Birinchi: bu firmaning shu tarmoqdagi firmalar bilan bir pozitsiya- daligi. Kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlarini, bozorning xavfli taraflarini hisobga olgan holda samarali strategiya raqobatdor mavqei yaratishi imkonini beradi. Shuning uchun kompaniya raqobatli faoliyat yuritayotgan muhitni taqqoslay olishda strategiyani formulalash juda muhim.
Ikkinchi: firma faoliyati va investitsiyachining ichki koordinatsiyasi. Strategiya bozordagi tanlashning foydaliligining tanlangandan keyingi vaziyatni o‘rganadi.Firmaning bozordagi o'rni aniqlangandan keyin har bir punkti bo'yicha o'zaro tarmoqlar kelishishlari lozim. Xuddi shu tartibda invistitsiyalar ham amalga oshirilishi lozim. Ular bir- birlarini o'zaro bog'lab turishlari va jamlashgan holda yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni yuzaga keltirishi lozim.
Ishbilarmon kompaniyalar bu — o'zining kuchlarini strategik yo'nalishlargayo'naltirishidadir. Mijozlar talablarini qoniqtirish uchun korxona umumiy tashkiliy strategiyaga rioya qilishi lozim. Yaxshi
strategiya bozorda opining o‘mini mustahkamlashga yordam beradiki, shu o‘rinda bu sotib oluvchilaming talablarini boshqa raqobatchilarga nisbatan muayyan ravishda kuchaytiradi.
Kompaniya strategiyasi — segmentlangan bozorda muvozonatni raqobatchilarga nisbatan osonroq toshidir.Bu tashkiliy reja raqobat- chilardan ustunligini belgiiab beradi.
Strategiya quyidagilarga javob beradi:
“ korxona raqobatbardoshligining qay darajada ekanligi;
korxona o‘zining nimalariga nisbatan raqobotchilardan ustunligini belgilaydi;
korxonaning asosiy ustunligi nimalardan iboratligi.
Shunday qilib, korporativ strategiyani asosiy roli bu — boshqaruvni birlashgan holda mijozlar talabini raqobatchilarga nisbatan sifatliroq amalga oshirish. Strategiya tuzilishi — boshqaruvchi va vaqtinchalik boshliq vazifasini bajaruvchilarga o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilar hamda ishchilar o‘rtasida strategiyani tatbiq etishdan iboratligidir.
Biznes iqlimning o'zgarishiga quyidagilar kiradi:
markazlashtirishni yo'qotish;
biznes iqlimning beqarorligi, globallashuv;
texnologiyalarning tez o‘zgarishi;
jamoatchilikning xulqqa va poraxo‘rlikka qarshi katta e’tibori (masalan, «Korporativ ijtimoiy mas’uliyat haqida ming yillikning jamoatchilik fikri» so‘rovi natijalari);
mehnat kuchi va bozorlaming xilma-xilligi;
ommaviy axborot vositalarining izlanishlari.
Ayrim joriy masalalar o‘z ichiga quyidagilami qamrab oladi:
o‘z maqsadlari bo'yicha ishlatilmayotgan mablag‘lar;
qonunlarning amaliyotga nomuvofiqligi;
poraxo‘rlik vaziyati, juda past tadbirkorlik faoliyati;
aksiyadoming faolligi — Kuzatuv kengashi, kompaniya rahbariyati hisob berib turishi lozim;
sifat va unumdorlikka xodimning munosabati. «Shaxsiy fikr va guruh yoki rahbariyat fikriga ergashish».
Ilgari investorlar 0‘zlarining diqqatini investitsiyalar uchun odatiy bo‘lgan tavakkalchiliklarda jamlar edi:
investiisiyalaming moliyaviy qaytishi;
siyosiy barqarorlik / samaradorlik;
boshqariladigan sug'urta siyosati;
rivojlangan moliyaviy tuzilma.
Hozirgi paytda investorlar ko‘proq quyidagilarga e’tibor bermoqda:
korporativ rahbariyat;
ijtimoiy mas’uliyat,
Zaif korporativ boshqaruv korporatsiyalarga investitsiyalarning ke- lishini cheklaydi va oqibatda o‘sish hamda rivojlanishni ham cheklaydi. Korporativ rahbariyatning samaradorligiga ko‘r-ko‘rona ishonish shart emas. Korporativ boshqaruv global kapital uchun kurashishda tobora muhimroq omil bo‘lib bormoqda. O‘z ixtiyori bilan qabul qilingan «Biznes xulq kodeksi» qonuniy va xulqqa muvofiqlikni quwatlashda rahbariyatni yaxshilash jarayonidagi birinchi qadam bo‘lmoqda.
Korporatsiyalarning moliyaviy siyosati korporatsiyaning umumiy strategiyasining bir bo‘lagi bo‘lib, uning maqsad va vazifalariga to‘g‘ri kelishi lozim.
Korporpatsiyaning rivojlantirish strategiyasi barcha mablag* laming samarali taqsimlanishi va foydalanishini ta’minlaydi: moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek, yer va texnologiyalarining raqobot- lilik muhitida barqarorlik darajasini saqlaydi (8-rasm).
Shuning uchun, birinchi navbatda, boshqaruvning tezkor shaklini (tahlilsiz qarorlarni qabul qilish) qo'llangandan ko‘ra, tahlil va bashorat orqali boshqarishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Korporatsiya strategiyasini ishlab chiqish mahsulotni ishlab chiqarish, bozomi rivojlantirish, xatarlarni baholash, korporatsiyalarning moliyaviy xojalik tahlili asosida aniqlangan holati, korporatsiyalarning kuchli va zaif tomonlari bo‘yicha bashoratlarini amalga oshirish asosida tuzilishi lozim (9-rasm). Bizning fikrimizcha, korporatsiyalarning umu- miy strategiyasi korporativ birlashmalarning turiga ham bog‘liqdir.
Korporativ boshqaruv maqsadlarini belgilash bo'yicha profeesor M.B. Xamidulinning 1 «Korporativ strategiyalarni moliyalashtirish usullari va mexanizmlari» maqolasida aytib o'tganidek, an’anaviy neok- lassik iqtisodiy modelga ko‘ra, har qanday kompaniya foydani bir marta olish uchun emas, balki uzoq muddatga ta’miniash uchun uni maksimallashtirishga xizmat qiladi. Mazkur nazariya doirasida boshqa rasmiy mezonlar ham qo'llaniladi. Xususan, kompaniyaning umumiy samaradorligini baholash uchun «aksiyaga daromad» ko‘rsatkichidan foydalanish juda keng tarqalgan, investitsiyalar samaradorligini baholash uchun esa «investitsiyalar rentabelligi» ko‘rsatkichidan foyda-
1 M.B. Xamidulin. Korporativ strategiyalarni moliyalashtirish usullari va mexanizmlari. Korxonani boshqarish jurnali. 2007-y №5-6. 4-b.