Korporativ boshoaruv



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə44/76
tarix07.01.2024
ölçüsü1,76 Mb.
#206408
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
Korporativ boshqaruv

Birinchi bosqich. Korxonaning moliyaviy holatidagi muammolami aniqlash uchun son va sifat ko'rsatkichlari asosida to'liq tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi:
— Pullik majburiyatlar va majburiy to ‘ Io via r bo'yicha ulami to'lash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddati o'tgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy to'lovlami to'lash bo'yicha majburiyatlar va kreditorlaming pullik majburiyatlar bo'yicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi (masalan, budjetga soliqlarni hisobot davridan keyingi ma’lum sana- gacha har oy yoki har chorakda to'lash muddatlari).
Muddati uch oydan ortiq o'tgan kreditorlik qarz haqidagi ma’lu­motlar Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrda 140-son buyrug'i




bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 24-yanvar■ 1209-son bilan ro'yxatga olingan «Buxgalteriya balansi» 1-son hisobot i shakli 602 satrdan yoki «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida, ma’lumot» 2-a moliyaviy hisobot shakli 4-ustun 4-satrdan olinadi.
— to'Iovga qobillik koeffitsienti nafaqat debitorlar bilan o'z vaqtida < hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish shaitl; bilan, balki boshqa joriy aylanma aktivlar elementlari sharoitida ba- holanuvchi korxonaning to'Iovga qobilligini ko'rsatadi. Koeffitsient- ning kamayishi korxona to‘lov imkoniyatlarining pasayishi haqida xabar beradi.
Koeffitsient quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Tqk~A2/R2 (15)
bunda Tqk — to'Iovga qobillik koeffitsienti;
A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablag'lari, debitorlik qarzlari va boshqalar) balans aktivining II bo'limi;
P2 — majburiyatlar, balans passivining II bo'limi.
Umum-uzoq muddatli majburiyatlar, balans passivining II bo'limi. Agar to'Iovga qobillik koeffitsienti hisobot davri so'ngida 1,25 dan past qiymatga ega bo'lsa, korxona to'lov qobiliyatiga ega emas deb hisoblanadi.
O'z aylanma mablag'lari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti moliyaviy mustahkamlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlarining nisbati uchun zarur bo'lgan korxonaning o'z aylanma mablag'larining mavjudligidan dalolat beradi.
Koeffitsientni quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin:
O'amtk = (Pl + Umm2) - A1/A2 (16)
bunda O'amtk — o'z aylanma mablag'lari bilan ta’minlanganlik koeffitsienti;
Al — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo'yilmalar va boshqalar) balans aktivining I bo'limi;
Pl — o'z mablag'larining manbalari (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo'shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) balans passivi I bo'limi;
A2 ~ joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablag'lari, debitorlik qarzlari va boshqalar) balans aktivining II bo'limi;




Umm 2 — uzoq muddatli qarzlar va kreditlaming uzoq muddatli aktivlar sotib olishga yo‘naltirilgan qismi.
Ushbu kasr surati korxonaning qanday o‘z mablag‘lari summasi oborotga yo‘naltirilgani, maxraji — barcha oborot mablag‘lar sum- masini ko‘rsatadi. Ushbu koeffitsientning eng kam qiymati — 0,2.
Agar o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlangardik koeffitsienti hisobot davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega bo4sa, u holda korxona ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha nochor hisoblanadi.
— O‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larining nisbat koeffitsienti (joriy moliyaviy mustaqillik) qarz mablaglarini o‘z manbalari orqali qaytarish bilan ta’minlanganlik darajasini belgilaydi.
Koeffitsient quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
0 ‘nk= P1/TP2- Umm (17)
Agar o‘zining va qarz mablag‘larining nisbat koeffitsienti hisobot davri so‘ngida 1 dan past qiymatga ega bo‘lsa, bu hoi korxonada moliyaviy xavf mavjudligidan guvohlik beradi.
Koeffitsientning pasayishi korxona moliyaviy xavfining oshgan- ligidan guvohlik beradi.
Foydalilik darajasi ko‘rsatkichlari:

  • yalpi daromadning kamayishi, xarajatlar samarali boshqaril- mayotganligi yoki narxlarni ishiab chiqarishga qilingan xarajatlarning o‘sishi bilan mos tushmasligidan dalolat beradi. Boshqaruvchi xarajatlami yomon nazorat qiladi. (Yalpi daromad “ sotuv hajmi — sotilgan mahsulot hajmi);

  • yalpi daromad kamayishi, sotish va ma’muriy xarajatlar yoki foiz ko‘rinishidagi xarajatlarning ko‘pligi natijasida sof foyda kamayadi.

  • sotish hajmining kamayishi bir necha sabablarga ko‘ra, shu jumladan talab qisqarishi, mahsulot sifati va yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Ushbu sabab- lardan birortasi yuzaga kelgan va u bartaraf etilmagan bo‘lsa, korxonani moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.

Korxonaning sifatli tekshirilganligini bildiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, uning ish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar kiradi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • ishiab chiqarish bilan bogliq muammolar;

  • ishiab chiqarish va moliyaviy axborotlar bilan bog‘liq ma’lumot- larning yetishmasligi;

~ tovarlar va xizmatlar sifatidan iste’molchilaming noroziligi;




  • yuqori malakali xodimlarning qo'nimsizligi;

  • boshqamvchilar tashabbus ko'rsatish o'rniga faqatgina har xil vaziyatlar yuz bergandan so'nggina javob berishga harakat qilishadi.

Ko'rib chiqilgan omillardan hech qaysisi moliyaviy muvaffa- qiyatsizlikdan darak bermaydi. Boshqa omillar bilan o'zaro munosa- batini ma’lum davr mobaynida o'rganilsa, kelgusida moliyaviy muammolami keltirib chiqarishini bilib olish mumkin.
Muammolar boshlanishining ilk bosqichlari quyidagilardan iborat:

  • alohida hollarda ishlab chiqarish va ta’minlashda samarasizlik holatlarining uchrashishi;

  • yetkazib berishning sekinlashishi, sifatining yomonlashishi;

  • sotish hajmining o'sish sur’ati kamaygan yoki barqarorlashgan hollarda, tovar — moddiy zaxiralarining turib qolishi va ko'payishi;

  • foydaning kamayish ehtimoli;

  • debitorlik qarzlari aylanish davrining o'sishi;

  • balans bo'yicha pul mablag'lari hajmining kamayishi.

Muammolar paydo bo'lishining davriy bosqichi:

  • ishlab chiqarish muammolarining haqiqatga aylanishi;

  • boshqaruvchi tovar-moddiy zaxiralarni kamaytirish hisobiga pul mablag'larini tejashga harakat qiladi, buning natijasida materiallar yetishmasligi hollari yuzaga keladi;

  • sifat bilan bog'liq muammolar uchrashishi tezlashadi. Yalpi daromad sezilarli darajada kamayadi;

  • debitorlik qarzlari bilan bog'liq holat yomonlashadi. Ayrim ta’minlovchilar kreditga sotishni to'xtatib, yetkazib berilgan moddiy resurslar uchun to'lovni amalga oshirishni talab etishi;

  • qarz bo'yicha to'lovlarning kechiktirilishi;

  • pul mablag'lari hajmining pasayishi, oylik maoshlarning o'z vaqtida berilmasligi;

  • xodimlarning ishga bo'lgan munosabatining o'zgarishi, ayrim- larining boshqa ish izlashni boshlashlari yoki ishdan bo'shashlari.

Muammolar paydo bo'lishining oxirgi bosqichi:

  • bunda kompaniya faoliyatida tartibsizliklar boshlanadi;

  • ishlab chiqarish jadvali bajarilmaydi. Birinchi navbatda boshqa korxona xizmatlaridan foydalanishga o'tib ketishi xavfi bor mijozlarga xizmat ko'rsatiladi;

  • sifat bilan bog'liq muammolami hal qilgunga qadar, qaytarib berilgan mahsulotlarning hajmining oshib ketishi. Xomashyo yetish­masligi tufayli, ishlab chiqarish hajmining kamayishi;




“ mijozlaming noroziliklari sababli debitorlik qarzlari yig'il ish davrining oshishi;

  • o‘z aylanma mablag'lari yetishmasligi;

  • ta’minlovchilar faqat yetkazib bergan xomashyo materiallariga to'loviami amalga oshirishni talab etishlari;

  • xodimlaming ko'pchiligini ishdan bo'shab ketishi;

  • kreditorlarning bergan kreditlarining shartlarini o'zgartirish haqida muzokaralar boshlashni xohlashlari;

  • restrukturizatsiya qilishga birinchi urinish.


Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin