Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə13/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
Korporativ boshqaruv

Unitar model:

  • boshqaruvning yagona organi — uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan ko‘ra mustaqil direktorlar ko'proq bo‘lgan unitar Direk­torlar Kengashi (aksiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» model!: 24—30% aksiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik korxonalar qo‘lida bo‘ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70—80% aksiya, aksincha, hara- katchan, vaqti-vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir kishining qo‘lidan boshqasiga oson o‘tadi);

  • aksiyadorlik kapitalning katta qismi inglizsakson udumlarida tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat;

  • jismoniy shaxslarga qarashli bo‘lmagan aksiyalar asosan insti­tutsional investorlar qo'lida jamlangan;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib turadi;

  • minoritar aksiyadorlar huquqlarmi himoya qilish yuqori darajada; —jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv.

Ikki pog‘onali model (insayderlik):

  • rahbarlik va ijrochilik organi;

— Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi);

  • ijroiya organi.

  • vazifalarning qat’iy taqsimlanishi. Kengash a’zolari ijroiya orga- niga a’zolik qilishi mumkin emas.

Kontineiital model:

  • doimiy egalarda 70—80% aksiya jamlangan, 20—30% aksiya esa «chakana» sotiladi va xaridorlar ularga mablag‘larni vaqtincha joylash- tirish vositasi sifatida qaraydilar;

  • aksiyadorlik sarmoyasini yirik «ulgurji» investorlar tashkil qilib, bir-birining aksiyasiga o‘zaro egalik qilish (kuchli qaramlik) tizimi keng rivojlangan;

  • Kuzatuv kengashida kompaniya xodimlarining salmoqli vakilligi;

  • uzoqni ko‘radigan investorlar;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori kichikroq va likvidligi kamroq.

Tarmog (yapon) model:
Yapon modeli mazmuniga ko‘ra amerika modeliga ham, germaniya modeliga ham o‘xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyat- larini o‘z ichiga olgan:

  • direktorlar kengashi tarkibida mustaqil direktorlar bo‘ltnasdan,

Kengashning barcha a’zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir; ,




  • aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat gtiruhiga a’zo bo‘lgan kompaniyalarning o‘zaro aksiyalariga egalik qilish holati muhim o'rin tutadi.

  • shaxslararo munosabatlar kuchi muhim ahamiyatga ega;

  • insayderlarning yetakchiligi (5-rasm).

Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQShda aksiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.
Xususan, amerika korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko‘ra o‘z ta’sirini kuchliroq o‘tkaza oladigan yirik investorlarning yo‘qligi xosdir.
Amerika korporatsiyalarining aksiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik paketlarga tarqab ketgan bo‘lib, AQSh korporatsiyalari aksariya- tining reestrlarida umumiy kapitalning bir foizidan oshig‘iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki institutsional investor qayd qilin- magan.
Natijada aksiyadorlarning birorta guruhi direktorlar kengashiga a’zolik qilishga alohida da’vogar bo‘la olmaydi, Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bo‘lmagan aksiyalarning kofpchiligi institutsional investorlar — nafaqa va o‘zaro yordam (pay- chilik) fondlari qo‘lida jamlangandir.
Bu investorlar qo‘llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlaydi, ko‘proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo‘lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda, o‘zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan о‘zlarini olib qo- chadilar.
Aksiyadorlik kapitalining maydalangani bir mulkdordan ikkinchisiga aksiyalarning o‘tishini osonlashtiradi.
Mayda aksiyador o‘ziga qarashli aksiyalarni sotish haqida qarorni nisbatan oson qabul qilishi mumkin, aksincha yirik aksiyador uchun paketning sotilishi, odatda, strategik rejalarning o'zgarishidan dalolat berishi va sotiladigan aksiyalarning kurs qiymati tushib ketishi oqibatida (bozordagi taklifning ortib ketishi sababU) yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Amerika qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlami sotish ishini tez va texnik jihatdan oson amalga oshadigan qilib qo‘yadi.
Kompaniyalarning qo‘shilishi, qo‘shib olinishi, egallanib olinishi va sotib olinishlari amerika fond bozorining keng tarqalgan amaliyoti



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin