korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilmaganligi yoki xusu- siylashtirilgan bo'lsada, korxonalar haqiqiy mulkdorlarga berilma- ganligi;
korxona asosiy vositalarining eskirish darajasining yuqoriligi va asosiy fondlardan foydalanish darajasi pastligi natijasida korxona tayyor mahsulotining tannarxi yuqori bo'lishiga olib kelgan va korxona raqobat bozoridan chiqib ketganligi;
korxonalar tarafidan to'liq tahlil qilinmagan holda uzoq muddatli kreditlar olish orqali korxonalarga kiritilgan investitsiyalar;
korxonalar tomonidan 2004—2009-yillarda chet el valutalarida olingan uzoq muddatli kreditning kurs farqi hisobiga zarar olishlari natijasida yildan-yilga korxona aylanma mablag'larining kamayib bo rishi;
— Respublikamizda faoliyat olib borayotgan juda ko‘p yirik korxo- nalar sobiq sotsialistik tuzum davrida o'z faoliyatini boshlagani, ya’ni yirik korxonalarda eskirish darajasining yuqoriligi hamda juda yirik maydonlarda joylashganligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlari tannarxining yuqoriligi natijasida tashqi bozorda raqobat darajasining pastligi.
2008-yilda iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o'zgartirish dasturining boshqarilishi bo'yicha ma’lumot 13-jadvalda keltirilgan.
Bizning juda ko'p yirik koixonalarda ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan, lekin korxona balansida saqlanib turgan bino va insho- otlar, asosiy vositalar, ortiqcha yer maydonlari va aholiga xizmat qiluvchi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalar saqlanib kelinishi natijasida korxonalarning o'zgarmas xarajatlari juda katta yukni tashkil qilmoqda. Bu ortiqcha xarajatlarni kamaytirish va yo'qotish uchun korxonalarni restrukturizatsiya qilish kerak.
Sobiq ittifoq tuzumidan meros bo'lib qolgan ba’zi madaniyatlarni tugatilmaganligi hozirgi kunda ba’zi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari bir necha o'n marotaba kamayishiga qaramasdan ishchilar soni kamaytirilmagan.
Respublikamiz iqtisodiyoti va korxonalar rivojlanishida ichki investorlar rolining pastligi.
Olib borilgan tahlillar, xususiylashtirilgan korxonalar egalari bugungi kunda korxonalarni yangilash maqsadida investitsiya kiritish imkoni- yatlari pastligini ko'rsatmoqda. Bu bo'limning yakunida Respub- likamizdagi korxona va tashkilotlarning kuchli hamda zaif tomonla- rini ko'rib chiqish o'rinli deb topildi (14-jadval).