к — bozor foiz stavkasi;
k{ — inflatsiya ta’sirini hisobga oladigan tuzatish koeffitsienti.
Taqsimlanmagan foyda narxi juda past boMishi mumkin, chunki toflov muddatini kechiktirish hisob-kitob qilinmagan yo‘qotishlar ehtimolini oshiradi.
Boshqacha aytganda, foydani investitsiyalashni asoslab berishda boflajak dividendlami risk uchun mukofotni hisobga olgan holda hisob-
kitob qilish zarur. Faqat shu holdagina hisob-kitoblar to'g'ri amalga oshiriladi.
Agar hissadorlar pul dividendlari oladigan va ularga ma’lum bir daromadli qimmatli qog'ozlar sotib oladigan bo'lsa, bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ikki xil yo‘qotishlar turiga uchrash muqarrar:
soliq ajratmalari;
brokerlik xizmatlari xarajatlari.
Agar foydani qayta investitsiyalash haqida qaror qabul qilingan bo'lsa, soliqlar va boshqa yordamchi xarajatlarda tejab qolinadi. Shu sababli taqsimlanmagan foydaning real qiymati (bahosi) oddiy dividend to'lovlari bilan bog'liq holatlardan ancha kam bo'lishi mumkin. Ko'pincha bunday holatlarda kapitalning mazkur tarkibiy qismi narxi (C) quyidagi tarzda aniqlanishi lozim:
C = Crf(l-iV)(l-X), (12)
bunda Cd — hissadorlik kapitali narxi;
W — soliqqa tortish stavkasi;
К — broker xizmatlari bo'yicha komission to'lovlar.
Shuni e’tiborga olish kerakki, taqsimlanmagan foyda qoidaga ko'ra, amortizatsiya ajratmalari bilan birgalikda investitsiyalanadi, shu sababli kiritilgan mablag'lar real summasi kattaroq bo'ladi.
Ba’zida taqsimlanmagan foyda hajmini aniqlash uchun taqsimlash me’yori bilan bog'liq ko'rsatkich foydalaniladi. Bu ichki o'sish sur’atlari.
Bu ko'rsatkich foydaning bir qismini ishlab chiqarishni rivojlan- tirishga yo'naltirish hisobiga balans aktivining o'sishini tavsiflaydi. Ichki o'sish sur’atlari foydani taqsimlash me’yori qay tarzda aniqlan- ganiga qarab ikki xil ifodaga ega bo'ladi.
Agar hisob-kitob sof foydadan kelib chiqadigan bo'lsa, VTR = 7 — HP, balans foydasidan bo'lsa, VTR = RSS( — HP), bunda VTR— ichki foyda me’yori; HP — taqsimlash me’yori; 7?55 - o'z mablag'lari rentabelligi.
Foydaning bir qismini ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo'naltirish shunga olib keladiki, o'z mablag'lari hajmining o'sishi hisobiga balans aktivi va mos ravishda passivining hajmi ortadi.
Bunda qarzga olingan mablag'lar va o'z mablag'lari nisbati o'zgaradi va korxonaga qo'shimcha kredit olish imkonini beradi. Shunday qilib, taqsimlanmagan foydaning mavjudligi qo'shimcha qarz mablag'larini jalb etishga imkon beradi.
Ko'plab kredit resurslari bilan ishlashda ko'p miqdorda moliyaviy resurslar olish va qaytarish muqarrar, shu sababli kapitalning mazkur tarkibiy qismini baholashda kuzatuv vaqtidan qat'i nazar barqaror ma’lumotlar olish uchun mos keluvchi o'rtachalashtirishni 0‘tkazish zarur.
Foydalanilayotgan kreditlar tarkibi ancha murakkab bo'Iishi mumkin. Demak, o'zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib borish va tahlil jarayonida hisobga olish zarur. Korxonada shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, bunda tahlil qilinayotgan davr boshida va oxirida kreditlar tarkibi bir xil bo'ladi, biroq u ikki nazorat muddati o‘rtasida o‘zgarib turadi.
Kredit ikki xil tavsifga ega kreditlardan foydalanish muddati davomiyligi va davr mobaynida kredit o‘tgan aylanmalar soni. Bunday ko‘rsatkichlar tahlili, odatda, banklar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq korxonalaming o‘zi ham bu haqida bironta axborotga ega bo'Iishi kerak, chunki ular qarz kapitali narxini aniqlashlari lozim bo'ladi.
Kreditdan foydalanish muddati davomiyligi (/) quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
t = KD/Oni (13)
bunda K~ kredit qoldig'i hajmi,
On ~ qaytarish bo'yicha kredit aylanmasi, Z> — davr mobaynida kalendar kunlari soni. Kreditning aylanmalar soni