nizom kapitalining o‘zgarishiga olib kelmaydi, biroq bunda qarzga olingan mablag‘lar miqdori ortadi.
Demak, hissadorlik kapitali moliyaviy resurslarni jalb qilishda kafolat bo'lib xizmat qilishi mumkin.
O'zining mab lag‘lari va qarzga olingan mablag'lar o'rtasidagi nisbat bu — korxona ishining eng muhim moliyaviy ko'rsatkichlaridan biri. Bu kelib chiqishi turlicha bo‘lgan kapitallar o‘tasidagi nisbatdir. Ko'rsatkichning muhimligi shundaki, korxona o'z faoliyatida yoki faqat opining mablag'laridan, yoki ham o'zining ham qarzga olingan mablag'lardan foydalanishda o'lchash mumkin bo'lgan natijalarga erishishi mumkin. Biroq faoliyatning asosi sifatida aralash kapitaldan foydalanishda o'z resurslaridan foydalanish samarasi ortadi.
Aktiv yoki passivdan alohida tahlilga asoslangan kapital umumiy tarkibiy qismlaridan tashqari korxonaning mobil imkoniyatlarini aniqlash uchun foydalaniladigan yordamchi ko'rsatkich ham olinishi mumkin.
Xususan, agar manbasi o'zining va uzoq muddatli qarz kapitali hisoblangan o'z mablag'larini ko'rib chiqadigan bo'lsak, sof ishlayotgan kapitalni olamiz. U aylanma aktivlar va qisqa muddatli qarzlar o'rta- sidagi farq sifatida aniqlanadi. Sof aylanma kapital manfiy bo'lishi ham mumkin. Xalqaro amaliyot mavjud bo'lib, unga muvofiq qisqa muddatli qarzlarga nisbatan ikki marta ko'p aylanma kapitalga ega bo'Iish zarur hisoblanadi. Bu holatda joriy faoliyat muammolari ham, to'lovlami o'z vaqtida amalga oshirish muammolari hal etiladi.
Agar sof ishchan kapital hajmi yetarli bo'lmasa, undan foydalanish samaradorligini aylanuvchanlikning oshirish yo'li bilan oshirish mumkin. Aylanma kapitalning boshqarishjarayoni shundan iborat bo'ladi. Biroq bu yerda ham bugungi kun iqtisodiyotining voqeligini hisobga olish lozim. Bu qatorga har xil turdagi aktivlarning likvidlik darajasi, debitorlik qarzlarini qaytarish o'rtacha muddati va boshqalar kiradi.
Moliyaviy hisobotlami o'rganish asosida korxona rivojlanishining turli modellarini tuzish mumkin. Masalan, qisqa muddatli resurslarga ehtiyoj qisqa muddatli kapital bilan qoplanadi degan taxmin eng ko'p foydalaniladi. Xuddi shu narsani uzoq muddatli kapital haqida ham qayd etish mumkin. Korxona aylanma mablag'larining qat’iy belgilab qo'yilgan minimumi va ularning o'zgaruvchan qismi tushunchasidan ko'p foydalaniladi. Birinchi tarkibiy qism sifatida permanent-kapital — o'zining va uzoq muddatli qarz kapital namoyon bo'ladi, shu sababli ko'plab moliyaviy ko'rsatkichlar ushbu summa asosida tuziladi. Aylanma vositalaming o'zgaruvchan qismi uchun manba sifatida qisqa muddatli kreditlar ko'rsatiladi.
Bunday taqsimotni amalga oshirish qiyin, chunki jamiyat amalga oshiradigan turli loyihalar kompleksli ravishda — ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli mablag'lar hisobiga moliyalashtiriladi. Biroq hech bo'lmaganda taxminiy matematik mo de liar tuzish yordamida ancha aniq hisob-kitoblar qilish mumkin.
Ularning samaradorligini aniqlash uchun aksiyadorlik jamiyati kapitali ayrim tarkibiy qismlari rentabelligi hi sob-kit obini amalga oshirish qiziqish uyg'otadi, biroq ko'pchilik hollarda buni amalga oshirib bo'lmaydi, chunki manbalar o'rtasida aniq chegara o'tkazish qiyin.
Hissadorlik jamiyatining imtiyozli kapitali alohida holatga ega. Moliyaviy hisobotlarda u korxonaning o'z mablag'lari sifatida namoyon bo'ladi. Biroq, uning qat’iy belgilab qo'yilgan majburiy dividend todovlari to'lashi lozimligini hisobga olib, uni mohiyatiga ko'ra o'ziga xos qarz mablag'lari qatoriga kiritish mumkin. «Hissadorlik jamiyatlari to‘g'risida»gi Qonunda imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividend to'lovlarini to'lamaslik holatlariga yo'l qo'yiladi. Bu holatda ushbu turdagi kapitalning ikkiyoqlama roli yo'qoladi. Buning ustiga, agar imtiyozli aksiyalar egalari uchun biron-bir qo'shimcha huquqlar ko'zda tutil- masa, bu turdagi aksiyalarga egalik qilishda qo'lga kiritiladigan imtiyozlar tushunchasining o'zi noaniq bo'lib qoladi.
Dividend to'lovlari bo'yicha jamiyatning qat’iy belgilangan majbu- riyatlari bilan imtiyozli kapital mavjudligi Idassik holatida korxona faoliyatini tahlil qilish uchun asosiy hisob-kitoblardan tashqari renta- bellik koeffitsientlarining aniqlashtirilgan hisob-kitobini ham amalga oshirish zarur. Bunda o'z mablag'lari sifatida butun hissadorlik kapitali emas, balki uning oddiy aksiyalarga mos keladigan qismi tanlab olinadi. Xuddi shuni o'z mablag'lari va qarzga olingan mablag'larga nisbatan ham amalga oshirsa bo'ladi.
Agar jamiyat imtiyozli aksiyalarning egalariga dividend to'lovlari bo'yicha cheklanmagan majburiyatga ega bo'lsa, bu turdagi butun kapital qisman o'z mablag'lariga, qisman qarzga olingan mablag'larga kiritilishi mumkin. Imtiyozli aksiyalarning o'ziga xos turi — kumulyativ aksiyalar.
Bu yerda dividend to'lovlari bo'yicha, biroq hisobot davridan keyin butun sana orqali majburiyat mavjud. Bunday kapital uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiritilishi mumkin. Boshqa tomonidan, kapitalning bu turini ham har biri har xil passiv bo'limlariga kiradigan ikki qismga ajratish mumkin. Bu operatsiyalarning barchasi yetarli
darajada sun’iy bo‘lib, shu sababli faqat ichki tahlilda ma’lum bir qarorlar qabul qilish uchun foydalanilishi mumkin. Shu tariqa ishchi xarakterga ega bo‘lgan va hissadorlik jamiyatlari kapitalini tahliliy tadqiq etish uchun xizmat qiladigan turli ko'rsatkichlar ishiab chiqilishi mumkin.
Kapital tarkibini tahlil qilishda jamiyat balansida qaysi qimmatli qog'ozlar borligiga e'tibor qaratish zarur. O‘z aksiyalarini sotib olish yo‘li bilan kapitalni haddan ortiq «shishirish» rivojlanish uchun foydala- nish mumkin bo‘lgan katta aktivlar bor degan tasawur paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli ayrim mamlakatlarda turli usullar bilan o‘z aksiyalarini sotib olishga ma’lum bir cheklovlar belgilanadi.
Kapital tarkibiga doimo turli yo‘nalishdagi mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan tadqiqotlaming predmeti bo4ib kelgan. Tahlilchilar, kreditorlar, korxonalar reytingini aniqlash bo'yicha mutaxassislar bunga turlichayondashadi. Zaruriy kapital tarkibini aniqlashdan jamiyatning o‘zi eng ko‘p manfaatdor hisoblanadi, chunki uning rivojlanishi ko‘p jihatdan aynan shu bilan izohlanadi. Shunga qaramay, ko‘pincha kerakli kapital tarkibini shakllantirish muammosiga yetarlicha jiddiy yondashil- mayapti. Ko‘p hollarda xo‘jalik faoliyati jarayonida tabiiy ravishda shakllanadigan struktura asos qilib olinmoqda.
Jamiyat kapitali u yoki bu qismining hajmi foydasiga xizmat qiladigan turli dalillarni taklif etish mumkin. Shu nuqtayi nazaridan kapitalning boshqa barcha tarkibiy qismlarini ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifaga o‘z hajmini optimallashga imkon beradigan aktivlar, ikkinchi toifaga esa haqiqatda mavjud bo‘lgan minimal yoki maksimal o'zgarish oralig‘ida tanlanadigan mablag'lar kiritiladi. Masalan, pul mablag'larini boshqa turli qimmatli qog‘ozlarga kiritish variantlarini ko‘rib chiqqan holda optimallash mumkin. Shu bilan bir paytda, debitorlik qarzlarini tahlil qilib, uni qaytarishda katta qiyin- chiliklar mavjud bo‘lgan hollarda uning minimal bo‘lishiga harakat qilish lozim. Buning aksinchasi, ayniqsa, inflatsiya darajasi ancha katta bo‘lgan hollarda, kreditorlik qarzlari uchun to‘g‘ri keladi.
Aktiv va passivning turli tarkibiy qismlari haqida aytilganlar bir xil ma’noga ega emas. Nima bo‘lganda ham, u yoki bu xulosa chiqarishdan oldin iqtisodiyotdagi muayyan vaziyatni hisobga olish lozim. Shu bilan birga siz kapital tarkibiy qismining intilishi zarur bo‘lgan optimal hajmini doimo aniqlay olasiz.
Bitta aktiv hajmini optimallash boshqa turdagi aktivga nisbatan salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli bir turdagi kapital
tarkibiy qismining boshqalarga ta’sirini baholash zarurati vujudga keladi. Umumiy holatda bunday ta’sir kovariatsion matritsa bilan aniqlanadi. U biron-bir vaqt oralig‘ida olingan ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi. Barcha ko'rsatkichlar pul qiymatida olinadi. Taqqoslanadigan ma’lumotlar olish uchun ulami bozor sharoitlariga keltirish, inflatsiya ta’siridan «tozalash» maqsadida kapitalning ayrim tarkibiy qismlariga tuzatishlar kiritish lozim.
Jamiyat kapitalining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ayrim tarkibiy qismlarning o‘zgarish yo‘nalishini boshqa tarkibiy qismlarning ma’lum bo‘lgan o'zgarishiga qarab baholash imkonini beradi. Model tuzishning birinchi bosqichida o‘zaro bir ma’noli korrelyatsiyaga ega bo'lgan tarkibiy qismlami ajratish zarur. Masalan, yuklab jo‘natilgan tovarlar hajmi debitorlik qarzlariga bog'liq bo‘lishi lozim, pul mablag‘- lari ham joriy aktivlarning har xil turlariga bog‘liq bo‘ladi.
Muayyan korxona uchun kapitalning tarkibiy qismlari o‘rtasida korrelyatsion o‘zaro aloqalar tajriba yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin. Gap shundaki, u yoki bu aloqa doim ham yaqqol bo'laver- maydi. Shu sababdan kapital tarkibini tadqiq etishning quyidagi tartibini taklif qilish mumkin:
matematik modelda ishtirok etadigan alohida tarkibiy qismlami ajratish;
asosiy o‘zaro bog‘liqliklarni sifat darajasida aniqlash;
kapitalning turli tarkibiy qismlari o‘rtasida korrelyatsiya aloqalari- ning matematik ta’riflash;
korrelyatsiya fiinksiyalarming xarakterini aniqlash va ulami ma’lum belgilar bo‘yicha tasniflash;
hissadorlik jamiyati kapitalining tarkibi va o'zaro aloqalarini hisobga oladigan matematik model tuzish.
Professor V.S. Karelinning fikricha, «Matematik model sifatida ko‘plik regressiyadan foydalanish mumkin. Tadqiqotlar uchun omillar tahlili (omilli tahlil) eng istiqbolli ko‘rinadi. Bu holatda omillar sifatida kapitalning alohida tarkibiy qismlari qimatlari tanlanadi, hozirgi paytda eng katta qiziqish bildirilayotgan tarkibiy qism esa tadqiq etiladi»1.
Shuni ta’kidlash joizki, joriy kapitalning tarkibiy qismlari o‘tasidagi aloqa maksimal darajada amalga oshiriladi. Shuningdek, bunday aloqa balansning mos keluvchi aktiv va passiv qismlari o‘rtasida ham
kuzatiladi. Kapitalning uzoq muddatli tarkibiy qismlariga keladigan bo'lsak, ularning dinamikasi nisbatan pastroq bo‘ladi. Masalan, yuqorida aytib o'tilganidek, oddiy va imtiyozli kapital o‘rtasidagi nisbat vaqt bo'yicha determinatsiyalangan tarzda o'zgarib turadigan, qat’iy belgilab qo'yilgan. Determinatsiyalanganlik darajasi u yoki bu tarkibiy qismning vaqt bo'yicha o'zgarish jarayonini tavsiflaydigan tenglamalar turini sifatli belgilab beradi.
Kapital tarkibini turli shakldagi diagrammalar ko'rinishida ifodalash qulay. Bunda kapitalning ayrim bloklarini ham ularning tarkibi, o'xshash ma’noga ega bo'lgan parallel tarkibiy qismlar o'rtasidagi nisbat bo'yicha tahlil qilish mumkin. Jamiyat kapitalini shuningdek, har bir tarkibiy qism mutlaq emas, nisbiy birliklarda ifodalangan, vertikal taqdim etilgan balans ham tavsiflaydi.
Muayyan korxona uchun jamiyat kapitalining matematik modelini tuzish mumkin. Biroq bunday modelni boshqa xo'jalik subyektlariga ixtiyoriy ravishda umumlashtirib bo'lmaydi. Bir xil ishlab chiqarish tarkibi, boshqaruv, buxgalteriya hisobi yuritish mavjud bo'lgan ayrim tarmoqlar uchun korxonalar modellarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Modeflarni tuzishda ko'plab omillami ifodalash zarur. Asosiy qiyinchilik shundaki, bu yo'lda ekspertlar uslubi kabi subyektiv uslubiyatlardan foydalanish talab qilinadi. Shu sababli uslubiyatlarni ishlab chiqishda ekspertning bilimlari foydalaniladigan qismning minimal bo'lishiga harakat qilish kerak.
Shunday qilib, hissadorlik jamiyatlari kapitalining tarkibini tavsiflaydigan ko'plab ko'rsatkichlarni taklif etish mumkin. Bu ko'rsatkichlardan hosila ko'rsatkichlar shakllanadi. Demak, kapital tarkibi sifatinining bir xil ma’noli mezonlarini shakllantirish qiyin. Korxonalarni ranglarga ajratish uchun qilinadigan reytingga o'xshash kabi umumiy ko'rsatkichni shakllantirish adolatdan bo'lmasdi. Bir xil strukturaga ega bo'lmagan turli jamiyatlar o'z faoliyatidan turlicha moliyaviy natijalar olishi mumkin. Shu sababli struktura ko'rsatkichlarini to'g'ri shakllantirish korxonalar samarali faoliyat ko'rsatishi zarur, lekin yetarli bo'lmagan sharti hisoblanadi.
Kapitalning sifat tavsifi muhim ahamiyatga ega. U ко'rib chiqi- layotgan toifaning o'zi ko'plab variantlari bo'Iishi mumkinligini ko'zda tutishi bilan belgilanadi. Biroq istalgan nazariyada shuningdek, baho- lashdan tashqari, tanlab olingan belgi bo'yicha reyting shakllantirishga imkon beradigan miqdoriy tavsiflarni ham kiritish zarur. Kapitalning ikkiyoqlama tabiatga ega ekanligini hisobga olib, jamiyat balansi
ko‘rsatkichlaridan boshlang'ich nuqta sifatida takror foydalanish mumkin.
Passiv tarkibi «moliyaviy vosita samarasi»ni maksimal holatga keltirgan tarzda uni optimallash haqida fikrga olib keladi. Shu bilan bir paytda balansning «aktiv» qismini ko‘rib chiqish boshqa ko‘rsatkich — ishiab chiqarish vositasi hajmini baholashga imkon beradi. Ikkala ko‘rsatkich ham kapitalni undan foydalanish samaradorligi nuqtayi nazaridan tavsiflaydi. Kapitalning asosiy tavsiflan orasida struktura, dinamik va narx tavsifnomalarini ajratib ko‘r$atish mumkin. Boshqa ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq yana bir ko‘rsatkich mavjud — bu har xil turdagi risklar. Qoidaga ko‘ra, ular sifat tavsifiga ega bo‘ladi.
Kapital tarkibi quyidagilar o‘rtasidagi nisbat bilan tavsiflanishi mumkin:
o‘zining mablag'lari va qarzga olingan mablagflar, shuningdek, mablag‘lar manbalarining ayrim tarkibiy qismlari o‘tasida «nozikroq» nisbatlar;
mahsulot birligini ishiab chiqarishga shartli doimiy va o‘zga- ruvchan xarajatlar.
Asosiy qiyinchilik shundaki, hisobot hujjatlarida korxona o'zining shartli doimiy xarajatlari hajmi haqida ma’lumot bermaydi. Choraklik hisobotlarning yangicha shakli, ehtimol, bu masalani hal etishi mumkin.
Ishiab chiqarish vositasi va moliyaviy vosita aralash tabiatga ega. Bir tomonidan, ular korxonada mavjud ishiab chiqarish vositalari tarkibi va uning manbalariga bog'liq, boshqa tomondan esa korxona faoliyati samaradorligining o‘zgarish dinamikasini tavsiflaydi.
Ishiab chiqarish vositasining ahamiyati oshirilgan yalpi tushumning oshirilgan ishiab chiqarish hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. Berilgan boshlanghch nuqtada hosila olamiz. Ushbu ko‘rsatkichni tahlil qilish uchun ikkita aytib o‘tilgan ko‘rsatkichning o‘zaro bog'liqligi grafigini tuzish maqsadga muvofiq. Ko‘rinib turibdiki, olingan bog‘liqlik — chiziqli emas, shu sababli kohsatkichning qiymati tanlab olingan hisob- kitob nuqtasidan aniqlanadi. Ishiab chiqarish vositasi (L) o'zgarish- lardan so‘ng quyidagi ko‘rinishda ifodalanishi mumkin: