Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə45/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Korporativ boshqaruv

Ikkinchi bosqich. Korxona faoliyati bilan bog'liq omillar, kuchli va kuchsiz tomonlari, biznes — jarayonlar, imkoniyatlar va xavfni, bozor segmenti, bozor potensiali (talab va taklif, iste’molchilar va ta’minlovchilar, strategik hamkorlar), ixtisoslik, raqobatchilar, joriy strategiya va o'z faoliyatini saqlab qolish strategiyasi tahlil qilinadi.
Uchinchi bosqich. Restrukturizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish, u quyidagilarni: biznes-reja, biznes — birlikning yangi funksiyasiga tavsif, biznes — jarayonlarga tavsif, hisob tizimi, xodimlar rejasi, turli strategiya va modellar o'zida mujassamlashtirgan bo'Iishi kerak. Restrukturizatsiya qilish dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish bozor segmentiga asosan olib borilib, muhim segmentlar tahlil qilinadi, foydasiz bozor segmentlari va foydali bo'lgan yangi segmentlar aniqlanadi, so'ng tarkibida eng optimal asosiy bo'limlarga ega bo'lgan korxona tuzilmasini tashkil etish uchun biznes — birliklarni strategik guruhlash amalga oshiriladi va oxirida istiqbolli bo'limlaming biznes- rejalari taklif etiladi.
To'rtinchi bosqich. Batafsil yoritilgan rejalar, xodimlami xabardor qilish, ishlab chiqarish va moliyalashni restrukturizatsiya qilish bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilishi, muddatlarining nazorat qilishni o'z ichiga olgan restrukturizatsiya qilish dasturini amalga oshirish.
Restrukturizatsiya qilish jarayonining murakkabligi izlanish obyek- tining konseptual murakkabligidan kelib chiqadi. Hatto uncha katta bo'lmagan korxonalar uchun ham barcha tafsilotlami ko'rish qiyin, yirik kompaniyalar uchun esa ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatdan hech kim barcha tafsilotlami qamrab oluvchi aniq tasawurga ega emas. Ehtimol aynan ushbu omil natijasida ko'pincha restrukturizatsiya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Taklif ■etilayotgan restrukturizatsiya qilish dasturi biznes mulkdorlari manfaat­larini aks ettirishga yo'naltirilgan, haqiqatda ham u yoki bu korxo­naning o'z kapitaliga investitsiya qilishga qaror qabul qilganda




korxonaning investitsion jozibadorligini belgilaydilar va birinchilardan bo‘lib investitsiya qilingan mablagUarini yo(qotishlari mumkin, Nol qiymat strategiyasi (tashqi boshqaruvning turlaridan biri) va qiymatni maksimallashtirish (mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish shaiti bilan) korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish va tang holatdan chiqib ketishning alternativ konsepsiyasi sifatida qaralishi kerak, bunda bosh­qaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy mezon sifatida risk va restrukturizatsiya qilishning moliyaviy imkoniyatlari qaralishi kerak.

  1. Xorijiy davlatlardagi restrukturizatsiyalash jarayonlarini
    amalga oshirish tajribasining tahlili


Xorijiy davlatlarda olib borilgan restrukturizatsiyalash ishlarini tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, restrukturizatsiyalash jarayoni asosan biznesni yangi mavqelarga olib chiqish, qiymatini oshirish, yangi bozorlarni egallash va yangi texnologiyalarni joriy qilish yo‘lida olib borilgan. Shu bilan birgalikda oxirgi yillarda yirik korxonalarda olib borilgan restrukturizatsiyalash jarayoni, ularning bozordagi monopol holatlarini kamaytirish maqsadida olib borilgan. Bu bo‘limda xorijiy davlatlarda amalga oshirilgan ikki turdagi restrukturizatsiyalash jarayonini ko‘rsatib o‘tmoqchiniiz:

  • 1998-yillar oxirida o'z bozorini yo‘qotgan va iqtisodiy inqirozga yuz tutgan «UralAZ» OAJ (Rossiya) korxonasining bir necha bos- qichlardan iborat ishiab chiqarishdagi olib borilgan restrukturizatsiyalash jarayonini ko‘rib chiqaylik.

«UralAZ» OAJ kabi yirik shahar tipidagi mashinasozlik korxonasi tashqi boshqaruvni o‘rnatishni maqsad qilib korxonaning iqtisodiy holatini tikiash, kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin ish ohinla- rining katta qismini saqlagan holda avtotexnika bozorida muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashni talab qildi.
Shuning uchun «UralAZ» OAJ tashqi boshqaruvi rejasiga qo'shim- cha qilib tashqi boshqaruv maqsadlariga erishishning ko‘p sonli tadbirlari ko‘zda tutilgan:

  • korxona ishiab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirish;

  • korxonani boshqarishning hozirgi va kelajakdagi boshqarilishini ta'minlaydigan boshqarish strukturasini optimallashtirish va ma’lumot tizimini yaratish;

  • xodimlar sonini optimallashtirish va ish xaqini tashkil qilishni takomillashtirish;




  • debitorlik qarzlarini tugatish va uzoq muddatli moliyaviy qo'yil- malarni qaytarish;

  • qarzdorning bir qism mulkini qarzlar evaziga berish.

1999-yilda ishlab chiqarishni restrukturizatsiyalashning birinchi bosqichi sifatida, «UralAZ» OAJ tashqi boshqaruv rejasida ko'zda tutilgan, korxona ishlab chiqaradigan mahsulotning davlat mudofaasi uchunligining muhim ahamiyatga egaligini va ishlab chiqarishda foyda- laniladigan quwatga qo'yiladigan talablarni hisobga olib, «Ural avtomobil zavodi» Ochiq Aksiyadorlik Jamiyatini ta’sis qilishga qaror qilindi. Bu jamiyatning ustav kapitali qilib deyarli barcha asosiy sexlar kompleksi va ko'pchilik xizmat ko‘rsatuvchi bo'linmalarni kiritish ko'zda tutilgan.
1999-2008-yillarda tashqi boshqaruv rejasida ko'zda tutilgan, ishlab chiqarishni tarkiban qayta o'zgartirish mobaynida tashkil qilinadigan «sho’ba» jamiyatlari ustav kapitaliga kiritiladigan mulkning qiymatini mustaqil baholovchi tomonidan baholandi.
Bunda mustaqil xo'jalik yurituvchi jamiyatlami ta’sis qilingan davrga qadar mavjud ishlab chiqarish bo'linmalarini foyda markazlariga aylantirish ko'zda tutilgan. Bu qayta tashkil qilishning silliq olishini va kadrlarni tanlashning to'g'riligini ta’minlaydi, boshqaruvning barcha richaglarini tashqi boshqaruvda qoldirish sharoitlarida iqtisodiy munosabatlarni ko'rib chiqish imkonini beradi.
2004—2008-yillarda olib borilgan restrukturizatsiyalash jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oldi:

  • «UralAZ» OAJ tashqi boshqaruv rejasiga asosan olib borilgan restrukturizatsiyalash ishlari, boshqaruvni restrukturizatsiyalashga va kreditorlar bilan hisoblashishga imkoniyat yaratdi;

  • korxona shu davr ichida investorlar va korxona tarkibida tashkil qilingan sho’ba korxonalar mablag'lari hisobiga o'z aylanma mab- lag'larni tiklagan holda iqtisodiy holatini tikladi. 2001-yildan boshlab «UralAZ» OAJ tarkibida alohida-alohida bozorlarga ega bo'lgan va alohida bozor segmentlariga qaratilgan 2 ta sho’ba korxonalar tashqi faoliyat yuritmoqda.

1998—2007-yillarda kompyuter dasturlari bo'yicha dunyo bozorida yetakchi o'rinlami egallagan va dunyo kompyuter dasturlari bozori o'z ta’sirini o'tkazgan «Microsoft» kompaniyasida olib borilgan restruk­turizatsiyalash ishlarining tahlilini ko'rib chiqaylik. Dunyo bozorida monopol mavqega ega bo'lgan «Microsoft» 1999-yilning 29-martida e’lon qilgan restrukturizatsiyalash rejasiga ko'ra quyidagi yangi




strukturada ish boshlaganini e’lon qildi va quyidagi bo'limlarni tashkil qildi:

  • korporativ texnoligiyalar bo'limi asosan yirik iste’molchilaming talablarini qondirish va Windows 2000 sistemasidagi dasturlarni takomillashtirish borasida ish olib borishi belgilab olingan;

  • iste’molchilar uchun Windows sistemasi bo'limi oxirgi iste’mol- chilargacha Windows 1998 sistemasini yetkazish va ushbu sistema dasturlarini qayta ko'rish qilib belgilandi;

  • kompyuterlar dasturlarini ishlab chiqarish bo'limi asosan Mic- ■ rosoft Office dasturlarini ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga yetkazish bilan shug'ullanish borasida ish olib borishi belgilab olingan;

  • 2005-yildan elektron tijorat bo'limi oldiga Internet bilan bog'liq dasturlarini takomillashtirish, rivojlantirish va bu dasturlarni iste’mol- chilarga yetkazish bilan shug'ullanish masalasi qo'yildi.

Tadbirkorlik doimo iqtisodiy nochor qolish yoki foydaning kamayishi xavfi bilan bog'liqdir. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda tavakkalchilik holatlari ko'p bo'lishiga qaramay, tavakkalchilik qarorla- ridan uzoqroq yurishga harakat qiladigan boshqaruvchilar kompaniyani turg'unlikka va raqobatbardoshlikning yo'qotilishiga duchor qiladilar. Eng katta foydani aynan yuqori tavakkalchilikka bog'liq amallar keltiradi.
Tavakkalchilik va tahdidlaming asosiy omillari quyidagilardan iboratdir:

  1. Kutilmagan siyosiy va makroiqtisodiy omillar:

  • iqtisodiyotdagi yuksalish va inqirozlar, inflatsiya;

  • soliq va boj to'lovlarining oshishi, majburiy ajratmalarning kiritilishi;

  • mulkchilik munosabatlaridagi o'zgarishlar, siyosiy sabablarga ko'ra mulk va pul mablag'larining begonalashtirilishi;

  • valuta almashish kursining o'zgarishi;

  • qonunchilikning o'zgarishi.

  1. Bozordagi vaziyat o'zgarishiga bog'liq omillar:

  • talabning susayishi va narxlaming tushishi;

  • moddiy, energetik resurslarga baho va ta’riflar hamda transport ta’riflarining oshishi;

  • mijozlar didining o'zgarishi, raqobatchilarning kutilmagan harakatlari, bir-birining o'rnini bosuvchi tovarlarning paydo bo'Iishi;

  • qimmatli qog'ozlar kursining o'zgarishi va boshqalar.




  1. Tashqi iqtisodiy omillar:

  • ayrim mamlakatlarga tovarlar eksportining man qilinishi yoki cheklashlar kiritilishi;

  • ayrim mamlakatlarda tovarlarni eksport qilishga boj toHovlafi­ning oshishi yoki pasayishi;

  • boshqa davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy inqirozlar;

~ jahon bozorlarida narxlaming o‘zgarishi;

  • boshqa davlatlardagi aktivlar yoki daromadning muzlatib qo‘yi- lishi yoki musodara qilinishi;

  • chet eldagi uzoq muddatli kontraktlaming o‘zgarish ehtimoli.

  1. Kompaniyaning ichki omillari:

  • korxona strategiyasi va uning biznes-rejasini tuzadigan, foyda va zararlaming hisobini yuritadigan shaxslar qo'llovchi uslubiyotning takomillashmaganligi va savodsizligi;

  • xo‘jalik aloqalari bo‘yicha hamkorlaming nopokligi va to‘lovga noqobilligi;

  • noto‘g‘ri boshqaruvchilik qarorlarining qabul qilinishi;

  • ijro etuvchilaming xato tanlanishi, marketing bashoratidagi xato- lar, ijroiya organi muhim takliflarining aksiyadorlar umumiy yighlishi yoki kuzatuv kengashi tomonidan rad qilinishi.

Shuningdek, tavakkalchilik omillari sifatida tabiat ofatlari, ish tashlashlar, o‘g‘rilik va reket bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki ulaming salbiy oqibatlarini todiq bartaraf qilish (imkoni bo‘lsa) maqsadida tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa yirik kompaniyalar tavakkalchilikni boshqarishlari zarur.
Tavakkalchilikni boshqarish maqsadi har qanday yomon vaziyatlarda ham, gap aslo bankrotlikka tushish haqida emas, balki faqat foydaning birmuncha kamayishi haqida ketishiga erishishdir.
Tavakkalchilikni boshqarish o‘ziga quyidagilarni oladi:

  • tavakkalchilik vaziyatlarini tahlil va bashorat qilish, xavfi kuchli sohalami aniqlash;

  • tavakkalchilik vaziyatlarida yo'qotishlami kamaytirish bo‘yicha tadbirlami ishiab chiqish va amalga oshirish;

  • kompaniya boUimlari ishini muvofiqlashtirish, rag'batlantirish, nazorat qilish va boshqalar, ya’ni boshqaruv funksiyalarining to‘la kompleksini amalga oshirish.

Tavakkalchilik qarorlarini qabul qilishning asosiy tamoyillari:

  • kompaniya o‘zlik kapitalining imkoniyati darajasidan ko'proqqa tavakkal qilmasligi kerak;




  • doimo tavakkalchilik oqibatlari haqida o'ylash kerak;

  • ijobiy qaror faqat ikkilanish yo'q holatdagina qabul qilinishi lozim;

  • oz narsaga erishish uchun ko'proq narsani xavf ostiga qo‘yib bo'lmaydi;

  • faqat yagona yechimi bor deb o'ylash kerak emas, boshqa yechimlarning ham bo'Iishi ehtimoli bor;

  • kapitalni tavakkalchilik bilan ishlatishdan oldin, ushbu tavakkal- chilikdan olinishi mumkin bo'lgan maksimal zarami aniqlash, zarar miqdorini ishlatiladigan kapital hajmi bilan solishtirish, barcha o'zlik moliyaviy imkoniyatlarga taqqoslash va ushbu kapitalning yo'qotilishi iqtisodiy nochorlikka olib keladimi yo'qmi aniqlash lozim.

Tavakkalchilikni bashorat qilish va korxonaga uning ta’sirini kamay- tirish bo'yicha qaror qabul qilishning muhim vositalari:

  • buning uchun zarur bo'lgan ma’lumotlaming mavjudligi;

  • limitlash, ya’ni xarajat, sotish, kredit va boshqalaming cheklangan miqdorini o'rnatish. Tovarlami kreditga sotishda, qarz berishda, joylashtiriladigan kapital qiymatini aniqlashda va boshqalarda qo'lla- niladi;

  • o'z-o'zini sug'urtalash — kompaniyada, ayniqsa doimo tavak­kalchilik qilinganida, moddiy va moliyaviy sug'urta fondlarini tashkil qilish;

  • sug'urtalash — muayyan voqealar (tavakkalchilik vaziyatlari) yuz berganda moddiy manfaatlami himoya qilish.

Tavakkalchilikni boshqarishda, ayniqsa, kompaniya uchun qiyin davr kelganda ijroiya organi bilan birgalikda Kuzatuv kengashi (KK) faol ishtirok etishi kerak. Tavakkalchilikni nazorat qilish maqsadida KK ulami kuzatib borishi va zarur hollarda aksiyadorlarni ular haqida ogoh qilishi kerak. Tavakkalchilikni boshqarish uchun KK tarkibiga aniq tavakkalchilik turlari, ularning kompaniya uchun xavf darajasi va inqiroz vaziyatidan chiqib ketish mexanizmlari haqida tushunchaga ega bo'lgan mutaxassislar a’zo bo'Iishi kerak.
Tavakkalchilik ustidan nazorat qilish vazifasi KK raisi yoki moliyaviy hujjatlami yaxshi tushunadigan KKning a’zosiga topshirilishi kerak.
Inqirozni boshqarishda Kuzatuv kengashining rolini oshirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • har chorakda kompaniyada yuz berayotgan, ayniqsa tavakkalchilik bilan bog'liq bo'lgan, muhim voqealar haqida ma’lumotlaming ijroiya organidan olinishi va ko'rib chiqilishi. Bundan tashqari, KKga har




oyda moliyaviy mablag'larning harakati haqida qisqacha axborot berib borilishi kerak;

  • tavakkalchilikni boshqarish muammolariga e’tiborni oshirish uchun KK a’zolarining motivatsiyasini oshirish;

  • maxsus o'quv mashg‘ulotlari o'tkazish yo'li bilan tavakkalchilik ustidan nazorat ishlarining mohiyatini KK a’zolari tomonidan tushunish darajasini oshirish;

  • muvaffaqiyatli kompaniyalarda tavakkalchilikni boshqarishda KKning roli bilan tanishish;

  • tavakkalchilikni nazorat qilish texnologiyasini o'zlashtirish (zarur ichki hujjatlarning yetarliligi ustidan nazorat, tez uchraydigan tavakkalchilik vaziyatlarida qanday harakat qilish, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqalar bilan qanday munosabatni qurish kerakligini o'rganish).

Tavakkalchilik omillari juda ko'p bo'lganda ayrim korxonalar yaxshi yo'lga qo'yilgan tavakkalchilikni boshqarish tizimiga ega bo'lsa ham murakkab inqiroz vaziyatiga tushib qolishi mumkin.
Korxonani inqiroz vaziyatidan chiqarish vositasi uni restrukturi­zatsiyalash bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmalarini hamda kapital tarkibini o'zgartirish kabi korxonaning odatiy ish sikli doirasidan tashqariga chiqadigan tadbirlar nazarda tutiladi.
Korxona raqobatbardosh mahsulot nomenklaturasiga o'tganda va xarajatlar tarkibi foydali faoliyatga erishish (qaytish)ga imkon bergan- dagina restrukturizatsiya amalga oshgan bo'ladi.
Amalga oshirilish muddatlariga qarab restrukturizatsiya quyida- gilarga ajratiladi:

  • qisqa muddatli restrukturizatsiya yaqin kelajakda korxonaning omon qolishini ta’minlash maqsadida uning holatini barqaror- lashtirishga yo'naltirilgan bo'lib, u diqqatini qarz majburiyatlarini, mulkiy kompleks va ustav fondi, boshqaruvni takomillashtirishga qaratadi;

  • uzoq muddatli restrukturizatsiya yangi mahsulotlami chiqarish va yangi bozorlarga chiqish hamda shu bilan bog'liq ishlab chiqarish, boshqaruv va hokazolar tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

O'tkazilish usullariga ko'ra restrukturizatsiyaning quyidagi o'zaro bog'liq yo'nalishlarini ajratish mumkin:

  • korxona ko'lamini o'zgartirish, ya’ni kengaytirish (birlashtirish, qo'shilish va boshqalar) va qisqartirish (bo'lish, ajratib chiqarish va boshqalar);




  • mulkka va korporativ nazoratga ta’sir o'tkazish (qayta tashkil

etish), ustav fondini restrukturizatsiyalash (aksiya yoki ulushlarning emissiyasi, sotilishi, sotib olinishi, konvetatsiyasi), kreditorlik qarz- | dorlikni restrukturizatsiyalash (so'ndirish, hisobdan chiqarish, mud- < datini surish, sotish va boshqalar); ‘

  • korxona faoliyatining ichki tuzilmasini o'zgartirish orqali: tashki-j liy tuzilmasini qayta qurish (vakolatlarning qayta taqsimlanishi, bosh- < qaruv xizmatlarining ishi va vazifalarining o'zgartirilishi va hokazo); ,

  • ishlab chiqarish tuzilmasini qayta tashkil qilish (ishlab chiqarishni

zamonaviylashtirish, moliyaviy javobgarlik markazlarini yaratish, boshqa ichki imkoniyatlarni topish va ishga solish). '
Restrukturizatsiya korxonaga tashxis qo'yishdan, shu jumladan, ishlab chiqarish, mahsulot sotilishi, boshqaruv, moliya va korxona faoliyatining boshqa tomonlarining holatini tahlilidan boshlanadi.1 Marketing tadqiqotlari tashxisning tarkibiy qismiga kiradi. Tashxis: korxonaning muhim ichki va tashqi muammolarini, uning kuchli hamda < kuchsiz tomonlarini, kelajakdagi imkoniyatlar va havflarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Agar tashxis asosida korxonaning rentabelli faoliyatini tiklab bo'l­masligi, ya’ni yashovchanligi yo'qligi aniqlansa unda korxonani tugatish haqida (egalari, kreditorlar yoki davlat. vakolatli idorasi ! tomonidan) qaror qabul qilinadi. Korxonaning yashovchanlik qo- ; biliyati aniqlanganda, birinchi navbatda o'rta muddatli (2—3 yil) va i uzoq muddatli (5 yil va undan uzoqroq) rivojlantirish strategiyasini ; tanlash lozim.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin