Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə34/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Korporativ boshqaruv

C = kiC\ + k2C2 + ... + knCn (6)
bunda C — kapitalning har bitta tarkibiy qismi narxi;
k( ~ alohida tarkibiy qismning vazni.
Kapitalning o'rtacha tortilgan qiymatini hisob-kitob qilish bilan bog'liq ayrim qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Muammo tarkibiy qismlami qaysi ko'rinishda hisobga olish kerakligidan iborat. Hisobga olishning ikki xil usuli mavjud: bozor qiymati va balans qiymati bo'yicha. Ikkala usulning ham afzalliklari, ham kamchiliklari mavjud. Shubhasizki, bozor qiymati haqiqatda mavjud qiymatga yaqinroq hisoblanadi. Shu bilan bir paytda bozor doimiy harakatda bo'ladi va bu baholash jarayonining o'zini qiyinlashtirib qo'yadi.
Balans bahosi hisob-kitoblami ancha osonlik bilan amalga oshirishga imkon beradi, biroq bunda korxonada o'tkaziladigan qayta baho- lashlaming kamdan-kamligi, moddiy va ma’naviy eskirish darajasini aniqlash va boshqa omillar bilan bog'liq unchalik ham to'g'ri bo'lmagan ma’lumotlar berishi mumkin.




Korxona uchun kapital tarkibidagi biron-bir loyihani amalga oshirish uchun haqiqatda foydalaniladigan mablag‘lar katta ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘pincha ishlayotgan kapitalning aslida dastlab hisoblab chiqilgan miqdordan kam ham, ko‘p ham bo‘lib chiqishi mumkin bo'lgan real qiymatini hisob-kitob qilish zarur.
Turli korxonalarni kapital qiymatining hajmi bo'yicha taqqoslash vazifasi alohida bir ahamiyatga ega. Bu yerda korxonalar bo‘yicha ulaming asosida kohsatkichlar taqqoslanuvchanligi belgilanadigan boshlang'ich shart-sharoitlami shakllantirish zarur.
Ko‘p sonli korxonalar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo*lib, o‘rtacha tarmoq kohsatkichlarini hisob-kitob qilish mumkin, biroq ular umumiy holatda iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini aks ettirishi qiyin. Ehtimol, kapitalni arzonlashtirish yoki aksincha, qimmatlashtirish jarayonini rag‘batlantirish mumkin. Amalda shunday bo‘ladi ham. Ko‘rsatiladigan ta’sir ham tabiiy, ham sun’iy bo'lishi mumkin.
Kapital narxini aniqlashning muhimligi shundaki, u orqali boshqa yana bir ko’rsatkich — biznes narxini hisob-kitob qilish mumkin. Biznes deganda biron-bir ma’lum usul bilan aniqlangan ishiab chiqarish vositalari qiymatining o‘zigina emas, kapital qiymatiga kiradigan bozor omillarini hisobga olgan holda «ish»ning real bahosi tushuniladi. Biznes narxi turli xil reyting jadvallari tuzish, turli loyihalami amalga oshirish uchun korxonaning jalb etuvchanlik darajasini aniqlash uchun korxo- nalami taqqoslash imkonini beradi. Shu bilan birga ushbu ko'rsatkich korxonaning asl bahosini belgilash va uni kerakli tomonga o'zgartirish usullarini aniqlashtirishga imkon beradi.
Kapitalning alohida tarkibiy qismlari narxining tahlili jamiyat oldida vujudga keladigan u yoki bu muammoni hal qilish uchun moliya- lashtirish usullari haqida qaror qabul qilish tamoyilini ishiab chiqish imkonini beradi. Qarzga olingan mablag‘lar narxini aniqlashda shuni e’tiborga olish kerakki, u firma erishishga intiladigan maqsadlar bilan bevosita bog'liq bo‘ladi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin