1*-BIZNES-holat
Aksiyadorlik jamiyatlari direktorlar
kengashi qo'mitalari Direktorlar kengashi samarali ishlashiga sharoit yaratish uchun direktorlar qo'mitasi shakllandi, unda direktor kengashida ko'riladigan masa- lalarning yechimi bo'yicha tavsiya va takliflar beriladi (masalan, korporatsiya Korporativ kodeks bo'yicha).
Kompaniyaning korporativ xulq-atvorini baholash natijasida «Ka- molot» reyting agentligi xulosada «Foton» korporatsiyasining ushbu holatini quyidagicha baholadi: «Direktorlar kengashi qo'mitasining mavjud emasligi, ayniqsa, audit qo'mitasini tashkil etilmaganligi salbiy holat deb baholanadi.
Ushbu xulosadan kelib chiqqan holda kompaniyada Direktorlar kengashi tomonidan Direktorlar qo'mitasi tashkil etishga qaror qilindi.
«Auditorlik qo'mitasini shakllantirish haqidagi» yo'riqnomani ishiab chiqish vazifasini Taftish komissiyasiga topshirildi. Jamiyat ustavida ham, «Direktorlar kengashi haqida»gi yo'riqnomada ham Direktorlar qo'mitasmi shakllantirish masalasi ко‘rib o'tilmagan. «Foton» aksiyadorlik jamiyatining Direktorlar kengashi a’zolari soni 7 tani tashkil etadi.
Savollar: Aksiyadorlik jamiyati Direktorlar kengashi Direktorlar qo'mitasini shakllantirish uchun qanday harakat qilishi kerak?
Direktorlar kengashining direktorlar qoinitasini shakllantirish bo‘yicha qabul qilgan qarori to‘g*ri va noio‘g‘riligini muhokama qiling.
2*-BIZNES-holat
Aksiyadorlik jamiyat bosh direktori vazifasini
to‘xtatish jarayoni Aksiyadorlar yig1 iIish umumiy qonun bo'yicha, agarda ijroiya organini shaklantirish Direktorlar kengashi vazifasiga kirmasa, unda xohlagan holatda bosh direktoming faoliyatini to‘xtash haqida qaror qabul qilindi deylik.
«Foton» ochiq aksiyadorlik jamiyati 1 oktabr kuni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida bosh direktor V.A. Isayevning vakolatini to‘xtatish haqida qaror qabul qildi va ushbu lavozimga K.M. Qudratovani tayinladi.
5-oktabr kuni ovoz berish va sanoq komissiyasi natijalariga asosan bayonnoma tuzildi va imzolandi. Shu kunning o‘zida K.M. Qudratovaga xizmat xonasi, texnik vositalar va o‘z vazifasini bajarish uchun kerakli dastgohlar berildi.
8-oktabr kuni K.M. Qudratova bilan mehnat shartnomasi tuzildi va uni bosh direktor lavozimiga biriktirish buyrug£i 10-oktabr kuni imzolandi.