Tayanch iboralar: korporatsiya, menejment, korporativ muhit, korporatsiya subyektlari, korporatsiya tamoyillari, boshqaruv, korporativ aloqalar. Nazorat savollari Korporativ boshqaruvning kelib chiqishi va rivojlanishi bosqichlarini aytib bering.
O'zbekistonda mahalliy korporativ boshqaruvni shakllantirishning bosqichlarini sanab bering.
0‘zbekiston Respublikasi korxonalar! faoliyatida korporativ boshqaruv usullarining institutsional qaror topishi jarayoni omillari sanab bering.
Korporativ boshqaruv va korporativ menejmentning farqini ay ting.
Korporatsiya nima?
Korporativ boshqaruvning xususiyatlari nimada.
Korporativ muhit nima?
Korporativ aloqalarni amalga oshiruvchi ishtirokchilari kimlardan iborat?
Korporativ boshqaruvning maqsad va vazifalarini ayting.
Korporativ boshqaruvning tamoyillarini sanab bering.
Korporativ boshqaruv vujudga kelishining asosiy shart-
sharoitlari va sabablari
Korporativ boshqaruv yirik biznes yuritish zarurati obyekti sifatida shakllangan. Tabiiyki, bundan oldin korporatsiyalar shakllanishining uzoq muddatli jarayoni ro'y bergan. Ma’lum bir bosqichda xalqaro hamjamiyat korporativ strukturalar joylashuvidan qat’i nazar ularning boshqarish jarayonlarini soddalashtirish va bir xil lash tirishga imkon beradigan umumiy me’yorlar va andozalar ishlab chiqishga majbur bo'ldi.
Korporatsiyalarning shakllanishi umumjahon tendensiyalarini tahlil qilib, mutaxassislar uchta asosiy bosqichni ajratib ko'rsatadilar. Har bir bosqich jamiyatda o'sha paytda shakllangan korporatsiyalarga xos jihatlami aks ettiradi.
XX asming boshlarida sanoat inqilobi davomida paydo bo'lgan korporatsiyalar ularning egalari mulki sifatida qabul qilingan. Ular kiritilgan mablag'larga mos keluvchi qaytim (samara) ta’minlash maqsadi uchungina xizmat qiladi deb hisoblangan. Korporatsiya mashina sifatida ко‘rib chiqilgan, xodimlar va boshqaruvchilar bu mashinaning qismlari hisoblangan. Bu davrda boshqaruvning mexa- nistik modeli hukmronlik qilgan. Ushbu daviga quyidagi sharoitlar xos bo'lgan:
korporatsiya egasi xodimlar ustidan cheksiz hukmronlik qilgan va ularga xohlaganicha xo'jayinchilik qilgan;
xodimlarning malaka darajasi juda past bo'lgan va takomillashuv uchun stimullar bo'lmagan;
ma’lumot va so'rovlar darajasi past bo'lgan, chunki ishsizlik bilan bog'liq iqtisodiy muhtojliklar tahdidi muntazam bo'lgan.
Iqtisodiy rivojlanishning mazkur bosqichi korporativ boshqaruvning nazariy asoslari negizi hisoblangan quyidagi ishlarda o'z aksini topgan.
Korporativ boshqaruvning nazariy asoslari firmani boshqarish ele- mentlarini qamrab oladi hamda belgilangan boshqaruv va ishlab chiqarish tashkiliy strukturasiga ega firmaning ko'p profilli yirik biznes- gacha rivojlanish tendensiyalarini modellashtiradi.