Aksionerlar korporatsiyalar bilan alohida iqtisodiy aloqalami tashkil etadi: ular korporatsiyaning tashkil etilishining sababchilari bo‘lib, «xatarli» kapitalning yetkazib beruvchilari hisoblanadi, ularning kapitali orqali korporatsiyalarning rivojlanish va o‘sishi kuzatiladi. Koipo- ratsiyalaming barcha harakat va jarayonlarida aksionerlaming manfaati hisobga olinishi maqsadga tnuvofiqdir.
Iste’molchilar o‘ziga alohida e’tibor talab qiluvchilardan biri hisob- lanib, korporatsiyalar ularsiz faoliyat olib borishi mumkin emas. Iste’molchilar sifatli mahsulot va xizmatlami qoniqarli darajadagi narxda olishni va talabga javob beradigan xizmat turlarini hamda haqiqatga yaqin reklamalami qabul qilishni istaydi. Agarda korporatsiyalar iste’molchilaming xohishini qoniqtirishga barcha kuchini sarflamasa, korporatsiyalarning asosiy strategik maqsadlarini qo‘ldan boy berilgan- ligidan dalolat beradi va korporatsiyalar uzoq hamda qisqa muddatli omadsizliklarga duch kelishi mumkin.
Xizmatchilarkorporatsiyalardan oddiy talablarni qondirilishini so‘raydi, ya’ni oddiy ish haqini to‘lashdan boshlab, to ish beruvchi va xizmatchilar bilan bo‘ladigan boshqa jihatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Imkoniyatlarning tengligi, ish joyida sogdiqni himoya qilish, moliyaviy bexatarlik, shaxsiy hayotga aralashmaslik, mustaqillik va o‘ziga taalluqli yashash sharoitini ta’minlashni talab qiladi.
Mahalliy aholiishiab chiqarish jarayonida korporatsiyalar ularga katta ta’sirini ko‘rsatadi. Aholi korporatsiyalardan mahalliy muam- molarda ishtirok etish va ularning muammolarini yechishda bevosita ishtirokini: ya’ni ta’lim, transportni tashkil etish, dam olish uchun sharoit yaratish, sog'liqni saqlash tizimini, atrof-muhitni himoyalashni kutadi.
Jamiyat, korporatsiyalar ularga xalqaro va milliy darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ulaming faoliyati har xil shakllardagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, boshqarish tuzilmalar va ommaviy axborot vositalarining e’tiborida bo'ladi.
Korporatsiyalardan milliy va xalqaro miqyosidagi soliq hamda boshqa majburiy toJovlarini to'lash kabi muammolami yechish amalga oshirishini kutadi.Korporatsiyalaming jamiyat oldidagi asosiy majbu- riyatlaridan biri o‘z iqtisodiy hayotiyligini qo'llab-quwatlash va saqlab qolishdan iboratdir.
Shu orqali ish joylarini ko'paytirish, ya’ni dunyodagi global muammolaridan biri ishsizlikning oldini olish va ishiab chiqarishda ekologik xavf-xatardan himoyalashi lozimdir.