Korporativ boshoaruv


Ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining farqli jihatlari1



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Korporativ boshqaruv

Ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining farqli jihatlari1

Farqlantiruvchi belgilar

Ochiq jamiyatlar

Yopiq jamiyatlar

Aksiyadorlar soni bo'yicha

Cheklanmagan

3shaxsdan kam, 50 danko'p emas.

Ustav fondi hajmi bo'yicha

Davlat ro'yxatidan o'tish sanasida qiymati 400.000 AQSH dollariga ekvivalent bo'lgan hajmdan kam bo'lmasligi kerak.

Davlat ro'yxatidan o'tish sanasida qiymati 400.000 AQSH dollariga ekvivalent bo'lgan hajmdan kam bo'lmasligi kerak.

Aksiyalarni joylashtirish bo'yicha

Aksiyaga ochiq obuna va ularning erkin sotilishi.Jamiyat ustavida hamda qonunchilikda man qilingan hollardan tashqari hollarda yopiq obunaga ruxsat beriladi.

Yopiq obuna.Aksiyalar faqat ta’sischilar yoki oldindan ma’lum bo'lgan boshqa shaxslar orasida joylashtirilishi mumkin. Chiqariladigan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishi mumkin emas.

Aksiyalarni sotishdagi cheklovlar

Cheklanmagan: aksiyadorlar yoki jamiyat tomonidan roziliktalab qilinmaydi.

Boshqa aksiyadorlar agar ustavda nazarda tutilgan bo'lsa, jamiyat aksiya sotib olishda ustunlikhuquqiga ega.

Axborotning oshkor qilinishi bo'yicha

Qonunchilikda o‘matilgan masalalar bo‘yicha axborotni oshkor qilishga majbur.

Qonunda axborot oshkor qilinishi bo'yicha hech qanday talab mavjud emas.


1 Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun. 26.04.1996-y.




  • fond bozori orqali katta hajmdagi investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati;

  • jamiyat majburiyatlari bo‘yicha aksiyadorlaming javobgarligi faqat ustav kapitalidagi ulushi miqdorida cheklanganligi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini ng tavakkalchiligi ko‘p sonli aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi;

  • aksiyalar erkin oldi-sotdi predmeti bo‘lib, ularga egalikning o‘zgarishi aksiyadorlik kapitali va aksiyadorlarga nisbatan huquq hamda majburiyatlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi;

  • yirik kompaniyaning ustunligidan foydalanish (murakkab, ilm — fan yutuqlarini ishlatishni talab qiluvchi mahsulotlarni ishlab chi­qarish imkoniyati, o‘zlik va qarz sarmoyani jalb qilish orqali ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari va hokazo).

2-jadvalda ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining farqli jihatlari berilgan.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati kamchiliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • aksiyadorlik jamiyatini tuzishda tashkiliy qiyinchiliklar (ko‘plab hujjatlarni tayyoriash, ularni ko'pchilik idoralardan o‘tkazish va hokazo);

  • davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi va huquqiy tartibga solinishi;

  • bevosita aksiyadorlik jamiyatiga va uning aksiyadorlariga yuk- lanuvchi sezilarli soliq yuki;

  • ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida axborotlarning nisbatan chuqur oshkora qilish majburiyati natijasida faoliyatning tijorat sirlari oshkora bo‘lishi, hisob yuritish va hisobot tayyorlashda talablarning yuqoriroq bo‘lishi;

  • odatda, boshqa shaxslar guruhlarining manfaatlariga zid bo‘lgan va ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatida xususiy manfaatlarga ega bodishi mumkin bo4gan turli shaxslar guruhlarining mavjud bodishi hamda yollanma menejerlarga ularga qarashli bo'lmagan mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatlarning berilishi.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin