Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə42/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
Korporativ boshqaruv

Birinchi yondashuv. Aksiyadorlik kapitalining bir qo'lda to'planishi (konsentratsiya) — aksiyadorlarni himoya qilish huquqiy vositalari minimal va minoritar aksiyadorlarni himoya qilish huquqiy vositalari




maksimal bo'lishini ko'zda tutadi, o'ziga xos o'zaro neytrallash vaziyatini yaratadi: asta-sekinlik bilan mayda aksiyadorlarni chiqarib yuborish koiporativ sektor nuqtayi nazaridan minoritariylarni himoya qilish keng vositalari ahamiyatini pasaytiradi, mayda aksiyadorlarni himoyalash vositalarining o'zi esa korporativ shantaj vositalariga aylanadi.
Ikkinchi yondashuv. Aksiyadorlarni himoya qilish huquqiy vosita­larining yoyiq tizimini yaratish, o'z navbatida, bir qo'lda to‘planish (konsentratsiya) jarayonining davom etishini (iqtisodiy jarayonlarga aksincha ta’sir omili sifatida) to'xtatib turadi.
Bunda esdan chiqarmaslik kerakki, konsentratsiyani davom ettirish yo'li bilan o'z manfaatlarini himoya qilish bu — yirik aksiyadorlarning alohida huquqlari, ular himoya qilishning huquqiy vositalari yo'qligiga emas, balki buyurtma asosida qo‘llanishga javob beradi, chunki minoritar aksiyadorlar na konsolidatsiya sharoitlariga, na mustaqil sud imkoniyatlariga ega emas.
Bunday vaziyatda korporativ munosabatlarning barcha qatnash- chilari manfaatlari muvozanatini qo'llab-quvvatlash uchun aniq huquqiy maydon shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Davlat nuqtayi nazaridan fundamental vazifa bu — korporativ boshqaruvni mulk huquqini (investorlar huquqlari, aksiyadorlar huquqlari) himoya qilish va kafolatlash nuqtayi nazaridan ko'rib chiqishdir.
Lekin shunga qaramay, O'zbekistonda korporativ boshqaruvning rivojlanishida ayrim umid uyg'otuvchi tendensiyalar kuzatilmoqda.

  1. Korporativ boshqaruv sohasida umumiy siyosatni amalga oshirish bo'yicha davlat organi — Davlat Mulk Qo'mitasi mavjud.

  2. Qator korxonalar o'z korporativ boshqaruv kodekslarini ishlab chiqdi va qabul qildi, shuningdek, direktorlar Kengashiga tashqi aksiyadorlar vakillarini kiritdi.

  3. Kompaniyalar dividend siyosatining yaxshilanishi korporativ munosabatlar yetukligidan dalolat beradi. Ko'pchilik kompaniyalar foydani qayta taqsimlashga diqqat bilan e’tibor qarata boshladi.

  4. Menejerlarning mulk egalari nazorati ostida bo'Iishi bilan bog'liq vaziyatlarda ham ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Yaxshi ishla- mayotgan rahbarlarni ishdan bo'shatish xavfi korporativ boshqaruvda faoliyat ko'rsatayotgan mexanizmlardan biriga aylanmoqda.

  5. Kompaniyalar haqida korporativ boshqaruv bilan bog'liq risklar nuqtayi nazaridan axborotga talab o'smoqda.





Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin