Assotsiatsiya. Birlashmaga a’zo bo‘lib kirganlaming mustaqilligini saqlab qolgan holda birgalikda hamkorlik qilish maqsadida jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ko‘ngilli birlashuvi.
Konsorstium.Korporatsiyalar, banklar va boshqa tashkilotlarning umumiy kelishuv asosida kapital sig'imi katta bo‘lgan loyihani amalga oshirish yoki birgalikda zayom joylashtirish uchun (bu- yurtmachilar oldida birgalikda javobgar bo'ladi) vaqtinchalik birlashuvi.
Konsern. Manfaatlar umumiyligi, shartnomalar, kapital, qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq korxonalar yirik birlashuvi (ko'pincha bunday guruh bu korporatsiyalar aksiyalariga egalik qiluvchi xolding atrofida birlashadi).
Sindikat. Bir xil mahsulot chiqaruvchi korxonalaming mahsulotni umumiy savdo tarmog‘i orqali jamoaviy sotishni tashkil qilish maqsadida birlashuvi.
Moliya sanoatguruhlari (MSG). Belgilangan tartibda mos keluvchi idoralarda ro‘yxatga olingan yuridik jihatdan mustaqil, moddiy resurslari va kapitallarini umumiy iqtisodiy maqsadga erishish uchun birlashtirgan korxonalar, moliyaviy va investitsiya institutlari guruhi. MSGda markaziy (bosh) korporatsiya ixtisoslashgan tashkilot — «boshqaruvchi kompaniya» ham, guruhga kiruvchi ishlab chiqarish korxonasi yoki birlashma, bank, moliya yoki sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin.
Xolding. Aksiyalar nazorat paketiga ega, ulaming operatsiyalari ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida boshqa kompaniya va korxonalar faoliyatini boshqaradigan yoki nazorat qiladigan aksiyadorlik kompaniyasi. Xolding kompaniyasi o‘zining ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lmasligi va ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanmasligi mumkin.
Tayanch iboralar: mablag‘lar, samara, model, transaksion xarajatlar, aksiyadorlar, direktorlar Kengashi, bosh direktor, diversifikatsiya, kapital. Nazorat savollari Korporativ boshqaruvning vujudga kelishi sabablari nimalardan iborat?
Korporativ boshqaruvning nazariy asoslarini ayting.
Transaksiya xarajatlari nazariyasi nima?
Muloqotlar nazariyasini tushuntirib bering.
Implistit shartnomasi nima?
Mulkchilik huquqlari nazariyasini tushuntirib bering.
Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari qanday?
Risk turlari va uni diversifikatsiyalash nima?
Modilyani — Miller teoremasini tushuntirib bering.
Yensenning erkin pul oqimlari nazariyasini tushuntirib bering.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillari quyidagilardan iborat:
Birinchi tamoyil — aksiyadorlar uchun foydani maksimallashtirish. Kompaniya uning aksiyadorlari eng yuqori foyda olishi uchun ishlaydi. Bunda u aksiyadorlar (mulk egalari) yoki menejmentning biron guruhi emas, balki barcha aksiyadorlar manfaatlariga rioya qilishi lozim.
Ikkinchi tamoyil — moliyaviy axborotlarning ochiqligi. Aksiyadorlar, shuningdek, tartibga solish organlari (0‘zbekistonda bu moliya bozorlari bo‘yicha Federal xizmat hisoblanadi) uchun kompaniya moliyasi haqida xalqaro buxgalteriya hisobi andozalari bo‘yicha tayyorlangan va mustaqil auditor tekshiruvidan o‘tkazilgan axborot ochib berilishi lozim.
Uchinchi tamoyil — kompaniya mulkining shaffoflik tarkibi menejment bilan bog'liq, 5% dan ortiq aksiyalarga ega bodgan aksiyadorlaming affillangan tarkibi.
Bunda mulk tarkibini yakuniy mulk egasigacha ochib berish lozim.