Korporativ strategiya — birinchi bosqich -bu korxonani toMaligicha biznes yoki tashkiliyligini, tovar liniyalarini,kompaniya kombinatsiya- larini,uning to'liqligicha e’tirof etishini va qanday biznes bilan shug'ul- lanishiga javob beradi. Strategik faoliyatining korporativ bosqichida quyidagilarni o‘z ichiga oladi, masalan: yangi biznesni sotib olish, faoliyat yuritayotganini kengaytirish yoki kichraytirish, qo'shma korxo- nalami tashkil etish.
Biznes strategiya —ikkinchi bosqich — korxonaning raqo- batbardoshligi va faoliyati strategiyasi bilan e’tirof etiladi. Korxonada boshqarishning individual strategiyasini ishlab chiqishdan iboratligidir.
Ular quyidagi strategiya savollami keltirib chiqaradi:
Korxona tovarlari raqobatchi tovarlari asortimenti bilan to‘g‘ri kelishi shartmi?
Korxonaning asbob-uskunalari qay darajada moderinizatsiya- lashgan bo‘lishi lozim?
Yuritilayotgan faoliyat qayerdan moliyalashtirilayotganligi?
Kelayotgan foydani kelajak maqsadlar uchun jamg‘arish shartmi?
Korxonaning texnologik ustunligi uchun kurashish shartmi?
Funksional strategiya — bu qo*shimcha qimmatlilik yaratishdir. Masalan, innovatsiyalardan foydalanish, diversifikatsiyalangan strategiya, marketing strategiyasi (10-rasm).
10-rasm. Korporativ strategiya turlari.
Strategiya — bu qaror va harakatni raqobatchilarga nisbatan ustunlik majmuidir.
Korporativ strategiyaning mohiyati shundan iboratki, undan korxo- nani shu strategiyadan hozirgi davr talablari bilan birgalikda foyda oladimi yo‘qmi belgilanadi. Korporativ strategiyaning ikkita rivojlanish taxmini mavjud, birinchisi — strategiyaga asoslanganligi, ikkinchisi — korxona imkoniyati.
Biznesga strategiya rivojlanish yo‘Udan borilsa, uni quyidagi chiz- niada ko‘rish mumkin.
Kirish.